Kompyuter savodxonligi


Dasturiy vositalarning taraqqiyoti


Download 332 Kb.
bet35/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

6.2. Dasturiy vositalarning taraqqiyoti.
Sizda Windows yoki Office kabi ulkan dasturlar qanday qilib yaratilgan, –
degan savol paydo bo‘lishi tabiiy, albatta.
Birinchi elektron hisoblash mashinalari yaratilganida ularda hisoblash
ishlarining ketma-ketligini mashinaga ma’lum qilish uchun uning maxsus
registrlari bir-biri bilan qo‘lda ulab chiqilgan. So‘ngra sim bilan ulash o‘rniga
maxsus relelar ishlatilgan va hisoblash ishlarining ketma-ketligi mashinaga
ularni o‘chirish yoki yoqish bilan ma’lum qilingan.
Mashinaning xotirasida berilmalar bilan birga hisoblash algoritmi, ya’ni
dasturni ham saqlash EHMlar taraqqiyotida tub burilish yasadi. Dastlabki
dasturlar EHM protsessorining farmoyishlari ketma-ketligi bo‘lib, bu
farmoyishlar ikkilik sanoq sistemasidagi sonlardan iborat edi. Shuning uchun
ham bunday dasturlash mashina tilida dasturlash deb atalgan.
Yuzlab farmoyishlarni va minglab xotira kataklari manzillarini eslab
qolish juda qiyin bo‘lib, bunday dasturlash paytida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yilar
edi. Bu muammoni hal qilish uchun protsessorning har bir farmoyishiga maxsus
qisqa nom berilgan va xotira kataklariga manzil bo‘yicha murojaat qilish o‘rniga
kataklar nomlangan. Masalan, ikkita baytni qo‘shish uchun ADD, ayirish uchun STR
(Subtract), mantiqiy «yoki» amali uchun OR, shartsiz o‘tish amali sifatida GT (Go
To) kabi nomlar qabul qilingan. Bunday qisqa nomlar yordamida dasturlash
Assemblerda dasturlash deb atalgan. Assembler yordamida dasturlash juda
osonlashgan va ko‘plab dasturlar yaratila boshlangan. Shuning uchun uning nomi
assembler2 deb atalgan.
Dastlabki vaqtlarda kompyuterlarning yetarli darajada tezkor xotiraga ega
emasligi dasturlash vositalarining rivojlanishi uchun katta to‘siq bo‘lib kelgan.
Yetarlicha xotira bilan ta’minlangan kompyuterlar ishlab chiqila boshlagach,
dasturiy vositalar yaratishda yana bir keskin burilish yasaldi. Qisqa vaqt ichida
minglab algoritmik tillar yaratildi. Ularning deyarli barchasidan yagona
foydalanuvchi ularni yaratgan muallifning o‘zi edi, lekin ular orasidan bir
nechtasi keng tarqalib ketdi.
Dasturlarni kompyuterga kiritish va saqlash ham ancha osonlashdi. Dastlab
dasturlarni kompyuterga kiritish uchun ularni qattiq qog‘ozdan yasalgan lenta yoki
kartalarga teshik ochish orqali yozib borilgan. Ularni perfolenta va perfokarta
deb atashgan. Perfolenta va perfokartaga teshik ochish uchun perforatorlardan
foydalanilgan. Bu usulning o‘ziga yarasha kamchiliklari bo‘lib, perfokartalar
noto‘g‘ri tushganda teshiklar noto‘g‘ri ochilgan yoki dastur noto‘g‘ri o‘qilgan;
perfokartalar aralashib ketavergan; perfolentalar shunchalar ko‘p uzilar ediki,
dastur ishlaguncha perfolentaning yarmidan ko‘pi qaytadan yozilar edi. Buni ko‘z
2Assembler so‘zining ma’nosi yig‘ish qurilmasi, konveyer bo‘lib, konveyer yordamida Genri Ford birinchi bo‘lib avtomobil yig‘ishda mehnat unumdorligini bir necha marta oshirishga erishgan.
63
oldingizga keltirish uchun bir necha kunlar davomida kiritilgan dasturlar boryo‘g‘i bir necha minut ishlashini aytish kifoya.
Bundan tashqari, dastur tuzuvchilar bevosita kompyuter bilan ishlashdan
mahrum edilar. Kompyuterni ishlatish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rgan
operatorlargagina ruxsat berilgan. Dasturchilar esa o‘z dasturlarini
perforatorlar xonasiga eltib bergach, bir necha kun mobaynida natijani kutishgan.
Dasturni maromlash uchun bu jarayon bir necha oy davom etgan.
Doimo pand bergan mexanik qurilmalar – perforatorlar o‘rnini konsollar
egallashi bilan kompyuterlardan foydalanish ancha qulay ko‘rinishga keldi.
Konsol bu klaviatura va monitordan iborat qurilma bo‘lib, klaviatura yordamida
dastur kompyuterga kiritilgan, monitor esa kompyuterdan olingan natijalarni
ekranga chiqarish uchun xizmat qilgan. Konsollar dasturchilarga bevosita
kompyuter bilan ishlash imkonini bergan.
90-yillarga kelib dasturlash vositalarida navbatdagi inqilob bo‘lib o‘tdi.
Bu inqilob natijasida sun’iy tafakkur yaratish sari yana bir dadil qadam
tashlandi. An’anaviy dasturlashda biron-bir ob’ektning xossalari alohidaalohida sonli yoki boshqa ko‘rinishdagi kattalik orqali ifodalangan bo‘lsa,
ob’ektlarga tayangan dasturlashda ob’ektlarning xossalari emas, balki uning yaxlit
o‘zi tavsiflanadi.
Misol sifatida televizorni oladigan bo‘lsak, u haqda to‘g‘ri tasavvurga ega
bo‘lish va undan o‘rinli foydalana bilish uchun uning narxi, o‘lchamlari, ishlab
chiqargan firmaning nomi, elektr tarmog‘idan oladigan quvvati kabi xossalari
bilan bir qatorda uni yoqish, o‘chirish, boshqa kanalga o‘tkazish, ovozini rostlash
kabi hodisalarni ham bilish kerak. Bu xossa va hodisalarning ko‘pchiligi, masalan,
elektr tarmog‘idan oladigan quvvati yoki ularni o‘chirish-yoqish barcha elektron
qurilmalar uchun taalluqli.

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling