Kompyuter savodxonligi


Ism-sharif Manzil


Download 404.61 Kb.
bet62/81
Sana17.11.2023
Hajmi404.61 Kb.
#1782835
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

Ism-sharif


Manzil


Telefon

1

Abdullaeva B.

Gulbahor k., 23


256-58-58


2

Anvarov R.

Zarqaynar k., 525


267-98-43


3

Isaev Sh.

Yunus-Obod, 21-105-3


222-68-45


4

Karimov A.

Forobiy, 46


396-01-81


5

Muhiddinov S.

Tazetdinov, 44


398-84-48


6

Salimov U.

Quruvchilar k., 93-52


193-58-48


7

Toshev I.

Chilonzor, 8-24-32


366-85-12


8

Usmonov D.

Beruniy, 34


143-22-14


9

Hasanova D.

Huvaydo, 45


149-91-07


10

Sharipov O.

Tinchlik, 34


141-48-69


11

Yunusov B.

Tansiqboev, 45


114-48-45



Ma’lumotlar omborida har bir satr yozuv deb ataladi va ular tartib bo‘yicha

raqamlab chiqiladi. Yozuvlar esa o‘z navbatida maydonlardan iborat bo‘ladi.


Maydonlar nomlangan bo‘lib, bu nomlar ustun nomi bilan bir xil bo‘ladi.
Masalan, yettinchi abonentning telefon raqami Telefon (7) maydonida joylashgan
bo‘lib, uning qiymati "366-85-12"ga teng. Ko‘pchilik adabiyotlarda ko‘pincha
ustunlarning o‘zlari ham maydon deb yuritiladi.
Ba’zi hollarda ma’lum yozuvlarga izohlar keltirishga to‘g‘ri keladi. Bu
izohlarning hajmi oldindan ma’lum emasligi va ko‘pchilik yozuvlar uchun izohlar
shart bo‘lmaganligi sababli izoh maydonini yaratish bilangina bu masalani hal
qilib bo‘lmaydi. Buning uchun alohida izohlar fayli yaratiladi va unda har bir
yozuv uchun 64 kilobaytgacha bo‘lgan izohlar yaratilishi mumkin. Izohlar uchun ular
kiritilgandan keyingina joy ajratiladi va shu sababli izoh faylining hajmi
uncha katta bo‘lmaydi.
105
9.4. Axborotlarni kiritish formalari.
Shunday qilib, oldingi darsda kutubxona ma’lumotlar ombori qanday
ko‘rinishda bo‘lishini hal qilib oldik: omborda ikkita ustun bo‘lib, birinchi
ustunda o‘quvchining ismi-sharifi, ikkinchi ustunda u olgan darslikning nomi
bo‘lishi kerak. Lekin bu ko‘rinishdagi ma’lumotlar omborining bir qator
kamchiliklari bo‘lib, ulardan eng asosiysi ismi-sharifi bir xil bo‘lgan ikki
o‘quvchi mavjud bo‘lsa, omborning ish faoliyatida xatoliklar paydo bo‘lishi bilan
bog‘liq.
Shuning uchun o‘quvchilarni, shu jumladan, ismi-sharifi bir xil bo‘lgan
o‘quvchilarni bir-biridan farqlash uchun ularning har biriga faqat o‘ziga xos
bo‘lgan, boshqalarnikidan farq qiladigan maxsus kod beriladi. Kod sifatida
o‘quvchilar ro‘yxatini tartib bo‘yicha raqamlab chiqib, shu raqamni o‘quvchining kodi
deb qabul qilish mumkin. Yoki bu vazifani ham kompyuterning o‘ziga yuklash
mumkin. Kompyuter har bir o‘quvchi uchun takrorlanish ehtimoli juda kichik bo‘lgan
timsollar ketma-ketligini yaratadi va boshqa o‘quvchilarning mavjud kodlari bilan
solishtiradi. Agar bunday kod mavjud bo‘lmasa, uni o‘quvchiga kod sifatida beradi.
Kompyuter uchun o‘quvchining ismi-sharifi bilan yoki uning kodi bilan
ishlashda hech qanday farq yo‘q. Shu sababli kompyuterga faqat o‘quvchining kodi
bilan ishlashni topshirgan ma’qul. Shunga o‘xshash, kutubxonadagi barcha
kitoblarni kodlab chiqish mumkin. Bunda kitobning kodi sifatida unga qayd
qilish vaqtida berilgan tartib raqamini olsa ham bo‘ladi. Natijada kutubxonada
kodi bir xil bo‘lgan kitoblar uchramasligiga erishamiz. Xuddi o‘quvchilar bilan
bo‘lgani kabi kitobning nomi o‘rniga uning kodidan foydalanishimiz qulayroq.
Kompyuterda ishlash qulay bo‘lishi uchun kutubxona ma’lumotlar ombori
tuzilishini to‘rt ustundan iborat qilib yaratamiz. Birinchi ustunga o‘quvchining
kodi, ikkinchi ustunga kitobning kodi, uchinchi ustunga kitobning o‘quvchiga
berilgan vaqti va to‘rtinchi ustunga kitobning kutubxonaga qaytarilgan vaqtini
kiritamiz. Kodlardan foydalanish kompyuter uchun qulay bo‘lsa-da, kompyuterdan
foydalanuvchilar uchun juda noqulay: maktabdagi barcha o‘quvchilarning va
kutubxonadagi barcha kitoblarning kodlarini eslab qolib bo‘ladimi? Bu muammoni
hal qilishni kompyuter zimmasiga yuklatish mumkin. Kompyuterga ma’lumotlar
kiritilganda ular inson uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda kiritiladi va
kompyuterning o‘zi kiritilgan axborotdagi o‘quvchilarning va kitoblarning
nomlari o‘rniga ularning kodlarini qo‘yib chiqadi va, aksincha, kompyuterdan
ma’lumotlar ekranga yoki qog‘ozga chiqarilayotgan paytda kompyuterning o‘zi
kodlarni nomlar bilan almashtirib qo‘yadi.
Bir qarashda oson ko‘rinsa-da, ma’lumotlarni omborga kiritish paytida bir
qator muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Kompyuterga yangi ma’lumotlar
kiritilayotgan paytda o‘quvchining yoki kitobning nomi (kodi) xato bilan kiritib
yuborilsa, bu xato yozilgan axborot ma’lumotlar omborining ish jarayonida xatolar
paydo bo‘lishiga olib keladi. Masalan, Abdullaev o‘rniga Abdulaev yoki uning kodi
1121 o‘rniga 11221 deb yozib yuborilsa, bu yozuvga oid axborot Abdullaevga tegishli
bo‘lmay qoladi. Bundan tashqari, Abdulaev nomli, kodi 11221 bo‘lgan yangi o‘quvchi
paydo bo‘ladi.
Bunday xatoliklarning oldini olish uchun "kutubxona" ma’lumotlar ombori
bilan ishlayotganda o‘quvchining ismi-sharifi kiritilishiga hech qachon yo‘l
qo‘ymaslik kerak. Buning o‘rniga o‘quvchining ismi-sharifi ism-shariflar
106
menyusidan tanlab olinishi lozim. Bir paytning o‘zida barcha o‘quvchilarning ismshariflarini bitta menyudan tanlab olish ancha noqulay (maktabda 1000 dan ortiq
o‘quvchi bor), shuning uchun o‘quvchining avval sinflar menyusidan sinfi, so‘ngra shu
sinfdagi o‘quvchilar ro‘yxatidan o‘quvchining ismi-sharifi tanlab olinadi.
Kitobning nomi (kodi)ni kiritish ham shu ko‘rinishda amalga oshirilishi
mumkin: avval o‘quvchi sinfiga mos darsliklar ro‘yxatidan darslikning nomi,
so‘ngra shu darsliklar ichidan o‘quvchiga berilayotgan kitobning tartib raqami
tanlab olinadi.
Ma’lumotlarni omborga kiritish uchun avvaldan tayyorlab qo‘yilgan tayyor
shakllar (formalar)dan foydalaniladi. Foydalanuvchi uchun qulay bo‘lishini
ko‘zlab, bunday shakllarning bir necha xilini tayyorlab qo‘yish kerak. Masalan,
"kutubxona" ma’lumotlar omborini oladigan bo‘lsak, o‘quvchiga kitob berishning
bir necha xili bo‘lishi mumkin. Birinchidan, butun sinfga barcha zarur darsliklar
bir vaqtda tarqatiladi; ikkinchidan, bir o‘quvchiga barcha darsliklar bir vaqtda
beriladi; uchinchidan, bir o‘quvchiga bitta darslik beriladi. Bu uch holatda
axborotni kompyuterga kiritish uchun, albatta, uch xil turli shakllardan
foydalanishga to‘g‘ri keladi.

Download 404.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling