Kompyuter savodxonligi


Wordni ishga tushirish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish mumkin; 1) Ish stolidagi Word


Download 332 Kb.
bet41/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

Wordni ishga tushirish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish
mumkin; 1) Ish stolidagi Word yorlig‘ini ikki marta chertish; 2) Pusk (Boshla)
menyusining Vse programmы (Barcha dasturlar) bandidan Wordni tanlash; 3) Moy
70
kompyuter (Mening kompyuterim) orqali Microsoft Office katalogiga kirib,
WinWord.exe dasturini ishga tushirish; 4) Moy kompyuter (Mening kompyuterim)
orqali yoki ish stolidagi Wordda yaratilgan biror hujjatni tanlash va uni ochish.
7.1. Word matn muharririning tashqi ko‘rinishi va uni o‘zgartirish.
Wordning tashqi ko‘rinishi Microsoft firmasining boshqa mahsulotlarinikidan deyarli farq qilmaydi.
Wordning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni Bosh menyuning Manzara (Vid)
bandidagi farmoyishlar orqali bajarish mumkin. Word menyusida ham oxirgi
paytda ishlatilmagan bandlar ko‘rsatilmaydi va barcha bandlarni ekranga chiqarish
uchun menyuning oxiridagi bandini tanlash kerak.
Bosh menyuning Vid (Manzara) bo‘limidagi yangi menyuning dastlabki beshta
bandi hujjatning ekranda qanday aks etishini belgilaydi. Ulardan Obыchnыy
(Odatdagidek) bandi hujjatni chetidagi hoshiyalarisiz ko‘rsatsa, Razmetka
stranisы
(Sahifa hoshiyasi) hujjatni sahifa chetidagi hoshiyalari bilan birga
ko‘rsatadi. Veb dokument (Internet hujjati) internetda e’lon qilish uchun
tayyorlanayotgan hujjatlar uchun mo‘ljallangan. Struktura dokumenta
(Hujjatning tarkibi) bir necha fayllarda saqlanadigan murakkab hujjatlarni
Dastur menyusi Dastur sarlavhasi
Chizg‘ichlar Uskunalar paneli
Holat satri
Masalalar sohasi
Satr boshi chegaralari
Surgichlar
Uskunalar paneli
71
ko‘rish uchun, rejim chteniya (o‘qish tartibiga o‘tkazish) kiritilgan hujjatni
qulay ko‘rinishda o‘qib chiqish uchun mo‘ljallangan.
Ekranning o‘ng tomonidagi masalalar sohasi menyuning Oblast zadach
(masalalar sohasi) yordamida ekranga chiqariladi yoki yashirib qo‘yiladi. Ekranning
matn kiritiladigan maydoni yuqori va chap tomonidagi chizgichlar menyuning
Lineyki (Chizgichlar) bandi yordamida ekranga chiqariladi va yashirib qo‘yiladi. Vo
ves ekran
(To‘liq ekranga) bandi ekranni butunlay matn ixtiyoriga beradi.
Masshtab bandi matnning kattaligini o‘zgartirmagan holda uning ekrandagi
tasviri kattaligini o‘zgartiradi.
Menyuning Paneli instrumentov (Uskunalar panellari) bandi Wordning
yigirmaga yaqin uskunalar panellaridan keraklisini ekranga chiqarish uchun xizmat
qiladi. Odatda ulardan ikkitasi: Standartnыe (Standart) va Formatirovanie
(Formatlash) panellaridagi amallar ko‘p ishlatiladi va ular har doim ekranda
turadi. Qolgan panellar kerak paytida ularga mos amallar bajarilayotganda o‘zlari
paydo bo‘ladilar va zarur amal bajarilgach yashirib qo‘yiladi. Agar hujjatda
ko‘plab chizmalar bo‘lsa, Risovanie (Chizish) paneli ham ekranda turgani foydali.
Panellarni ekranning chegaralari bo‘ylab yoki o‘rtasiga ham joylashtirish mumkin.
Uskunalar panelidagi tugmalar nima ish bajarishini sichqonni uning ustiga
olib kelgan paytda paydo bo‘ladigan yozuvdan bilib olish mumkin. Agar bunday yozuv
paydo bo‘lmasa, dasturni yozuvlar paydo bo‘ladigan tartibga o‘tkazish kerak.
72
Buning uchun Bosh menyuning Servis (Xizmat) bo‘limiga tegishli Nastroyka
(Sozlash) bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynada Parametrы (Parametrlar)
jildidagi Otobrajat podskazki dlya knopok (Tugmalar uchun yozuvni ko‘rsatish) va
Vklyuchit v podskazku sochetaniya klavish (Yozuvda qo‘shtugmalarni ham ko‘rsatish)
bayroqchalarini o‘rnatish kerak.

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling