Kompyuter savodxonligi
Bilaman Bilib oldim
Download 404.61 Kb.
|
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- ! Matnni diqqat bilan o‘qing va tasvirlangan slaydlar yordamida kompyuterda Windowsning fayl tizimini mustaqil ravishda ko‘rib chiqing.
21
! Matnni diqqat bilan o‘qing va tasvirlangan slaydlar yordamida kompyuterda Windowsning fayl tizimini mustaqil ravishda ko‘rib chiqing. Kompyuter o‘chirilganda uning tezkor xotirasidagi barcha ma’lumotlar o‘chib ketadi. Ma’lumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun ularni tashqi xotirada saqlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Tashqi xotirada ma’lumotlardan tashqari dasturlar ham, xususan Windows ning o‘zi ham saqlanadi. Kompyuterning tashqi xotirasiga juda katta hajmdagi ma’lumotlarni joylash mumkin. Hajmi 700 Megabayt bo‘lgan oddiy kompakt diskdagi elektron kutubxonada minglab kitoblar bo‘lishi mumkin. Vinchester turidagi disklarda bunday kompakt disklardan 100 va undan ortig‘ini sig‘dirish mumkin. Oddiy hisobkitob bilan vinchesterdagi ma’lumotlarning barchasi qog‘ozga tushirilsa, bu qog‘ozlar bir necha million varaq bo‘lishini ko‘rish mumkin. Shuncha qog‘oz ichidan keraklisini topish naqadar mashaqqatli ekanligini ko‘z oldimizga keltirish ham qiyin. Bunday katta hajmdagi ma’lumotlarni joylash va ularni boshqarish uchun maxsus tizim ishlab chiqilgan bo‘lib, bu diskning fayl tizimi deb ataladi. Diskdagi ma’lumotlar fayllarda saqlanadi va bu ma’lumotlarni topish uchun uning nomini va joyini bilish kifoya. Fayl tizimining ishini kutubxona ishiga qiyoslash mumkin. Toshkent davlat texnika universiteti kutubxonasida bir milliondan ortiq kitob bor. Talabalar bu kitoblarning qaerda joylashganligidan bexabarlar va kutubxona xodimlari yordamisiz kerakli kitobni topishlari juda mushkul. Lekin talabalar kitobning nomini va mualliflarini bilsalar, uni kutubxona kataloglaridan topa oladilar va kutubxona xodimi kitobning shifri orqali uni bir necha daqiqa ichida topib kelib sizga beradi. Talabalik yillaringizda o‘qib chiqqan kitoblaringiz 100 tacha bo‘lgani kabi kompyuter disklaridagi o‘n minglab fayllardan juda ozgina qismidan Siz bevosita foydalanasiz. Ular orasida o‘zingiz yaratgan fayllar alohida o‘rin tutadi. Sizning fayllaringiz boshqa fayllar orasida yo‘qolib ketmasligi uchun ularni boshqa fayllardan alohida saqlagan ma’qul. Fayllar diskda qanday ko‘rinishda saqlanadi? Umuman olganda, fayl yaratilayotgan paytda unga diskning bo‘sh yeridan joy ajratiladi va bu joy boshqa fayllar tomonidan egallanmasligi uchun band deb e’lon qilinadi va yaratilgan fayl mavjud fayllar ro‘yxatiga kiritilib qo‘yiladi. Fayllarning barchasini bitta ro‘yxatda saqlash juda noqulay, shuning uchun diskda bir necha kataloglar yaratiladi va fayllar bu kataloglarning ichida saqlanadi. Lekin barcha fayllarni bir necha katalogda saqlash ham noqulay: ularning soni kam bo‘lsa, ulardagi fayllar ko‘p bo‘ladi. Katalogdagi fayllar kam bo‘lishi uchun kataloglarning soni ko‘p bo‘lishi kerak, bu esa yana noqulay. Bu muammoni katalog ichida yana katalog ochish orqali hal qilish mumkin. Yangi kataloglarning ichiga fayllarni joylashimiz va tabiiyki, yangi kataloglar ochishimiz mumkin. Shunday qilib, diskdagi kataloglar daraxtga o‘xshab shoxlab ketaveradi. Kerakli faylni topish uchun uning nomini va u joylashgan katalogni bilish kerak bo‘ladi. Faylning joyini topish uchun u joylashgan kataloglar ro‘yxatini 22 ketma-ket sanab o‘tish kerak. Bu ichma-ich joylashgan kataloglar ro‘yxati faylga olib boruvchi yo‘l yoki qisqacha fayl yo‘li deb ataladi. Siz o‘zingizning fayllaringizni saqlash uchun foydalanuvchilar katalogini tuzishingiz, unda o‘zingiz uchun alohida katalog ochib, uning ichida o‘zingizning fayllaringizni ham tartiblash uchun yana bir katalog ochishingiz kerak bo‘ladi. Kompyuterning fayl tizimi bilan ishlash uchun Pusk (Boshla) tugmasini bosib, Windowsning bosh menyusiga kiramiz va undan Moy kompyuter (Mening kompyuterim) bandini chertamiz. Natijada Sizning kompyuteringizda o‘rnatilgan disklar ro‘yxati bor Mening kompyuterim oynasi paydo bo‘ladi. Bu oynadagi disklarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Ulardan birinchisi, Sizning kompyuteringiz sistema blokiga o‘rnatilgan mahalliy vinchester turidagi disklar; ikkinchisi esa kompyuterdan chiqarib olish mumkin bo‘lgan disklar va uchinchisi mahalliy kompyuter tarmog‘i orqali ulangan, boshqa kompyuterlarda joylashgan tarmoq disklari. Ikkinchi tur disklariga disketalar, kompakt disklar, elektron flesh disklar kiradi. Disklardan birortasini tanlab, sichqonni bossangiz, bu disk haqidagi ma’lumotlar oynaning chap tomonida paydo bo‘ladi. Disk ustida sichqonni ikki marta bosib, diskdagi kataloglar va fayllar ro‘yxati bilan tanishish mumkin. Agar kataloglarning biri ustida sichqonni ikki marta bossak, katalog ichiga kiriladi va u yerdagi fayllar bilan tanishish mumkin. Katalogdan chiqib ketish uchun oynaning yuqori qismida joylashgan uskunalar panelidagi tugmani bosish kerak. Natijada ekranda oldingi katalog paydo bo‘ladi. Mening kompyuterim yordamida fayl tizimi bilan tanishib chiqish, kerakli dastur va hujjatlarni topish qulay. Fayl tizimiga o‘zgartirishlar kiritish uchun maxsus dastur mavjud bo‘lib, bu dasturning nomi Provodnik (Boshlovchi) va u 23 Download 404.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling