“kompyuter injiniringi” fakulteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Doniyor Sadullayev mustaqil ish № 1 Tarmoq lab
10Base-2 standarti. 10Base-2 standartida uzatuvchi muhit sifatida ingichka
Ethernet koaksial kabeldan foydalaniladi. Takrorlovchisiz segmentning maksimal uzunligi 185 metrni tashkil qilib, segment oxirida 50 Omli terminator qo’yiladi. Ingichka koaksial kabel shovqindan yaxshi himoyalanmagan, mexanik jihatdan mustahkam emas va bir muncha tor o’tkazuvchan yo’lakka ega. Stansiya kabelga yuqori chastotali uch tarmoqli (ya’ni bir tarmog’i tarmoq adapteri bilan qolgan ikki tarmog’i esa kabellarga ulanadigan) T-konnektor yordamida ulanadi. Bitta segmentga ulanuvchi maksimal segmentlar soni – 30 ta. Stansiyalar orasidagi eng kam masofa 1 m. bo’lib, kabelning har 1 metriga bog’lamalarni ulash uchun maxsus belgi qo’yiladi. 10 Base-2 standartida 5-4-3 qoidasi bo’yicha takrorlovchilardan foydalanish mumkin. Bunda tarmoq 5x185 = 925 m. maksimal uzunlikka ega bo’ladi. Bu cheklov Ethernet standartining 2500 m. cheklovidan ancha kuchli hisoblanadi. Ethernet tarmog’ining qoidasi bo’yicha 1024 tadan ortiq bog’lama bo’lmasligi kerak, 10Base-2 standarti esa segmentga ulanuvchi stansiyalarni 30 taga, yuklamali segmentlar sonini 3 taga cheklaydi. Shuning uchun ham 10Base-2 tarmog’ida bog’lamalar soni 29x3 = 87 tadan oshmasligi zarur. 10Base-2 standarti 10Base-5 standartiga juda yaqin hisoblanadi, faqat unda transiverlar tarmoq adapteri bilan birlashtirilgan. Bunda ingichka koaksial kabel kompyuter shassisiga ulangan tarmoq adapterining chiqish raz’yomigacha boradi. Ushbu holatda tarmoq adapterida «osilib» turadi, bu esa kompyuterlarni fizik jihatdan joyini o’zgartirishni qiyinlashtiradi. 10Base-2F standart tarmog’ining odatdagi bitta kabel segmentidan iborat tarkibi 6.2-rasmda ko’rsatilgan. Bunday standartni amaliyotga tadbiq qilish kabelli tarmoq uchun oddiy yechim hisoblanib, tarmoqqa kompyuterni ulash uchun tarmoq adapteri, T- konnektor va 50 Om qarshilikdan iborat terminator kerak bo’ladi. Kabelli bog’lanishning bunday turi avariya va buzilishlarga moyilligi kuchli bo’ladi. Ingichka kabel yo’g’on kabelga nisbatan shovqinni qabul qiluvchanlik xususiyati yuqori hisoblanadi. Monokanalda ko’p mexanik bog’lanishlar bo’ladi, bunda: har bir T-konnektor uchta mexanik bog’lanishni berib, shundan ikkitasi tarmoq hayoti uchun muhim ahamiyatga ega. Foydalanuvchilar murojaatlari raz’yomlar orqali kira olishi mumkin. Bu esa monokanal to’liqliligini buzadi. 10Base-5 va 10Base-2 standartlarining umumiy kamchiligi - monokanalning holati haqidagi operativ axborotning mavjud emasligida. Bunday tarmoqlarda kabel shikastlangani darhol aniqlanadi (tarmoq ishlamay qoladi), lekin shikastlangan kabelni topish uchun maxsus qurilma – kabel testeri kerak bo’ladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling