Kompyuter savodxonligi
TAQDIMOT DASTURI. 10.1. POWERPOINT
Download 404.61 Kb.
|
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dizayn”
- 10.3. Taqdimotga rasm qo‘shish
10. TAQDIMOT DASTURI.
10.1. POWERPOINT dasturida taqdimot yaratish Bu dastur taqdimot yaratish dasturidir. Bunda o‘zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsion effektlar, ovoz, videokliplar va h.k.larni mujassam etgan slaydlardan taqdimotlar ishlab chiqish mumkin. Slaydlar ketmaketligidan hosil bo‘lgan taqdimotni kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilsa bo‘ladi. Taqdimot yaratish bu slaydlar ketmaketligini qurish va bezagini berishdir. Quyidagi rasmda siz POWERPOINT dasturining ekrani va uning asosiy elementlarini ko‘rishingiz mumkin: 1-rasm. Slayd sarlavhasi va sarlavha izohi yoziladigan sahifa. Bunda taqdimotingiz dizaynini didingizga ko‘ra mavjud dizaynlar to‘plamidan, rangini ranglar to‘plamidan tanlashingiz mumkin. Buning uchun “Dizayn” menyusidan foydalanish kerak. Slayd tuzilishini esa “Bosh menyu”ning “Maket” menyusidan tanlashingiz mumkin. 109 2-rasm. Taqdimot slaydi shaklini tanlash oynasi. 10.2. Slaydlarga matn kiritish Yangi slayd yaratishda (agar yangi taqdimotni tanlamagan bo‘lsangiz) PowerPoint har bir slaydni namunaviy matn bilan to‘ldiradi. Bu matnlarni siz o‘zingizning matningiz bilan almashtirishingiz lozim. O‘z matningizni kiritish uchun bu maydonlardan biri ustida dastyorning chap tugmasini bosing. So‘ng matnni kiriting. 3-rasm. Slaydga sarlavha kiritish. Bu dasturda matnli muharrirlardagi barcha imkoniyatlar mavjud: nusxa olish, shrift, rang tanlash va h.k. 110 10.3. Taqdimotga rasm qo‘shish Taqdimot slaydiga rasm qo‘shish uchun bosh menyuning Vstavka (Joylash) menyusini ochib, Risunok punktini tanlash kerak. So‘ng chiqqan darchada kerakli rasmni tanlab, Vstavit tugmasini bosish kerak: 4-rasm. Taqdimotga rasm qo‘shish oynasi. Rasmni slaydga qo‘yganingizdan so‘ng siz oddiy usul bilan uning o‘lchami va joyini o‘zgartirishingiz mumkin. Shunga o‘xshash holda taqdimotga diagramma, klip, audio- va videofayllar va boshqa elementlar qo‘shsangiz ham bo‘ladi. Buning uchun Vstavka menyusi imkoniyatlarini mustaqil ravishda o‘rganishingizni tavsiya qilamiz. Download 404.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling