Kompyuter savodxonligi
Ko➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖mpyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Download 477.78 Kb.
|
kiber xavfsizlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot hajmini qiyoslash namunalari
Ko➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖mpyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?Kompyuterdan ma’lum vaqt chalg‘ishni rejalashtiryabsizmi? Dilemma yuzaga keladi. Barcha dasturlarni yopish va kompyuterni o‘chirish, keyin esa Windowsning uzoq vaqt yuklanishini kutish kimga yoqadi deysiz! Boshqa tomondan esa o‘z karmoningizni foydasiga, elektr ta’minotidan foydalanish miqdorini kamaytirish haqida o‘ylash ham zarar qilmaydi. Windows’ning nisbatan yangiroq nashrlaridan (7 va 8 versiyalari) foydalanuvchilar kombinatsiyalangan gibridli uyqu rejimi bilan ham qurollanishgan. Uchala variant bilan tanishib chiqamiz. Uyqu rejimi Kompyuterning oddiy ishlash rejimi bilan solishtirganda elektr energiyasidan kamroq foydalanishi bilan tavsiflanadi. Kompyuter komponentlaridan ba’zilari o‘chiriladi, masalan, vinchester, boshqalari esa elektr energiyasini kamroq iste’mol qilishga o‘tadi. Barcha ishga tushirilgan ilovalar kompyuterning operativ xotirasida qoladi va o‘z ishini davom ettiradi, lekin kutish holatida bo‘ladi. Uyqu rejimidan qayta ishlash holatiga o‘tish deyarli bir zumda amalga oshadi, siz juda tez fursatda ishlash uchun tayyor kompyuterga ega bo‘lasiz. Gibridli uyqu rejimi Bu asosan oddiy ish stoli tizimlari va ishonchsiz elektr tarmoqlari uchun foydali sanaladi. Uyqu rejimi va gibernatsiya rejimining afzalliklarini o‘zida mujassam etadi. Ishlab turgan ilovalar ham operativ xotirada, ham vinchesterda saqlanadi. Elektr hisoblagichi o‘z shiddatini pasaytiradi. Hattoki elektr ta’minoti bilan muammolar bo‘lgan taqdirda ham, kompyuter avvalgi holatida uyg‘ona oladi. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ Axborot hajmini qiyoslash namunalari1 bayt — klaviaturada terilgan 1 ta belgi 100 kbayt — kichik hajmdagi rasm 1 Мbayt — o‘rtacha 1 ta badiiy kitob 100 Мbayt — 5 yoki 6-sinf darsliklari 3 Gbayt — 1 soat davom etadigan yuqori sifatli videofilm . Download 477.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling