Kompyuter savodxonligi
Multimedia: bugungi kuni va kelajagi
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multimedia mahsulotlari
6.3. Multimedia: bugungi kuni va kelajagi.
90-yillarga kelib shaxsiy kompyuterlarning quvvati yetarlicha rivojlangach, kompyuterning ovoz va video bilan ishlash masalasi o‘rtaga tashlandi. Bu muammolarni hal qilish uchun foydalanuvchilar orasida multimedia deb nom olgan texnik uskunalar yaratildi. Bu uskunalar tarkibiga ovoz kartasi, ovoz kuchaytirgich va karnay hamda kompakt disk nomini olgan doimiy tashqi xotira diskyuritkichi kiradi. Bu uch qurilma bilan ta’minlangan kompyuterlar multimedia kompyuterlari deb ataladi. Ovoz bilan video kompyuter imkoniyatlarini qanchalik kengaytirganligini sezish uchun kompyuteringizning ovoz karnaylarini o‘chirib qo‘ying va ovozsiz ishlashga qancha vaqt sabringiz yetishini tekshirib ko‘ring. Aminmanki, bir soat ham o‘tmay ovozni yana yoqib qo‘yasiz. Multimedia so‘zi nimani anglatadi? Media so‘zi juda ko‘p uchraydi va u ko‘pincha muhit deb tarjima qilinsa-da, muloqot degan ma’noda ham ishlatiladi. Kompyuter multimediali bo‘lishi uchun birinchidan, multimedianing texnik ta’minoti, ikkinchidan, uning dasturiy ta’minoti va uchinchidan, multimedia axborotlari mavjud bo‘lishi kerak. Dasturiy ta’minotlar Windows operatsion sistemasi tarkibiga kirgan bo‘lib, ularni chaqirish uchun Pusk tugmasini bosib, Programmы bo‘limiga kiramiz; undan Standartnыe bo‘limiga o‘tib, undagi Razvlecheniya bandiga kiramiz va undan kerakli dasturni tanlab, ishga tushiramiz. Hozirgi paytda multimedia bilan ishlash uchun mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar mavjud. Ularga misol qilib, musiqani eshitish uchun mo‘ljallangan Winamp (Windows amplifier – Windows ovoz kuchaytirgichi); video ko‘rinishidagi 65 axborotlarni tahrir qilish uchun mo‘ljallangan Adobe Premier dasturlarini keltirish mumkin. Multimedia mahsulotlari deb tarkibiga oddiy axborot – matn va grafikadan tashqari ovoz va video axborotlar ham kirgan va bundan tashqari, oddiy videodan farq qilib, tarkibiga axborotlar oqimini boshqarish farmoyishlari ham kirgan dasturiy vositalarga aytiladi. Multimedia mahsulotlari juda ommaviylashib ketishining asosiy sababi ham ularda ana shu boshqarish farmoyishlarining mavjudligidir. Bu farmoyishlar haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun quyidagi misolga murojaat qilamiz. Oddiy kitob, masalan, informatika bo‘yicha darslik varaqlar ketmaketligidan iborat, bu kitobning elektron variantini butunlay boshqacha qilish mumkin. Masalan, kitob mundarijasiga kirib, kerakli bobni tanlab, kiritish tugmasini bossak, elektron kitob ana shu bobni ekranga chaqiradi va biz u bilan tanishishimiz mumkin. Bu bobdagi biron-bir tushuncha bizga notanish bo‘lsa, uni ajratib yana kiritish tugmasini bossak, bu tushuncha batafsil tushuntirilgan varaq ekranga chiqadi va u bilan tanishib, qaytish tugmasini bossak, yana avvalgi bobga qaytib o‘tamiz. Elektron kitob matnidagi bu kabi bir joydan ikkinchi joyga o‘tishlar Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling