Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simsiz texnologiyalar
va protokollar.
Simsiz tarmoqlarning asosiy vazifasi kompyuter qurilmalari orasida
bog’lanishni amalga oshirishdan iborat. Kompyuter
qurilmalariga noutbuklar,
shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar kiradi.
Simsiz tarmoqlarning quyidagi turlari mavjud:
- simsiz shaxsiy tarmoq;
-
simsiz lokal tarmoq;
- simsiz regional tarmoq;
- simsiz global tarmoq.
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan
ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning uzatish
tezligi odatda 1,5-2 Mb/s oshmaydi.
Simsiz shaxsiy tarmoqlarning imkoniyatlari uzatuvchi-qabul qiluvchilarning
(transceiver) kam quvvat is’temol qilishi va ixchamligi maxsus prosessorlar bilan
belgilanadi. Kam quvvat iste’mol qilinish simsiz shaxsiy
tarmoqlarda ishlovchi
mobil telefonlar, PDA lar va naushniklar uchun muhim ko’rsatgich hisoblanadi.
Simsiz shaxsiy tarmoqlar foydalanuvchiga yaqin masofada ishlaydi. Shunga
qaramay, simsiz shaxsiy tarmoqlar Internetdan birgalikda foydalanish maqsadida
noutbuklar va shaxsiy kompyuterlarning o’zaro aloqasini ta’minlashi mumkin.
Simsiz shaxsiy tarmoq misoli keyingi sahifalarda keltirilgan.
Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida, ishlab chiqarish va ma’muriy
binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi.
Bunday
tarmoqlardan foydalanuvchilar, odatda, noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar va katta
resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir prosessorli va katta ekranli
qurilmalarni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan
majlislar zalida yoki
binoning boshqa xonalarida bo’la turib foydalanishi mumkin. Bu xizmatchiga o’z
vazifalarini samarali bajarish imkonini beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning
54Mbit/s gacha tezlikda barcha ofis yoki maishiy ilovalar
talablarini qondirish
imkoniga ega. Bajaradigan amallari bo’yicha bunday tarmoqlar Ethernet kabi
an’anaviy simli lokal tarmoqlariga o’xshash.
Lokal simsiz tarmoqlar binolar doirasida yuqori ko’rsatkichlarga ega va IEEE
802.15 Wi-Fi texnologiyasida ishlaydi.