Kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1100595
1   2   3   4   5
Bog'liq
torayeva-d.a.-shaxsiy-yozishmalarda-vulgar-sozlar-va-lingvistik-ekspertiza

Lingvistik ekspertiza-mustaqil sud ekspertizasi, nutq ma‘lumotlari (har 
qanday moddiy vositada qayd etilgan xabar)ni lingvistik oʻrganish boʻyicha olib 
boriladigan tahlil jarayoni[Ярощук, 2020:8]. Ushbu faoliyat natijalari jinoiy
fuqarolik yoki arbitraj jarayoni doirasida qat‘iy tartibga solinadi va tilshunos 
ekspert (yoki ekspert tilshunoslar komissiyasi) tomonidan yozma xulosa bilan 
rasmiylashtiriladi. Ushbu xulosalar tilshunoslikda maxsus bilimlarni qoʻllashni 
talab qiladigan masalalarni oʻz ichiga oladi. Bu sud jarayonida muammoli shaxsiy 
yozishmalar tahlilidagi farazlar, taxminlarni oldini oladi va individual 
baholashniong aniq mezonini belgilab beradi. 
Lingvistik ekspertiza olib borishdan maqsad maxsus filologik bilimlar 
asosida ma‘lum bir sohadagi muammoli matnlardagi faktlar, vaziyatlarni aniqlash. 
Shu oʻrinda muammoli matn nima degan oʻrinli savol tugʻiladi. Bahs-munozaraga 
sababchi boʻladigan matnlar sirasiga quyidagilar kiradi: 
a) hujjat; 
b) gazetada e‘lon qilingan maqola; 
c) telekoʻrsatuv; 
d) firma nomi
e) tovar belgisi. 
Avval munozarali matn turi aniqlab olinadi, soʻng tilshunos tomonidan 
uning janr, kompozitsion, fonetik, leksik-grammatik ifoda shakllari oʻrganiladi.
Yuqorida aytganimizdek, agar konfliktli matnda haqorat soʻzlari boʻlsa, avvalo, 
haqorat soʻzlarning ifoda darajasi aniqlab olinadi, Bu lingvistik ekspertiza uchun 


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o„zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Respublika I ilmiy-texnikaviy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
214 
muhim. Bunday soʻz qatlami hamma vaqt ham oʻz semasini namoyon etmasligi 
mumkin. Masalan, Voy jinnivoyim oʻzimning, qachom katta boʻlasan-
a…(Soʻzlashuv nutqidan. 14.04.21.) Bu oʻrinda haqorat soʻzi shaxsni 
obroʻsizlantirish maqsadidan yiroq. Haqorat soʻzining darajasi nutqiy vaziyatga 
koʻra aniqlanadi. Tilshunos aynan haqorat soʻzning semantic mohiyatini aniqlash 
bilan vaziyatga oydinlik kirita oladi. Masalan, Odamlar ishini qilib tushlikka 
chiqdi. Sen hali ham bolishdan boshingni uzmabsan. Ahmoq! (―Ufq‖ S.A.) 
Voydod, shoʻrimiz qurib qoldi. Sharmanda boʻldik, qizni olib qochdi. Bir 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling