Kompyuter savodxonligi
Ism-sharif Manzil
Download 404.61 Kb.
|
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telefon (7)
- 9.4. Axborotlarni kiritish formalari.
Ma’lumotlar omborida har bir satr yozuv deb ataladi va ular tartib bo‘yicha raqamlab chiqiladi. Yozuvlar esa o‘z navbatida maydonlardan iborat bo‘ladi. Maydonlar nomlangan bo‘lib, bu nomlar ustun nomi bilan bir xil bo‘ladi. Masalan, yettinchi abonentning telefon raqami Telefon (7) maydonida joylashgan bo‘lib, uning qiymati "366-85-12"ga teng. Ko‘pchilik adabiyotlarda ko‘pincha ustunlarning o‘zlari ham maydon deb yuritiladi. Ba’zi hollarda ma’lum yozuvlarga izohlar keltirishga to‘g‘ri keladi. Bu izohlarning hajmi oldindan ma’lum emasligi va ko‘pchilik yozuvlar uchun izohlar shart bo‘lmaganligi sababli izoh maydonini yaratish bilangina bu masalani hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun alohida izohlar fayli yaratiladi va unda har bir yozuv uchun 64 kilobaytgacha bo‘lgan izohlar yaratilishi mumkin. Izohlar uchun ular kiritilgandan keyingina joy ajratiladi va shu sababli izoh faylining hajmi uncha katta bo‘lmaydi. 105 9.4. Axborotlarni kiritish formalari. Shunday qilib, oldingi darsda kutubxona ma’lumotlar ombori qanday ko‘rinishda bo‘lishini hal qilib oldik: omborda ikkita ustun bo‘lib, birinchi ustunda o‘quvchining ismi-sharifi, ikkinchi ustunda u olgan darslikning nomi bo‘lishi kerak. Lekin bu ko‘rinishdagi ma’lumotlar omborining bir qator kamchiliklari bo‘lib, ulardan eng asosiysi ismi-sharifi bir xil bo‘lgan ikki o‘quvchi mavjud bo‘lsa, omborning ish faoliyatida xatoliklar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Shuning uchun o‘quvchilarni, shu jumladan, ismi-sharifi bir xil bo‘lgan o‘quvchilarni bir-biridan farqlash uchun ularning har biriga faqat o‘ziga xos bo‘lgan, boshqalarnikidan farq qiladigan maxsus kod beriladi. Kod sifatida o‘quvchilar ro‘yxatini tartib bo‘yicha raqamlab chiqib, shu raqamni o‘quvchining kodi deb qabul qilish mumkin. Yoki bu vazifani ham kompyuterning o‘ziga yuklash mumkin. Kompyuter har bir o‘quvchi uchun takrorlanish ehtimoli juda kichik bo‘lgan timsollar ketma-ketligini yaratadi va boshqa o‘quvchilarning mavjud kodlari bilan solishtiradi. Agar bunday kod mavjud bo‘lmasa, uni o‘quvchiga kod sifatida beradi. Kompyuter uchun o‘quvchining ismi-sharifi bilan yoki uning kodi bilan ishlashda hech qanday farq yo‘q. Shu sababli kompyuterga faqat o‘quvchining kodi bilan ishlashni topshirgan ma’qul. Shunga o‘xshash, kutubxonadagi barcha kitoblarni kodlab chiqish mumkin. Bunda kitobning kodi sifatida unga qayd qilish vaqtida berilgan tartib raqamini olsa ham bo‘ladi. Natijada kutubxonada kodi bir xil bo‘lgan kitoblar uchramasligiga erishamiz. Xuddi o‘quvchilar bilan bo‘lgani kabi kitobning nomi o‘rniga uning kodidan foydalanishimiz qulayroq. Kompyuterda ishlash qulay bo‘lishi uchun kutubxona ma’lumotlar ombori tuzilishini to‘rt ustundan iborat qilib yaratamiz. Birinchi ustunga o‘quvchining kodi, ikkinchi ustunga kitobning kodi, uchinchi ustunga kitobning o‘quvchiga berilgan vaqti va to‘rtinchi ustunga kitobning kutubxonaga qaytarilgan vaqtini kiritamiz. Kodlardan foydalanish kompyuter uchun qulay bo‘lsa-da, kompyuterdan foydalanuvchilar uchun juda noqulay: maktabdagi barcha o‘quvchilarning va kutubxonadagi barcha kitoblarning kodlarini eslab qolib bo‘ladimi? Bu muammoni hal qilishni kompyuter zimmasiga yuklatish mumkin. Kompyuterga ma’lumotlar kiritilganda ular inson uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda kiritiladi va kompyuterning o‘zi kiritilgan axborotdagi o‘quvchilarning va kitoblarning nomlari o‘rniga ularning kodlarini qo‘yib chiqadi va, aksincha, kompyuterdan ma’lumotlar ekranga yoki qog‘ozga chiqarilayotgan paytda kompyuterning o‘zi kodlarni nomlar bilan almashtirib qo‘yadi. Bir qarashda oson ko‘rinsa-da, ma’lumotlarni omborga kiritish paytida bir qator muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Kompyuterga yangi ma’lumotlar kiritilayotgan paytda o‘quvchining yoki kitobning nomi (kodi) xato bilan kiritib yuborilsa, bu xato yozilgan axborot ma’lumotlar omborining ish jarayonida xatolar paydo bo‘lishiga olib keladi. Masalan, Abdullaev o‘rniga Abdulaev yoki uning kodi 1121 o‘rniga 11221 deb yozib yuborilsa, bu yozuvga oid axborot Abdullaevga tegishli bo‘lmay qoladi. Bundan tashqari, Abdulaev nomli, kodi 11221 bo‘lgan yangi o‘quvchi paydo bo‘ladi. Bunday xatoliklarning oldini olish uchun "kutubxona" ma’lumotlar ombori bilan ishlayotganda o‘quvchining ismi-sharifi kiritilishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaslik kerak. Buning o‘rniga o‘quvchining ismi-sharifi ism-shariflar 106 menyusidan tanlab olinishi lozim. Bir paytning o‘zida barcha o‘quvchilarning ismshariflarini bitta menyudan tanlab olish ancha noqulay (maktabda 1000 dan ortiq o‘quvchi bor), shuning uchun o‘quvchining avval sinflar menyusidan sinfi, so‘ngra shu sinfdagi o‘quvchilar ro‘yxatidan o‘quvchining ismi-sharifi tanlab olinadi. Kitobning nomi (kodi)ni kiritish ham shu ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: avval o‘quvchi sinfiga mos darsliklar ro‘yxatidan darslikning nomi, so‘ngra shu darsliklar ichidan o‘quvchiga berilayotgan kitobning tartib raqami tanlab olinadi. Ma’lumotlarni omborga kiritish uchun avvaldan tayyorlab qo‘yilgan tayyor shakllar (formalar)dan foydalaniladi. Foydalanuvchi uchun qulay bo‘lishini ko‘zlab, bunday shakllarning bir necha xilini tayyorlab qo‘yish kerak. Masalan, "kutubxona" ma’lumotlar omborini oladigan bo‘lsak, o‘quvchiga kitob berishning bir necha xili bo‘lishi mumkin. Birinchidan, butun sinfga barcha zarur darsliklar bir vaqtda tarqatiladi; ikkinchidan, bir o‘quvchiga barcha darsliklar bir vaqtda beriladi; uchinchidan, bir o‘quvchiga bitta darslik beriladi. Bu uch holatda axborotni kompyuterga kiritish uchun, albatta, uch xil turli shakllardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Download 404.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling