Kompyuter savodxonligi


Download 477.78 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi477.78 Kb.
#1029400
1   2   3
Bog'liq
kiber xavfsizlik

Plata - asosiy vazifasi CPU, RAM, HDD kabi qurilmalarni bir-biri bilan katta tezlikda ulana olishini taʼminlash, shuningdek, boshqa bir qator vazifalari ham bor.
Doimiy xotira hozirda asosan 2 turidan foydalaniladi: HDD (Hard Disc Drive - Qattiq Diskli Xotira) va SSD (Solid State Drive - Yaxlit Boʻlinmali Xotira). Hozirga kelib HDD oʻrniga SSDdan foydalanish ommalashmoqda, chunki HDDning asosini tashkil qiluvchi narsa ichidagi qattiq disk shaklidagi qismi boʻlib, huddi plastinka aylanib, uni uchli igna ovozga aylantirib bergani kabi, uchli magnit igna orqali maʼlumotlar boshqariladi. 
Bunda unga maʼlumot yozish va olish kabi funksiyalar diskning aylanish tezligi (RPM - Revolutions Per Minute, bir daqiqadagi aylanishlar soni)ga bogʻliq boʻladi. Hozirda bu koʻrsatkich oʻrtacha hisobda 5400 va 7200 rpm oraligʻida. SSD esa, huddi kichik fleshka kabi tuzilishga ega va unga maʼlumot yozish va olishda asosan plataning maʼlumot oʻtkazuvchanlik tezligi rol oʻynaydi. Avvallari SSD xotiralar anchagina qimmat boʻlgani sabab uncha ommalashmagan, lekin hozirga kelib narxi HDDdan ozgina farq qiladi xolos, shu sabab koʻpchilik SSD xotirani tanlamoqda.

Videokarta - (GPU - Graphic Processing Unit - Grafik Boshqaruv Boʻlinmasi) - ekranga uzatilayotgan grafik maʼlumotlarni qayta ishlab, ularning sifatini qayta ishlash uchun javobgar qism. Bu qism boʻlmasa, grafik maʼlumotlar hisob-kitobi ham CPUga yuklatiladi va grafika sifati ancha pastlashadi.
Doimiy xotira(ROM) - bu xotira turidan faqat o'qish mumkin. Kompyuter platasiga sxema ko'rinishida o'rnatilgan va har xil sozlashlarni o'zida jamlagan. Kompyuter o'chganda ham o'zidagi ma'lumotlarni saqlashi mumkin.
Kesh xotira - prossesor bilan tezkor xotira orasida ma'lumot almashuvchi xotira turi. Ba'zan alohida. ba'zan prossesorda joylashgan bo'ladi. Hajmi kichik bo'ladi. Protsesor tanlashda L2, L3 degan tushunchalar bor, shular kesh xotirani belgilab beradi. Eng tez ishlovchi xotira turi.
Qattiq disk(HDD, SDD,...) - Hammamizga ma'lum xotira turi. Energiyaga bog'liq bo'lmagan, xotira qurilmasiga qarab, ma'lumotlar yoki sxemada (SSD) yoki alyumin diskda (HDD) saqlanadi.
Buffer xotira - vaqtinchalik ma'lumot saqlovchi xotira turi. Siz biror fayl yoki matnni nusxalaganingizda(CTRl+C), ko'chirgan narsangiz shu xotiraga vaqtinchalik tushadi. Energiyaga bog'liq bo'lgan xotira turi.
Tezkor xotira(RAM) - Kompyuter platasidagi slotga ulanadigan, katta tezlikda ishlay oladigan xotiradir. Kompyuter o'chishi bilan ichidagi ma'lumotlar ham o'chib ketadi, demak energiyaga bog'liq. Hozirda DDR4 turi keng foydalaniladi.

Download 477.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling