"kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar"


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1619841
  1   2   3   4   5
Bog'liq
shodmonova-m.b.-oqituvchi-mahoratini-oshirishda-talimning-samarali-metod-va-shakllaridan-foydalanish-imkoniyatlari



Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  
Vol. 1
№. 01 (2022) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
386 
O‘QITUVCHI MAHORATINI OSHIRISHDA TA’LIMNING 
SAMARALI METOD VA SHAKLLARIDAN FOYDALANISH 
IMKONIYATLARI 
 
Shodmonova Munira Burxonovna, 
munira
100@mail.ru
,  
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU, 
Amaliy filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
 
Maqolada adabiyot o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatlarini tashkil etishga 
ijodiy yondashish, mustaqil bilim o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi 
masalalarga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, maktab adabiyot o‘qituvchilarining 
kasbiy mahoratlarini oshirish yo‘llari haqida amaliy tavsiyalar berilgan. 
• В стате обращено внимание на вопросы индивидуалного получения 
знаний и творческого подхода в организатсии профессионалной деятелности 
учителей литературы. Также данны практические советы повышения 
профессионалного мастерства школных учителей литературы. 
• In the article it nas paid attention on questions of Individual getting of 
knavledge and creative approach in organization of professional activity by teachers’ 
of literatuve. Also it nas given practical advice of increasing professional skills of 
schod literature teachers. 
Kalit so‘zlar: mahorat, texnologiya, metod, shakl, trening, dars, 
dasturlashtirilgan ta’lim, taqdimot, ijodiy muhit. 
Yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi va ijtimoiy 
hayot 
qiyinchiliklarini 
mustaqil 
yenga 
olishlarida 
maktab 
adabiyot 
o‘qituvchilarining o‘rni za roli beqiyosdir. Shu bois adabiyot o‘qituvchilarining 
maktabda adabiyot darslarini tashkil etishida samaradorlikka erishish imkoniyatini 
beruvchi pedagogik, metodik shart-sharoitlarni tadqiq etish va ularning kasbiy 
malakalarini oshirish imkoniyatini baholash maqsadga muvofiq. Zero, har bir 
o‘qituvchi o‘z mutaxassislik fani bilan bir qatorda o‘zining pedagogik, psixologik 
hamda metodik bilimlarini doimiy ravishda izchil boyitib borishi, shuningdek, komil 
inson va malakali mutaxassisni tayyorlashdek umummilliy maqsadni amalga 
oshirish yo‘lida alohida faollik ko‘rsatishga intilishi zarur. 
Maktablarda sog‘lom ijodiy muhitni yaratish, sog‘lom avlodni ma'naviy 
barkamol etib tarbiyalashda faol ishtirok etuvchi adabiyot o‘qituvchilarining o‘z 
ustida muntazam ishlashlari va kasbiy malakalarini ijtimoiy-pedagogik. metodik 
talablarga muvofiq doimiy ravishda oshirib borishlarida malaka oshirish tizimi 
alohida o‘rin tutadi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling