Kompyuter injiring 101-guruh
Mahalliy qoidalar: qoidalar, buyruqlar, ko‘rsatmalar
Download 118.43 Kb.
|
Kompyuter injiring 101-guruh
26.Mahalliy qoidalar: qoidalar, buyruqlar, ko‘rsatmalar.
1. Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda), “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 10-son, 537-modda) qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2005-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi Reglamenti deb yuritiladi) muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (keyingi o‘rinlarda loyihalar deb yuritiladi) tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi. Keyingi tahrirga qarang. 2. Qonun loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237–II, 150–II-son qo‘shma qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 1-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Keyingi tahrirga qarang. 3. Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun masalalar Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan (keyingi o‘rinlarda ishlab chiquvchilar deb yuritiladi) kiritilishi mumkin. Bir nechta ishlab chiquvchilar tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan loyihalar, loyihani ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqqan ishlab chiquvchining birinchi rahbari tomonidan kiritiladi. Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish, shuningdek ular bajarilishi monitoringi dasturlari (keyingi o‘rinlarda qonun loyihalariga doir ishlar dasturi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturi va rejalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosi yuzasidan bir nechta ishlab chiquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha, topshiriqda birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan ishlab chiquvchi tomonidan kiritiladi. Download 118.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling