Kompyuter savodxonligi
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
7.3. MS Word matn muharririda matnni tahrir qilish.
Matnni tahrir qilish farmoyishlari Bosh menyuning Pravka (Tahrir) bo‘limida joylashgan. Ular yordamida oxirgi farmoyish(lar)ni bekor qilish, matn bo‘lagini o‘chirib tashlash, kesib olish yoki undan nusxa olish, kesib yoki nusxa sifatida olingan bo‘lakni yangi joyga joylash, Ofis buferi yordamida boshqa dasturlar bilan ma’lumot almashish, qidirib topish, almashtirish kabi amallarni bajarish mumkin. Bu amallar tez-tez bajariladi va shu sababli ularning ko‘pchiligi uskunalarlar panelidan ham o‘rin olgan va qo‘shtugmalar orqali bajarilishi mumkin. Matnni ajratib olgach, Delete tugmasini bosib uni o‘chirish, yoki to‘g‘ridanto‘g‘ri uning o‘rniga yangi matnni kiritishni boshlash mumkin. Matn bo‘lagini yangi joyga ko‘chirish uchun uni ajratib olamiz
Ctrl+Insert tugmalari yordamida ulardan nusxa olamiz, yangi joyga o‘tib, Shift+Insert tugmalari yordamida matnga kiritamiz. Bunda yuqoridagi qo‘shtugmalar o‘rniga va Ctrl+V tugmalaridan foydalanish ham mumkin. Oxirgi bajarilgan amalni bekor qilish uchun Ctrl+Z qo‘shtugmasini bosish kerak. Oxirgi bir necha amalni bekor qilish uchun zarur marta Ctrl+Z qo‘shtugmasi bosiladi. Ctrl+Y qo‘shtugmasi esa bekor qilishni bekor qiladi. Bunda ma’lum bir amalni bekor qilish uchun undan keyingi barcha amallarni ham bekor qilishga to‘g‘ri keladi. Yangi amal bajarilishi bilan bekor qilingan amalni qayta tiklab bo‘lmaydi. Topish, almashtirish va o‘tish amallari bir-biriga o‘xshab ketadi va ular bitta muloqot oynasining turli jildlari orqali amalga oshiriladi. Biror so‘zni boshqasi bilan almashtirish uchun qidirilayotgan so‘z birinchi satrga, almashtiriladigan so‘z ikkinchi satrga yoziladi va pastdagi tugmalardan keraklisi tanlanadi. Ulardan birinchisi bu amalning imkoniyatlarini kengaytirib, qo‘shimcha talabni tanlash imkoniyatini yaratadi. Ikkinchisi birinchi marta topilgan so‘zni almashtirish uchun, uchinchisi barcha topilganlarni almashtirish uchun, to‘rtinchisi Bekor qilingan farmoyishlarni qayta bajarish. Ajratilgan matn bo‘lagini kesib olish. Ajratilgan matn bo‘lagidan nusxa olish. Boshqa dasturlar bilan ma’lumot almashish. Almashish buferidagi ma’lumotni joylash. Ma’lumotni zarur ko‘rinishda joylash. Murojaat ko‘rinishida joylash. O‘chirilgan matnlarni butunlay yo‘q qilish. Oxirgi farmoyish(lar)ni bekor qilish. Matnni to‘liq ajratish. Matn bo‘lagini qidirish. Matn bo‘lagini topish va almashtirish. Kerakli joyga o‘tish. 77 qidirilayotgan so‘zni topish uchun, beshinchisi topish amalini tugatish uchun xizmat qiladi. Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling