Kompyuter savodxonligi


-rasm. PowerPoint dasturi menyu satri va buyruqlari. 111 10.4. Taqdimotni namoyish qilish


Download 404.61 Kb.
bet66/81
Sana17.11.2023
Hajmi404.61 Kb.
#1782835
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

5-rasm. PowerPoint dasturi menyu satri va buyruqlari.
111
10.4. Taqdimotni namoyish qilish
Taqdimotni tuzib bo‘lgandan so‘ng uning namoyishini ko‘rish vaqti keldi.
Buning uchun namoyish parametrlarini o‘rnatish kerak. Buning uchun “Pokaz
slaydov”
menyusiga kirib “Nastroyki demonstratsii” menyusini tanlash kerak.
Hosil bo‘lgan darchada sozlashlar tanlanadi.
6-rasm. Taqdimot boshqaruvini sozlash oynasi.
Agar xohlasangiz, taqdimotingizni slayddan slaydga sizning
buyrug‘ingizsiz o‘tmaydigan qilib moslashtirishingiz mumkin. Bu, agar siz
taqdimot davomida uzilishlar bo‘lishi mumkin, deb o‘ylasangiz foydadan xoli
emas. Shu usul bilan siz taqdimotni boshdan oyoq boshqarishingiz mumkin.
Aksincha, agar xohlasangiz, slaydlar avtomatik ravishda o‘zi ketma-ket
ko‘rsatiladigan qilib moslashtirishning ham iloji bor. Faqat bundan oldin siz
slaydlarning o‘tish oralig‘ini tekshirib («repetitsiya» qilib) o‘rnatishingiz kerak
bo‘ladi.
Taqdimotingiz tayyor bo‘lgandan so‘ng uni ishga tushirish uchun taqdimotni
ko‘rsatishni boshlash (Nachat pokaz slaydov) menyusini tanlashingiz yoki F5
tugmasini bosishingiz kerak. Shunda mehnatingiz mahsulidan bahramand bo‘lasiz.
Taqdimot namoyishidan chiqish uchun Esc tugmasini bosish kerak.
112
11. INTERNET TARMOG‘I VA UNING XIZMATLARI.
11.1. Kompyuter tarmoqlari.
Kompyuter tarmog‘i bitta kompyuterni ikkinchisi bilan o‘zaro bog‘lash va
ma’lumot uzatish uchun mo‘ljallangan. Kompyuter tarmoqlari ulardagi
kompyuterlar joylashuvi va bog‘lanish usuli bo‘yicha mahalliy va global turlarga
bo‘linadi.
Mahalliy kompyuter tarmog‘ida kompyuterlar bitta xona, yonma-yon xonalar,
qavatlar yoki binolarda joylashgan bo‘ladi. Odatda ularni o‘zaro bog‘lash uchun
tarmoq kabelidan foydalaniladi. Tarmoq kabelining bir qator turlari mavjud,
masalan: juftlik, koaksial va shisha tolali.
Tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro ulanish tuzilmasi tarmoq topologiyasi
deyiladi. Tarmoq topologiyasining quyidagi turlari mavjud:
Umumiy bog‘lam;
Aylana;
Yulduzsimon.
Tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro ulanish usuli, ma’lumot almashish
asoslarini belgilovchi vosita – bu tarmoq texnologiyasidir. Tarmoq texnologiyasi
tarmoqdagi kompyuterlar ma’lumot almashish uslubi, kompyuterlar maksimal
soni, ular orasidagi masofa, tarmoq kabeli va anjom-uskunalarini belgilaydi.
Tarmoq texnologiyalarining asosiy turlari:
Ethernet;
Arc Net;
Token Ring;
Fast Ethernet;
Gigabit Ethernet;
FDDI;
100VG Any-LAN.
Kompyuterni tarmoqqa ulash uchun unda maxsus qurilma – tarmoq adapteri
mavjud bo‘lishi shart. U sistema blokining asosiy platasi tarkibiga kiritilgan
yoki uning bo‘sh uyalaridan biriga o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.
Tarmoqdagi kompyuterlar o‘zaro muloqotda bo‘lishi va ma’lumot almashishi
uchun maxsus vosita – tarmoq protokoli ishlab chiqilgan. Tarmoq protokoli
kompyuterlarning o‘zaro bog‘lanish va muloqotda bo‘lish tartib-qoidasini
belgilab, o‘zaro ma’lumot almashishi kerak bo‘lgan kompyuterlar bir xil tarmoq
protokolidan foydalanishi lozim. Tarmoq protokolining quyidagi asosiy
turlari mavjud:
NetBEUI;
IPX/SPX;
TCP/IP;

113
POP3;
SMTP.
Yuqorida ko‘rsatilgan tarmoq protokollaridan TCP/IPdan keng
foydalaniladi, chunki undan nafaqat mahalliy, balki global tarmoqda ham
foydalanish mumkin.
Global tarmoqda kompyuter orasidagi masofa uzoq bo‘lib, ular o‘zaro
ma’lumot almashishi uchun mavjud telefon tarmoqlari, maxsus tarmoq
magistrallari, sun’iy yo‘ldosh aloqasi qo‘llaniladi. Global tarmoqlarning eng
ommabop va mashhuri bu Internet tarmog‘idir.
Kompyuterni global tarmoqqa ulash uchun unga maxsus qurilma – modem
(modulyator-demodulyator) o‘rnatilishi shart. Modem telefon tarmog‘i orqali
Internet provayderiga ulanib, Internet kabi global tarmoqda ishlash imkonini
yaratadi. Modemlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
Ichki modem (Internal Modem) kompyuterning asosiy platasida joylashgan.
Tashqi modem (External Modem) alohida qurilma bo‘lib, kompyuterga kabel
yordamida ulanadi.
Ixcham kompyuter modemi (PCM/PCMCIA) alohida plata ko‘rinishida bo‘lib,
asosiy plataning ichki yoki tashqi bo‘sh uyasiga o‘rnatiladi.

Download 404.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling