«kompyuter lingvistikasi» reja: kompyuter lingvistikasi fanining vazifalari


a) matematik mantiq va ML muammolarini o’rganish


Download 28 Kb.
bet5/5
Sana07.02.2023
Hajmi28 Kb.
#1173522
1   2   3   4   5
Bog'liq
kompiyuter lingvikasilik

a) matematik mantiq va ML muammolarini o’rganish;
b) KL masalalarini o’rganish;
d) kompyuterda bir tildan ikkinchi bir tilga tarjima qilish uchun lingvistik ta’min asoslarini yaratish va boshqalar.
Natijada keyingi yillarda o’zbek tili grammatikasining kompyuter modelini yaratish asoslari ishlab chiqildi, o’zbek tilidagi internet sahifalarini yaratishning asoslari belgilandi, o’zbek kompyuter adabiyotshunosligi (KA) va KL asoslari ma’lum darajada o’rganildi; inglizcha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-inglizcha, ruscha-o’zbekcha yoki o’zbekcha-ruscha tarjimon dasturlari ishlab chiqilmoqda; o’zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish dasturlarining 1-versiyalari yaratilmoqda; WINDOWS o’zbek tilidagi operatsion tizimini ishlab chiqish davom etmoqda; hozirgi vaqtda “Qutadg’u bilik”ning internet sahifalari yaratilgan4. Shuningdek, o'zbek lingvistik avtomatini yaratish bo'icha dastlabki ishlar amalga oshirilgan5, kompyuter yordamida ayrim chastotali lug’atlar, ters (chappa), alfavitli lug’atlar tuzilgan, bu sohadagi ishlar hozirgi kunda jadal sur’atlar bilan davom ettirilmoqda.

Ko‘pchilikning fikricha, fan shu kun tashvishlari bilan yashaydi. Shu kun talablari bilan yaratiladi, shu kunda tatbiq qilinadi va samara beradi. Aslida, fan ko‘proq ertangi kunga qaratiladi (10, 20, hattoki 50 yillarni nazarda tutadi). Demak, fanning asosiy vazifasi mavjud holatni tanqid qilish, yangi bosqichga ko‘tarish, yangi yo‘nalishlar ochish, ertangi kun imkoniyatlari va talablariga mos ravishda rivojlantirishdir.Insoniyat bugungi kun holati, bugungi kun ko‘nikmalari, bugungi kun imkoniyatlari, iqtisodiyoti va siyosati bilan cheklanmasligi kerak. Ayniqsa, talabalar (5, 10, 20 yildan keyin jamiyatda o‘zini ko‘rsatadigan mutaxassislar) uchun yuqorida aytilgan fikr muhim. Olimlar zimmasida yangiliklarga nafaqat mutaxassislarni, balki keng ommani, ishbilarmonlar, homiylar, ayniqsa, yuqori lavozimdagi rahbarlarni tayyorlash vazifasi turadi. 
Kompyuter lingvistikasi fani, an’anaviy lingvistikadan farq¬li o‘laroq, bugungi kundan tashqari, ertangi kunga ham qaratilgan. Albatta, fanning ikkinchi katta tomoni lingvistik muammolarni yechishda kompyuterdan unumli foydalanishdir. XXI asrda insoniyat faoliyatining juda katta qismi axborot (oldingi zamonlardagidek faqat moddiy boyliklar: yer, qazilma boyliklar emas) bilan bog‘liq, axborotni uzatish, yig‘ish, qayta ishlash katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Dunyodagi eng badavlat inson Bill Geyts (Misrosoft kompaniyasi bosh direktori): «Axborotga ega bo‘lish hamma narsaga ega bo‘lishdir», – deb bejiz aytmagan. Biz axborot ummonida yashayapmiz. «O’zini hurmat qilgan XXI asr insoni» axborotni bilishi, undan foydalana olishi kerak.Axborot (geografiya, tarix, siyosat, iqtisodiyot, huquqshunoslik, madaniyat, biznes) tarmoqlar shunchalik kengayib ketganki, ular bilan faqat kompyuter vositasida ishlashingiz mumkin. 
Axborot asosan tasvir, ovoz yoki matn ko‘rinishida bo‘ladi. Demak, xilma-xil. Shunga qaramay, uni yagona tilda – matematika tilida (kompyuter tilida) bayon qilish, saqlash, uzatish va kompyuterda ishlash mumkin. Inson fikrlash va fikrini og‘zaki yoki yozma ravishda chiroyli bayon qila bilishi juda katta ahamiyatga ega ekani hammaga ma’lum. Fikrni bayon qilish u yoki bu til orqali amalga oshirilishini hisobga olsak, tilning roli qay darajada kattaligini tushunamiz. Tilni o‘rganish, tilga o‘rgatish, boshqa tillar bilan qiyoslash masalalarining samaradorligini oshirish tilshunoslik (lingvistika) fanining asosiy vazifalaridandir. Jadal rivojlanayotgan fan-texnika davrida juda katta hajmdagi axborot ustida tezlik bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu jarayonni boshqarishda inson imkoniyatlari (xotira, tezlik) chegaralangan. Samaradorlikni oshirishning yagona yo‘li kompyuterdan foydalanishdir.
Bu, o‘z navbatida, hamma sohalarning kompyuterda ishlashga moslashtirilgan ko‘rinishlarini yaratishni taqozo etadi. Kompyuter meditsinasi, kompyuter iqtisodiyoti, kompyuter huquqshunosligi qatorida tilshunoslikda ham kompyuter lingvistikasi yo‘nalishining paydo bo‘lgani tabiiy hol. O’zbek kompyuter lingvistikasini yaratish oldimizda turgan dolzarb masaladir. Bu o‘zbek tilini kompyuterga olib kirish, ya’ni ona tilimiz bilan bog‘liq masalalar – o‘zbek tiliga o‘qitish, bilimlarni baholash (test), matnlarni o‘zbekcha ovozlashtirish, axborotni ovoz orqali kompyuterga kiritish, matnlarni tahrirlash, tarjima qilishni kompyuterda bajarish imkonini yaratadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘zbek kompyuter lingvistikasini yaratishda ingliz kompyuter lingvistikasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanib bo‘lmaydi. Faqat uning asosiy g‘oyalariga tayanish mumkin. O’zbek kompyuter lingvistikasi o‘zbek tilining ingliz tilidan tamomila farq qiladigan xususiyatlari asosida shakllantiriladi. Bu esa o‘zbek kompyuter lingvistikasini yaratishdan oldin o‘zbek tilini mukammal darajada sistemalashtirish, formallashtirish vazifalarini amalga oshirish zaruriyati mavjudligini ko‘rsatadi.
O’zbek tili kabi boy, keng va chuqur rivojlangan til masalalarini kompyuterda yechish darajasiga olib chiqish ingliz tiliga qaraganda katta hajmda ish bajarishni talab qiladi. Demak, lingvistika+matematika+kompyuter birligida ishlashimiz lozim. Bu quyidagi ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi: • Tilni (bizning holda o‘zbek tilini) sistemalash, to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish va uni dunyo tili (bizning holatda ingliz tili) bilan qiyoslash. • Aniq fanlar, texnika, meditsina, biznes, tijorat, huquqshunoslik, diplomatiya, munshaot sohalarida hizmat qiladigan o‘zbek tilining aniq, qisqa va xalqaro me’yorlarga asoslangan axborot uslubini yaratish. • O’zbek tili grammatikasining formal va aksiomatik modellarini yaratish. • O’zbek tilini kompyuterga olib kirish, ya’ni o‘zbek tili bilan bog‘liq masalalar – o‘zbek tiliga o‘qitish, bilimlarni baholash (test), matnlarni o‘zbekcha ovozlashtirish, axborotni ovoz orqali kompyuterga kiritish, matnlarni tahrirlash, tarjima qilishni kompyuterda bajaradigan dasturlarni ishlab chiqish. 
Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda o‘zbek kompyuter lingvis¬tikasi quyidagi bo‘limlarga suyanadi: – an’anaviy lingvistikani hozirgi zamon talablari doirasida ko‘rib chiqish; – kompyuter lingvistikasi asoslanadigan matematika bo‘limlarini o‘rganish; – o‘zbek kompyuter lingvistikasi masalalarini, erishgan natijalarini va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalarni bayon qilish. Kitobimizning kirish qismini tugallashdan oldin o‘quvchi e’tiborini yana bir narsaga qaratmoqchimiz.
Aniqrog‘i, matematika haqida qisqacha to‘xtalmoqchimiz. Matematika 3 ta asosiy yo‘nalishdan iborat. 1. Sonlar matematikasi hayotning miqdoriy tomonlarini o‘lchash, sanash va hisoblashdan iborat. Kundalik hayotimiz bevosita u bilan bog‘liq. Bu – algebra sohasi. 2. Shakllar matematikasi jismlarning shakli, bo‘yi, balandligi, yuzasi, hajmini o‘rgatadi. Biz, odatda, har bir narsaning shakliga e’tibor beramiz. Demak, bu matematikaning geometriya sohasi. 3. Fikrlar (mulohazalar) matematikasi fikrlash jarayonini modellashtirib, natijaviy fikrning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini hisoblab beradi. Bu sohani matematik mantiq deymiz. Lingvistika fanini kompyuterga olib kirishda aynan matematik mantiq fani katta ahamiyatga ega. Kitob muallifi: Po‘latov, Abdimajid Qayumovich. Hajmi: 520 bet. Yumshoq muqova Ofset qog‘ozida. Adadi: 500 dona. Asosiy tushunchalar: til algebrasi, matematik lingvistika, strukiur lingvistika, hisoblash lingvistikasi kompyuter lingvistikasi, tabiiy tillaming matematik modeli, muloqotning optimal modeli, mashina tarjimasi, metatil, sun ’iy til, analiz, sintez, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), injener lingvistikasi, generatsiya, tillarni olqitish, bilimlami baholash, matniarni tahrir qilish, nogrammatik ifodalar tahriri, o'zbek tilining kompyuter uslubi, matnlar korpusi, korpus lingvistikasi, elektron lug1 at, tezaurus. XX asming o‘rtalarida kibemetikaning rivojlanishi fan tarixida kuzatilmagan tutash sohalar kesimidagi yangi fanlaming shakllanishiga asos bo‘Idi. Jumladan, biologiya va injeneriya fanlari kesimida bionika fani yuzaga keldi. Hisoblash texnikasi va lingvsitika kesimida bir qator nomlar bilan atalgan tutash soha vujudga keldi. Bu fan dastlab, matematik lingvistika, struktur lingvistika, hisoblash lingvistikasi deb nomlangan. Hozirda kompyuer lingvistikasi degan muqim nomga ega boidi. Bu fanning shakllanishida ikki omil qayd etiladi: 1) lingvist tadqiqotchilar zamonaviy aniq fanlar (asosan, matematika) lingvistikada yetishmayotgan aniqlikni ta’minlashda yordam berishiga umid bildirdilar. EHMning paydo bo4ishi bu umidni mustahkamladi. Ko‘pgina tilshunoslarga avval boshdanoq kompyuter nafaqat tez ishlaydigan arifmometrlar, balki mam ustida bajariladigan amallami avtomatlashtirishning qudratli vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ko‘p mehnat talab qiladigan jarayonlami avtomatlashtirish imkoniyati yuzaga keldi. Masalan, matnlami statistik tahlil qilish, turli lug‘at va leksik kartotekalami to‘plash avtomatik tizim asosida olib borildi; 2) kompyuter paydo boMgach ular bilan aloqaga kirishishga hali tayyor bo‘lmagan foydalanuvchilaming muloqotini ta’minJash muammosi tug*ildi. Bunday foydalanuvchilar uchun eng maqbuli kundalik faoliyatlaridagi tabiiy til hisoblanar edi. Ammo bu tarzdagi o‘zaro munosabatni tashkil etish uchun, dastavval, insonlaming o‘zaro muloqot jarayonida ining tabiiy tildan foydalanish qonunlari va xususiyatlarini tushunish kerak bo‘lar edi. An’anaviy tilshunoslik bu masalalar bilan shug‘ullanmagani ma’lum bo‘ldi. Kompyuter lingvistikasi - kompyuter uchun moMjallangan lingvistik ta’minot (kompyuter lingvistika imkoniyatlari subyekti sifatida maydonga chiqadi); Kompyuter lingvistikasi - kompyuterda bajariladigan lingvistika. 7 Kompyuter lingvistikasining muhim tushuncha kategoriyalaridan “freymlar” (vaziyatning tematik tipiklashgan bilimlar deklarativ namoyishi uchun mo‘Ijallangan kotseptual strukturalar) , “ssenariy” (stereotip vaziyat yoki stereotip xulq haqidagi bilimlar namoyishi uchun taqdim qilingan konseptual strukturalar), “plan” (aniq maqsadlardagi yutuqlarga olib boruvchi bilim strukturasi, imkoniyatlar) bir qator masalalaming yoritilishiga xizmat qiladi.1 “Kompyuter lingvistikasi”ning maqsadi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: a) kompyuter lingvistikasi fani inson va mashina (kompyuter)ning o‘zaro aloqamunosabatga kirishuviga asos bo‘ladi; b) turli hududlarda yashayotgan kishilaming o ‘zaro maqsadli muloqotiga imkoniyat yaratiladi; d) kompyuter lingvistikasining asosiy ish vositasi hisoblangan axborot uslubi dunyoda yuz berayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy yangiliklaming tezkor va aniq shaklda yetkazilishini ta’minlaydi. Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalari tillami o ‘qitish, bilimlami tekshirish, mamlami tahrirlash, tahlil qilish, avtomatik tahrir, mashina tarjimasi dasturlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Kompyuter lingvistikasi kompyuterdan unumli foydalanish hamda lingvistikaga doir masalalar (axborot uslubini o‘zlashtirish, tilning funksional doirasi haqida bilimga ega bo‘lish, tillami o‘qitish, bilimlami baholash, matnlami tahrir va tahlil qilish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish)ni kompyuter vositasida hal qilish yo‘Harini belgilash, kompyuter savodxonligi darajasini oshirish, mantiqiy to‘g‘ri, izchil fikrlashga o‘rgatish, nazariy bilimlami shakllantirish va muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha amalda qo‘llashga oid ko‘nikmalami hosil qilishni nazarda tutadi. Shuningdek, ushbu kurs talabalarda kompyuter lingvistikasi bo‘yicha chuqur bilimlami shakllantirish, kompyuter lingvistikasi tamoyillarini o‘zlashtirish, tabiiy tilni matematik modellashtirish, formallashtirish, matematik aniqlikdagi fikrlashga o'rgatish, til va adabiyotga doir kompyuter dasturlari uchun ma’lumotlar bazasini yaratish, algoritm va kompyuter dasturlari tuzish asoslarini ishlab chiqish kabi vazifalami belgilaydi. “Kompyuter lingvistikasi” fanining asosiy masalalari doirasida ma’lumotlar berishda: - kompyuter lingvistikasi predmeti, vazifalari; kompyuter lingvistikasining ijtimoiy va tabiiy fanlar orasidagi o‘mi va mohiyati; kompyuter lingvistikasiga doir tadqiqotlar, aksiomatik nazariyaning tilshunoslikka tatbiqi; matematik mantiq elementlari; til o‘rgatish jarayonini avtomatlashtirish; tabiiy tillami qayta ishlash, tillaming matematik modelini yaratish; avtomatik tahrir va tahlil haqida tasavvur hosil qilish; - matematik mantiq asoslarini; matematik mantiq asoslarining tilshunoslikka tatbiqini; avtomatik taijima algoritmini; avtomatik tahrir dasturining ishlash tamoyilini; o‘zbek tilining matematik modellarini; o‘zbek tilining kompyuter uslubini; o‘zbek tili grammatikasi ta’limi, bilimlami baholash dasturlariga oid me’yoriy va 1 Ьоярский К. Введение в компьютерную лингвистику. Сагасг-Петурбург, 2013.-С.4 8 amaliy ma’lumotlami o‘zlashtirishni; o‘zbek tili grammatikasining formallashadigan qismi uchun model tuzishni bilish va ulardan foydalana olish; - tabiiy tillaming matematik modeli, o‘zbek tilining matematik modeliga dmasalalami yoritish; axborot uslubi, o‘zbek tilining kompyuter uslubi xususiyatlarini farqlash; o‘zbek tili grammatikasining ma’lumotlar bazasini yaratish; matnni avtomatik tarjima qilish; matnni avtomatik tahrir va tahlil qilish; kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlami o ‘rganish, nazariy ma’lumotlami umumlashtirish; kompyuter Iingvistikasi fanining istiqboli va dolzarb masalalariga doir fikrlar bildirish va tadqiqot olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘Iish kabilar nazarda tutiladi. Kompyuter Iingvistikasi tabiiy tilning kompyuter imkoniyatlari asosida reallashadigan ko£rinishidir. Sotsiolingvistika, psixolingvistika, pragmalingvistika, kognitiv lingvistika tilshunoslik sohalari bo‘lgani kabi kompyuter Iingvistikasi ham tilshunoslikning yangi yo‘nalishidir. Kompyuter Iingvistikasi — informatsion texnologiyalar sohasi bilan chambarchas bog‘liq yangi yo‘nalish hisoblanadi. Keyingi yillarda yaratilgan dasturlar - qidiruv mashinasi, dialog tizimi, axborot boshqamvini avtomatlashtirish, matnlami avtomatik tahrirlashni takomillashtirish til, til tizimi imkoniyatlaridan maqsadga muvofiq foydalanishni talab qiladi. Kompyuter lingvistikasining asosiy o ‘rganish doirasini aynan ijtimoiy taraqqiyot asosidagi ehtiyoj - mashina tushuna oladigan va qayta ishlashi mumkin bo‘lgan tabiiy til modelini yaratish tashkil etadi. Til - eng muhim muloqot vositasidir. Til o‘ziga xos tarixiy taraqqiyot tizimiga, murakkab strukturasiga ega bo‘lishiga qaramasdan, ona tili bolalar tomonidan qisqa muddatda tez o‘zlashtiriladi va til tafakkuming ajralmas qismiga aylanadi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, til insoniyatning kishilik taraqqiyotiga muntazam ravishda ta’sir ko'rsatadigan mahsullaridan biridir. A.Rahimov Beryozinning quyidagi fikrlarini keltirgan: “Til sistema sifatida aynan matematikaning о ‘zidir. Matematika aniq fan bo1 lib, formulalar munosabati orqali reallashadi. Til ham matematika singari aniqlikni talab qiladi va unda ikki yoki undan ortiq elementlarning o'zaro munosabati bir butunlikni tashkil etadi”.1 Kishilik taraqqiyotining har bir davrida fan-texnika yangiliklari muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Insoniyat uchinchi ming yillikka, axborot asriga qadam qo‘ydi. Inson uchun ma’lumot olish zaruriyatgaaylandi. A xborot-m a’lumotoltindan ham qimmatroq deb topildi. Axborotni topish, saqlash, qayta ishlash va boshqalarga yetkazishning qulay usullariga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Bu esa XX asming buyuk kashfiyoti bo'lgan kompyuter va kompyuter texnologiyalari sohasi uchun muhim vazifalami belgilab berdi. Kompyuter texnologiyalari xalq xo'jaligi, sport, san’at, tibbiyot, umuman, ijtimoiy hayotning barcha tarmoqlariga kirib keldi. Fan yo‘nalishlarini kompyuterlashtirish ilmning asosiy shartlaridan bo‘lgan obyektivlik va aniqlikka amal qilish asosida tez rivojlana boshladi va barcha sohalarda yutuqlarga erishildi. Dastavval, kompyuter tizimi matematik hisoblash amallarida qo‘llanildi, hozirgi kunda turli sohalarda kompyuter amallaridan unumli foydalanilmoqda. Til og‘zaki va yozma nutq ko‘rinishida kishilik jamiyatiga xizmat qilib kelmoqda. 1 Rahimov A. Kompyuter Iingvistikasi asoslari. —Т., 2011. -В. 9 Axborotlar asrida esa til inson va mashina munosabatini ta’minlaydigan vositaga aylandi. Kompyuter lingvistikasida tabiiy va sun’iy til tushunchalari o‘zaro farqlanadi. Tabiiy til - insonlar o‘rtasida kommunikativ, emotsional-ekspressiv, akkumulyativ funksiyalar uchun xizmat qiladigan tildir. Sun’iy til — tabiiy tilni qayta ishlash, formallashtirish asosida matematika, informatika va tilshunoslik sohalari kesimida shakllantirilgan, kompyuter va inson o'rtasidagi munosabatni ta’minlaydigan, bevosita kompyuter xotirasiga kiritiladigan va kompyuteming lingvistik doiradagi funksiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan tildir. Insoniyat tovush va har flaming murakkab tizimi bo‘lgan, muntazam ravishda o‘zgarib turadigan tabiiy tildan foydalanadi. Olz navbatida til tizimi insonlaming o‘zaro muloqotini har qanday sharoitda ta’minlay oladigan qat’iy vosita hamdir. Kompyuter tizimi tushunilishi nisbatan oson bo‘lgan formal tildan, sun’iy tildan foydalanish jihati bilan chegaralangandir. Kompyuter tizimi uchun ko‘p ma’nolilik va ko‘chma ma’noga asoslangan nutq muammo hisoblanadi. Kompyuter lingvistikasining navbatdagi vazifasi tabiiy til xususiyatlari va tabiatini imkon qadar o‘zida aks ettiradigan formal tizimni yaratishdan iborat. Kompyuter lingvistikasi informatika va lingvistikaning shunchaki birlashuvidan shakllangan soha emas, balki o‘zida kengroq doiradagi masalalami qamrab oladi. Kompyuter lingvistikasi tilning kompyuter nuqtayi nazaridagi ilmiy talqinidir. Olimlar turli tipdagi til hodisalarining kompyuter (formal) modellarini tuzish ustida izlanmoqdalar. Bunday modellar bilimlarga, qoidalarga yoki ma’lumotlarga, faktlarga asoslanadi. Kompyuter lingvistikasi bo'yicha mutaxassislar masalaga ilmiy jihatdan yondashishlari mumkin, ya’ni ma’lumotni formal jihatdan, kompyuter tizimi nuqtayi nazaridan ifodalashlari, lingvistik yoki psixolingvistik fakt orqali izohlashlari mumkin bo‘ladi. Hozirda kompyuter lingvistikasining vazifasi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan nutqni farqlash, nutqni sintezlash, ovozli avtomatik, qidiruv mashinalari, matn muharrirlari, tillami o‘rganish uchun materiallar tizimlarini yaratish bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda kompyuterlashtirish jarayoni dunyo mamlakatlarida turli darajada kechmoqda. Taraqqiyot qay darajada boclmasin, insoniyat jamiyatda axborot texnologiyalarining o ‘mi beqiyosligini tushunib yetdi. Inson faoliyatining barcha sohalarini kompyuterlashtirish bugungi kunda jamiyatning muhim vazifasi va ijtimoiy taraqqiyot omilidir. Jamiyatni kompyuterlashtirmasdan turib, ijtimoiy o‘zgarishlami amalga oshirish, munosib turmush darajasini ta’minlash qiyin. Informatika sohasi ana shu ehtiyoj natijasida vujudga keldi. Informatika axborotga ega bo'lish, munosabat bildirish, uni saqlash va taqdim etish jarayonlarini tadqiq qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarida axborot texnikasi va texnologiyasini yo‘lga qo‘yish, amaliyotga tatbiq etish, ulardan foydalanish masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanadigan fan-texnika faoliyatidir. Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida, asosan, kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq fan, texnikaning xilma-xil tarmoqlari birligini o ‘zida namoyon etadi. Kompyuterlar inson faoliyatida katta qulayliklar, yengilliklar yaratadi. 10 Informasion texnik vositalar axborot texnologiyasining asosini tashkil etadi. Axborot kommunikativ texnologiyajismoniy mehnatni chegaralaydi, kam vaqt sarflab, ko‘p natijaga erishishni ta’minlaydi, bajarilayotgan ishning samaradorligini belgilaydi. АКТ (axborot kommunikasion texnologiy)da aqliy mehnatning ahamiyati oshib boradi. Axborot texnologiyasining rivojlanishi insonlar faoliyatini yengillashtirishga, bilim darajasining o‘sishiga, har bir sohada yuqori malakali mutaxassislar miqdorining ko‘payishiga zamin yaratadi. Mamlakat ravnaqini, dunyoning rivojlangan davlatiari darajasidagi taraqqiyotni AKTsiz tasawur qilib boMmaydi. Har bir sohada o‘z mavqeyini mustahkamlab borayotgan axborot texnologiyalari ta’lim sohasida ham asosiy o‘rinni egallashi muqarrardir. Ta’lim samaradorligini oshirishda, yosh avlodni jahon talablari darajasidagi yetuk mutaxassis kadrlar sifatida tayyorlashda, mamlakatimizga kirib kelayotgan har qanday avtomatlashgan texnologiyani boshqarishda axborottexnologiyalarini mukammal bilish talab etiladi. АКТyordamida yoshlar, awalo, jahon miqyosidagi bilimlar, ilmiy-texnologik jarayonlar bilan tanishadilar, bilimlarini tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Kutubxonalarning kompyuter jihozlari bilan ta’minlanishi, axborot resurs markazi tizimiga birlashtirilishi, elektron darsliklar,
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling