Kompyuter savodxonligi
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
Hujjat bo‘ylab harakatlanish.
Ekranning matn maydonida o‘chib-yonib turgan tayoqchani ko‘rish mumkin. Uning nomi kursor (ko‘rsatkich) bo‘lib, kiritiladigan matnning qaerda paydo bo‘lishini bildiradi. Kursor matn orasida bo‘lsa, odatda kiritilayotgan timsollar kursordan keyingi timsollarni surib ulardan oldin paydo bo‘ladi, Insert tugmasini bir marta bossak, paydo bo‘ladigan timsollar ularning o‘ng tomonidagi timsollar o‘rnida paydo bo‘ladi. Insert tugmasini yana bir bor bosib, avvalgi holatga qaytish mumkin. Agar ekranda kursor yo‘q bo‘lsa, matn maydonining zarur joyiga sichqonni olib kelib, chap yoki o‘ng tugmasini chertish kerak. Matn odatda bir maromda kiritiladi. Lekin ba’zan matndagi xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash uchun, matnni o‘qib chiqish yoki tahrir qilish uchun matn bo‘ylab harakatlanishga to‘g‘ri keladi. Sichqonning tugmalari orasidagi g‘ildirakni aylantirish bilan ekrandagi matnni yuqoriga yoki pastga siljitish mumkin. Bunda matn kiritiladigan joy ko‘rsatkichi avvalgi joyida qolishini ta’kidlab o‘tish kerak. Matnni yuqoriga va pastga siljitish uchun vertikal surgichdan foydalanish mumkin. Surgichning boshi va oxiridagi va tugmalarni chertib matnni biroz pastga va yuqoriga siljitish mumkin. Matnni ko‘proq surish uchun surgichning dastagini sichqon yordamida ushlab olib, zarur yo‘nalish bo‘ylab surish mumkin. Vertikal surgich ostidagi va tugmalar matnni bir sahifaga siljitishga xizmat qiladi. Ular orasidagi tugma yordamida siljish qadamini o‘zgartirish, masalan, keyingi yoki oldingi rasmga o‘tish mumkin. Vertikal surgichning eng yuqorisidagi belgini sichqon bilan surib matn maydonini ikkiga ajratish va bir vaqtda matnning ikki turli joyini ko‘zdan kechirish mumkin. Bu belgini yana joyiga olib borib qo‘yib matn maydoni birlashtiriladi. Matnda harakatlanish uchun klaviatura tugmalaridan va qo‘sh tugmalardan foydalanish mumkin. Ular quyidagi jadvalda keltirilgan. Sahifalarni raqamlab chiqish. Maydon yaratish va uning turini tanlash. Matnga o‘zgacha timsollarni kiritish. Tayyor rasmni kiritish yoki yangisini yaratish. Diagramma yaratish va uning turini tanlash. Ba’zi ob’ektlarga matn kiritish. Ob’ektlarni matnga kiritish. Menyuning boshqa bandlarini tanlash. Satrni, ustunni, sahifani ikkiga ajratish. 75
Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling