Kompyuter savodxonligi
ELEKTRON JADVAL DASTURLARI. 8.1
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Excel
8. ELEKTRON JADVAL DASTURLARI.
8.1. Excel elektron jadvallar dasturining tashqi ko‘rinishi va uskunalar paneli. Excel elektron jadvallar muharriri Microsoft firmasining avtorlik huquqlari bilan himoyalangan MS Office dasturlar paketining tarkibiy qismi bo‘lib, u turli sohalarda keng qo‘llaniladi. Unda turli xil hisob-kitoblar amalga oshiriladi va hujjatlar tayyorlanadi. Excel matnlar, o‘zgarmaslar, formulalar va jadvallar bilan ishlashda qulaylik yaratadi. Excel elektron jadvallar muharriri o‘ziga xos ko‘rinishga egadir. Uning interfeysi quyidagicha: Excelning ishchi oynasi bir qancha qismlardan iborat bo‘lib, ular quyidagilardir: 1. Sarlavha satri. Sarlavha satrida Excel jadval muharririda ochilgan ishchi kitobning nomi aks etadi. 2. Menyu satri. Menyu satri o‘z ichiga vazifalari bo‘yicha turkumlangan buyruqlar va xizmatlar yig‘indisini olgan. 3. Uskunalar paneli. 85 Uskunalar paneli har biri alohida funksiyani bajaruvchi tugmalar yig‘indisidir. Uskunalar panelidagi biron-bir tugmaning bosilishi Excel dasturining mos buyrug‘ini ishga tushiradi. 4. Formulalar satri Bu satrga formula va funksiyalar kiritiladi. Shuningdek, ushbu satrda joriy katakdagi ma’lumotlar (matn, formula va funksiyalar) aks ettiriladi. 5. Katak manzili. Mazkur maydonda ochilgan joriy ishchi kitobdagi faol (aktiv) katak (yacheyka)ning manzili aks etadi. Ushbu maydon ochilganda barcha nomlangan kataklarning (agar mavjud bo‘lsa) va joriy ishchi kitobning diapazonlari ro‘yxati chiqadi. 6. Holat satri. Ushbu satr ishchi kitobda amalga oshirilayotgan amallar haqida ma’lumot beradi, shuningdek, unda CAPS LOCK, NUM LOCK, SCROLL LOCK tugmalarining holati aks etadi. 7. Sahifadan sahifaga o‘tkazish belgilari. Excel jadvallar muharririda bir necha sahifalardan iborat jadvallar bilan ishlash imkoniyati mavjud. Mazkur panel esa bir sahifadan ikkinchisiga o‘tish imkoniyatini beradi. 8. Menyu satri. Menyu satri quyidagi bo‘limlardan iborat: Fayl; Pravka (Tahrir); Vid (Manzara); Vstavka (Joylash); Format; Servis (Xizmat); Dannыe (Ma’lumotlar); Okno (Oyna); Spravka – Ko‘mak. Yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlarning har biri o‘z tarkibiy menyulariga ega bo‘lib, u yerda ularda xos turli buyruqlar joylashgan. Bosh menyuning Fayl bo‘limi quyidagi ko‘rinishga ega: Sozdat (Yaratish) – buyrug‘i yangi ishchi kitobni ochadi. Bunda tayyor ishchi kitoblari qoliplaridan ham foydalanish mumkin. Otkrыt (Ochish) – qattiq (vinchester) yoki yumshoq disklardagi mavjud ishchi kitoblarni ochadi. Zakrыt (Yopmoq) – joriy (yuklangan) ishchi kitobni yopadi. 86 Soxranit (Saqlash) – joriy (yuklangan) ishchi kitobni xotiraga saqlab qo‘yadi. Soxranit kak... (...kabi saqlash) – joriy (yuklangan) ishchi kitobni yangi nom ostida va (yoki) boshqa katalogda saqlash imkonini beradi. Shuningdek, bu buyruq ish kitobiga turli maqomlar berishga hamda parol (password) orqali himoyalashga imkon beradi. Soxranit rabochuyu oblast (ishchi holatini saqlash) – ekranning ko‘rinishini va dasturning sozlanish holatini saqlab qo‘yish. Parametrы stranisы (Sahifa parametrlari) – ish sahifasini formatlashda va kerakli sahifa parametrlarini o‘rnatish uchun dialog oynasini ochadi. Oblast pechati – ma’lum bir belgilangan kataklar diapazonini bosmaga chiqarish uchun ma’lumotlar kiritiladi. Predvaritelnыy prosmotr (Dastlabki ko‘rish) – tayyor ishchi kitobning qay holda bosmaga chiqishini oldindan ko‘rish. Pechat (chop etishi) – tayyor ishchi kitobi faylini bosmaga chiqarish. Vыxod (Chiqish) – Excel elektron jadvallar muharriridan chiqish. Pravka (Tahrir) menyusi quyidagi ko‘rinishga ega: Otmenit (Bekor qilish) – jadval ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor qilish. Vernut (Qaytarish) – jadval ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor qilinganidan so‘ng shu amalni qaytarish. Vыrezat (Kesib olish) – jadvaldagi belgilangan kataklar diapazonini kesib olib, xotira (almashtirish buferi)ga saqlab qo‘yish. Kopirovat (Nusxa olish) – jadvaldagi belgilangan kataklar diapazonidan nusxa olib, xotira (almashish buferi)ga saqlab qo‘yish. Vstavit (Joylash) – ko‘rsatkich (kursor) turgan joyga xotira (almashish) buferiga saqlab qo‘yilgan matn bo‘lagini qo‘yish. Spesialnaya vstavka (Maxsus joylash) – Ushbu buyruq bir necha katakdan nusxa olib qo‘yishda ishlatiladi. Bu buyruq ishga tushirilganidan so‘ng maxsus muloqot oynasi ochiladi. Bu oynada almashish buferiga olingan malumot bo‘lagini turli ko‘rinishda joylaydi va parametrlari tanlanadi. Zapolnit (To‘ldirish) – ma’lum bir talablar asosida kataklar blokini to‘ldiradi. Ochistit (Tozalash) – belgilangan diapazonni ma’lumotlardan tozalash. Udalit (O‘chirish) – belgilangan diapazon kataklaridagi ma’lumotlarni muloqot oynasidagi parametrlar asosida olib tashlash. Udalit list (Sahifani o‘chirish) – Ishchi kitobidagi ishchi sahifasini olib tashlash (o‘chirish). 87 Nayti (Topish) – ish kitobidagi biror bir ma’lumotni (uning joylashgan o‘rnini) qidirib topish. Bu quyidagi muloqot oynasi orqali amalga oshiriladi: Zamenit (Almashtirish) – biror bir ma’lumotni qidirib topish va boshqasiga almashtirish. Pereyti (O‘tish) – belgilangan, alohida ikki blokning biridan ikkinchisiga o‘tish. Menyuning qolgan barcha bo‘limlari farmoyishlari uskunalar panelida joylashgan. Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling