“kompyuter injiniringi” fakulteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana09.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1448788
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Doniyor Sadullayev mustaqil ish № 1 Tarmoq lab

10Base-T standarti. 10Base-T tarmoqlarida muhit sifatida ikkita 
ekranlashtirilmagan o’rama juftlardan foydalaniladi. Ko’p juftli kabellar asosidagi 3 
darajadagi o’rama juft kabellari ko’pdan buyon bino ichida telefon apparatlarini 
ulash uchun qo’llaniladi. Ushbu ommabop kabel turi lokal tarmoq uchun juda 
foydali bo’ladi, chunki ko’p binolarga kerakli kabel tizimi o’rnatilgan. Tarmoq 
Терминатор 
50 ом 
RG58C/U кабели 
BNC 
T-коннектор 
6.2-расм. 10 Base-2 стандартидаги тармоқни ташкил этиш 


adapterini va kommunikasion qurilmalarini o’rama juft kabeliga shunday ulash 
usulini yaratish kerakki, bunda tarmoq adapterida, kommunikasion qurilmalarda va 
tarmoq operasion tizim dasturiy ta’minotida koaksial kabel asosidagi Ethernet 
tarmog’i bilan solishtirganda o’zgartirish juda kam bo’lishi kerak. 
Oxirgi bog’lamalar ikki nuqtali topologiya bo’yicha o’rama juftli maxsus 
qurilma – ko’p portli takrorlovchi yordamida bog’lanadi. O’rama juftdan biri 
ma’lumotlarni oxirgi bog’lamadan takrorlovchiga (tarmoq adapterining T
x
chiqishiga) uzatish uchun, boshqasi esa takrorlovchidan stansiyaga (tarmoq 
adapterining R

kirishiga) uzatish uchun kerak bo’ladi. 6.3-rasmda uch portli 
takrorlovchiga misol keltirilgan. Takrorlovchi biror oxirgi bog’lamadan signalni 
qabul qiladi va sinxron tarzda uni barcha portlarga uzatadi. Bu ish esa uzluksiz tarzda 
amalga oshiriladi. 
Bunday holatda ko’p portli takrorlovchilar konsentrator (hub) deb ataladi. 
Konsentrator signali umumiy muhitni – mantiqiy monokanal (mantiqiy umumiy 
shina) tashkil qiluvchi portlarga ulangan barcha o’rama juft kabellarga takrorlash 
vazifasini amalga oshiradi. Konsentrator kolleziyani o’zining bir necha R
x
-
kirishidan bir vaqtda kelgan signal orqali aniqlaydi va o’zining barcha T
x
-chiqishiga 
jam ketma-ketligini jo’natadi. Ushbu standartda 3-darajadan past bo’lmagan o’rama 
juft kabellarida ma’lumotlar uzatish tezligi 10 Mbit/s va o’zaro bog’langan ikki 
bog’lamalar (stansiyalar va konsentratorlar) orasidagi masofa 100 metrdan katta 
bo’lmaydi. O’rama juft bu masofaning o’tkazuvchanlik yo’lagini aniqlaydi. 100 
metr uzunlikda manchester kodidan foydalangan holda ma’lumotlarni 10 Mbit/s 
tezlikda uzatish imkonini beradi. 
10Base-T konsentratorlar bir-birini oxirgi bog’lamalarni ulash uchun 
mo’ljallangan portlar orqali ulashi mumkin. Bunda uzatuvchi va qabul qiluvchining 
bir porti mos ravishda qabul qiluvchi va uzatuvchining mos porti bilan ulanishi 
kerak. 10 Base-T standartida ixtiyoriy ikkita stansiya o’rtasidagi konsentratorlar soni 
Rx 
Tx 
Rx 
Rx 
Rx 
Tx 
Tx 
Tx 
Rx 
Rx 
Tx 
Tx 
10 Base-T концентратори 
3-категориядаги 
ўрама жуфт 
кабели L-100 м 
Тармоқ 
адаптери 
Охириги 
боғлама 
6.3-расм. 10 Base-T стандартидаги тармоқни ташкил этиш 


aynan 4 ta (4-xablar qoidasi) bo’ladi. Bu qoidaning batafsili 5-4-3 qoida bo’lib, u 
koaksial tarmoqlarda qo’llanilib, CSMA/CD kirishni amalga oshirishda 
stansiyalarni ishonchli sinxronlash va stansiyalar bilan kolliziyani ishonchli aniqlash 
uchun xizmat qiladi.
Ko’p sonli stansiyalardan iborat 10Base-T tarmoqni qurishda konsentratorlar 
bir-biri bilan daraxt ko’rinishidagi strukturani hosil qilgan holda iyerarxik usulda 
ulanadi (6.4-rasm). 
10Base-T tarmog’idagi umumiy stansiyalar soni 1024 tadan oshmasligi kerak 
va fizik pog’onaning bu turi uchun ushbu songa stansiyalar sonini yetkazsa bo’ladi. 
Buning uchun ikki pog’onali iyerarxiyani yaratish yetarli hisoblanib, paski 
pog’onada umumiy portlar soni 1024 ta bo’lgan konsentratorlarni joylashtirish 
orqali amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy ikkita bog’lamalar orasidagi takrorlovchilar sonining 4 tadan 
oshmasligi, takrorlovchilar orasidagi kabelning maksimal uzunligi 100 metrga 
tengligini hisobga olsak 10Base-T tarmog’ining umumiy diametri 5x100 = 500 
metrni tashkil qiladi. Bu cheklov Ethernet standartining 2500 m. chekloviga nisbatan 
jiddiy hisoblanadi.
10Base-T standarti asosida qurilgan tarmoq koaksial variantda qurilgan 
Ethernet tarmog’iga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Bu afzalliklar umumiy 
fizik kabelni markaziy kommunikasion qurilmaga ulangan bir nechta kabel 
qismlariga ajratilganligi bilan bog’liq. Shunday bo’lsa ham mantiqan bu qismlar 
avvalgidek ajratilgan muhitni shakllantiradi, ularning fizik ajralishi, ularning 
holatini nazorat qilish va uzilish, qisqa tutashuv yoki tarmoq adapteri nosoz 
bo’lganida yakka tarzda o’chirish imkonini beradi. Bunday sharoit esa katta
Ethernet tarmoqlaridan foydalanishni yengillashtiradi, chunki odatda konsentrator 
avtomatik tarzda tarmoq ma’murini yuzaga kelgan muammo haqida ogohlantirib 
turadi. 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling