Kompyuter savodxonligi


Ma’lumotlar omborida axborotlarning joylashish strukturasi


Download 404.61 Kb.
bet61/81
Sana17.11.2023
Hajmi404.61 Kb.
#1782835
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

9.3. Ma’lumotlar omborida axborotlarning joylashish strukturasi.
Ma’lumotlar ombori shu darajada ommaviylashib ketganligining sababi
nimada? Bunga quyidagicha javob berish mumkin. Birinchidan, ma’lumotlar
omboriga juda katta miqdordagi ma’lumotlarni joylashtirish mumkin.
Ikkinchidan, ma’lumotlar omboridan axborotlarni juda tez chaqirib olish
mumkin. Bir qarashda mutloq qarama-qarshi bo‘lgan bu ikki talabni qanday qilib
bir vaqtda qanoatlantirish mumkin? Bunga ma’lumotlar omboriga axborotlarni
maxsus usulda joylashtirish orqali erishiladi.
104
Ma’lumotlar omboridan bexabar odam uchun u yerga turli-tuman axborotlar
joylashtirilgandek ko‘rinadi, aslida esa unday emas. Masalan, Toshkent telefon
tarmoqlarining ma’lumotlar omborida bir millionga yaqin abonent haqida
ma’lumotlar saqlansa-da, lekin har bir abonent haqida bir xil ko‘rinishdagi
axborotlar saqlanadi. Har bir abonent haqida bilish kerak bo‘lgan eng zarur
ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:
1) Abonentning telefon nomeri;
2) Abonentning familiyasi, ismi va sharifi;
3) Abonentning manzili.
Lekin telefon jismoniy shaxsga emas, balki yuridik shaxsga, korxonaga
berilgan bo‘lsa, bu ma’lumotlar quyidagicha bo‘ladi:
1) Abonentning telefon nomeri;
2) Abonentning (korxonaning) nomi;
3) Abonentning manzili;
4) Abonent (korxona) rahbarining ismi-sharifi;
5) Abonentning bankdagi hisob-kitob raqami.
Ko‘rib turganingizdek, Toshkentdagi barcha telefon abonentlari turli-tuman
bo‘lmay, balki ularni bir necha turlarga ajratish mumkin va har bir turdagi
abonentlar haqida bir xil ko‘rinishda bo‘lgan axborotlar saqlanadi.
Demak, jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi axborotlarni jadval ko‘rishida
saqlash mumkin. Bunda har bir satr alohida abonentga tegishli bo‘lsa, har bir
ustunda bir xil ma’lumotlar saqlanadi:







Download 404.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling