“kompyuter injiniringi” fakulteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana09.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1448788
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doniyor Sadullayev mustaqil ish № 1 Tarmoq lab

100Base-FX/TX/T4 ro’yxati. 100Base-FX, 100Base-TX va 100Base-T4 
o’rtasida ko’plab umumiyliklar mavjud, shuning uchun ham bularning xususiyati 
umumiy nom bilan, masalan 100Base-FX/TX nomi bilan beriladi. 
100Base-FX spesifikasiyasi yarim dupleks va dupleks ish tartibida ko’p modli 
optik tola bo’yicha Fast Ethernet protokoli ishini aniqlaydi. Yethernet 10 Mbit/s 
tezlikda ma’lumot uzatganda ma’lumotlarni taqdim etish uchun manchester kodidan 
foydalanadi. Fast Ethernet standartida esa boshqa – 4V/5V («V» harfi binari – ikkilik 
so’zidan olingan bo’lib, elementar signalning ikki holatini bildiradi) usuli 
aniqlangan. Bu usul Fast Ethernet texnologiyasi yaratilish vaqtida FDDI 
tarmoqlarida o’zining ko’pgina afzalliklarini ko’rsatgan, shuning uchun 
o’zgarishlarsiz 100Base-FX/TX spesifikasiyada qo’llanilgan. Bu usulda MAS ostki 
pog’onaning har bir 4 biti (belgi deb ataluvchi) 5 bitda taqdim etiladi. Ko’p bit har 
besh betni elektr yoki optik impulslar ko’rinishida taqdim etishda NRZI kodlarini 
qo’llash imkonini beradi. NRZI kodida ikkilik sanoq tizimi birlari va nollarini 
kodlash uchun elektr signalini ikkita potensialidan, optik signal uchun esa yorug’lik 
davri va qorong’ulikdan foydalanadi.
100Base-TX ro’yxatida ma’lumot uzatish muhiti sifatida 5 darajadagi UTP 
yoki 1-turdagi STP kabellaridan foydalaniladi. Buning 100Base-FX ro’yxatidan 
asosiy farqi avtomuloqotning mavjudligi bo’lib, u portlarning ish holatini tanlash 
uchun qo’llaniladi.
Avtomuloqot sxemasi ikkita fizik bog’langan qurilmalarni fizik pog’onaning 
bitli tezligi va o’rama juftlar soni bilan farq qiluvchi bir nechta standartlar bilan 
ishlash va bunda bir muncha qulay ish holatini kelishish imkonini beradi. 
Avtomuloqotning odatdagi ish tartibi 10 va 100 Mbit/s tezlikda ishlovchi tarmoq 
adapteri konsentratorga yoki kommutatorga bog’langanda boshlanadi.
Gigabit Ethernet texnologiyasi. Gigabit Ethernet standartini ishlab 
chiqaruvchilarning asosiy g’oyasi Ethernet texnologiyasining bitli tezligini 1000 
Mbit/s oshirib undagi asosiy g’oyalarni saqlab qolishdan iborat bo’lgan. 
Gigabit Ethernet texnologiyasini Ethernet va Fast Ethernet texnologiyalari 
bilan solishtirganda unda qanday umumiy belgilar borligini ko’rib chiqamiz: 
- Ethernet texnologiyasining barcha kadr formatlari saqlanadi
- CSMA/CD erkin foydalanish usulini qo’llovchi yarim dupleks protokoli 
ishlaydi; 
- Ethernet va Fast Ethernet texnologiyalarida ishlatiluvchi barcha turdagi 
kabellardan foydalanish mumkin, ya’ni bular: optik tola, 5 toifadagi o’rama juft, 
ekranlashtirilgan o’rama juft.


Xususiyatlarning saqlanib qolishi evaziga Ethernet, Fast Ethernet va Gigabit 
Ethernet segmentlarini bitta umumiy tarmoqqa bog’lash sodda amalga oshiriladi. 
Bunday tarmoqlarda alohida qismlar va bog’lamalar tezkor bo’lishi mumkin, 
shunday ekan lokal tarmoqning barcha sohasi bo’ylab yuqori tezlik talab qilmaydi. 
CSMA/CD kirish usulini saqlash Ethernet va Fast Ethernet segmentlari bog’langan 
joyda protokollarni o’zgartirishni inkor etadi. Kelishuv turli xil tezliklarda 
ma’lumotlar almashganda, ya’ni konsentratorlar bilan bog’langan joylarda kerak 
bo’ladi.
Qisqa kvitansiyalarni uzatish uchun juda uzun kadrlardan foydalanganda 
qo’shimcha xarajatlarni kamaytirish maqsadida standartni ishlab chiqaruvchilar 
oxirgi bog’lamalarga muhitni boshqa stansiyalarga bermasdan bir necha kadrlarni 
ketma-ket uzatishga ruxsat berishdi. Bu holat uzilishli (pulsasiya) holati deb nom 
oldi. Stansiya o’lchami 65536 bit yoki 8192 baytdan katta bo’lmagan ketma-ket bir 
nechta kadrlarni uzatishi mumkin.
802.3z standartida qo’yidagi fizik muhit turlari mavjud: 
- 1000 Base –SX. Uzunligi 500 metrgacha optik tola qo’llaniladi; 
- 1000 Base-LX. Uzunligi 500 metrgacha ko’p modli optik tolali kabel va 
2000 metrgacha uzunlikda bir modli kabel qo’llaniladi; 
- 1000 Base-CX. Qurilma xonasi yoki telekommunikasion bino doirasida 
uzunligi 25 metrgacha ekranlashtirilgan o’rama juft kabeli qo’llaniladi; 
- 1000 Base-T. Uzunligi 100 metrgacha to’rtta juft qilib biriktirilgan 
ekranlashtirilmagan o’rama juft kabeli qo’llaniladi. Signal bir vaqtning o’zida to’rtta 
juft o’tkazuvchi bo’yicha uzatiladi, bundan tashqari to’liq dupleks bo’lish uchun har 
bir juft ikki tomonlama ma’lumot uzatadi. 
Gigabit Ethernet texnologiyasi Ethernet oilasining tezlik iyerarxiyasiga 1000 
Mbit/s tezlikdagi yangi pog’ona qo’shdi. Bu pog’ona serverlar va tarmoqning quyi 
pog’onasidagi magistrallar 100 Mbit/s tezlikda ishlovchi katta lokal tarmoqlarini 
muvaffaqiyatli qurish imkonini beradi. Bunda Gigabit Ethernet magistrali yuqori 
o’tkazuvchanlik xususiyatini ta’minlagan holda ularni birlashtiradi.
Gigabit Ethernet texnologiyasini yaratuvchilar Ethernet va Fast Ethernet 
texnologiyasining ko’pgina xususiyatlarini saqlab qolishgan. Gigabit Ethernet 
texnologiyasida Ethernet texnologiyasining oldingi turlaridagi kabi kadr formati bir 
xil; Gigabit Ethernet ajratiladigan muhitlarda minimal o’zgartirishlar bilan 
CSMA/CD erkin foydalanish usulini qo’llagan holda dupleks va yarim dupleks 
holatlarida ishlaydi. 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling