"kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar"
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
shodmonova-m.b.-oqituvchi-mahoratini-oshirishda-talimning-samarali-metod-va-shakllaridan-foydalanish-imkoniyatlari
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “KOMPYUTER LINGVISTIKASI: MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Vol. 1 №. 01 (2022) http://compling.navoiy-uni.uz/ 388 Adabiyot darslarini tashkil qilishning psixologik-didaktik shartlarini ta'limning metod va shakllaridan urinli foydalanish tashkil etadi. Malaka oshirish kurslarida adabiyot o‘qituvchilarida o‘quv faolligini yuzaga keltirish va ularda adabiyot darslarini to‘g‘ri, samarali tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi ta'lim turlaridan yana biri - bu interfaol ta'lim sanaladi. Hozirda interfaol («inter» - «o‘zaro») ta'limdan foydalanish tobora ommalashmoqda. U ta'lim subyektlari – ta'lim beruvchi, ta'lim oluvchi va ta'lim oluvchilar guruhi o‘rtasida yuzaga keluvchi hamkorlik, qizg‘in bahs-munozaralar, o‘zaro fikr almashish asosida tashkil etiladi, tinglovchilarda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda tinglovchilarning o‘zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, «ta'lim beruvchi - ta'lim oluvchi - ta'lim oluvchilar guruhi» o‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo‘llab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi. Yukoridagi fikrlarga tayangan holda aytish mumkinki, -interfaol ta'lim - bu «ta'lim beruvchi - ta'lim oluvchi - ta'lim oluvchilar guruhi» o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, hamfikrlik va hamjihatlikka asoslanuvchi ta'lim shakli bo‘lib, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarining tezkor va samarali o‘zlashtirilishini ta'minlaydi. Interfaol ta'lim metodlaridan adabiyot o‘qituvchilari bahs-munozaralar, muammoli vaziyatlarni hal qilish, treninglar, rolli o‘yinlar, debatlar, intervyu, taqdimot (yoki himoya) va boshqa o‘ziga xos shartlarga ega interfaol metodlar bilan yetarli darajada tanish bo‘lishlari maqsadga muvofiq. Adabiyot o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarida mazkur metodlardan foydalanish adabiyot o‘qituvchilari tomonidan adabiyot darslarining mohiyati, maqsadi, tamoyillari va yo‘nalishlari borasida puxta bilimlarga, shuningdek, faoliyatni to‘g‘ri rejalashtira olish, muayyan tadbirlarga oid texnologik xarita yoki loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish imkonini beradi. Dars shakli. Adabiyot o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonida dars shaklini aniqlab olish ham muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘quv materialining mazmuni, hajmi, darsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va o‘quvchilar imkoniyatlariga nisbatan qiyinlik darajasini belgilash; materialning o‘quvchi hayotiy tajribasi, ilgari o‘zlashtirgan bilimi va aqliy-amaliy faoliyati bilan aloqasini o‘rnatish; o‘quvchining mustaqil ishlari va o‘quv topshiriqlari tizimini aniqlash; darsning jihozlarini, axborotlarning asosiy va qo‘shimcha manbalarini o‘rganish ko‘zda tutiladi. Darsning ko‘rinishi. Adabiyot o‘qituvchilarining malakasini oshirishda darsning ko‘rinishini belgilash ham muhim o‘rin tutadi. Bunda darsning barcha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling