Kompyuter savodxonligi
Microsoft Excel dasturida formula va funksiyalar bilan ishlash
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Excel
- Noto‘g‘ri kiritilgan formula To‘g‘ri kiritilgan formula
8.2. Microsoft Excel dasturida formula va funksiyalar bilan ishlash.
Excel kataklariga uch xil ma’lumotlar kiritish mumkin: Matnli ma’lumotlar – sarlavha, belgi, izohlarni o‘z ichiga oladi; Sonli ifodalar – bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlar; Formulalar – kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalar. Ulardan birinchi ikkitasi bevosita jadval katagiga kiritilishi mumkin. Formulalar esa maxsus formulalar satriga kiritiladi. Formulalar har doim «=» belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan so‘ng shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa, dastur avtomatik tarzda yangi ma’lumotlar bo‘yicha hisoblash ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil bo‘ladi. Excel dasturida hisob-kitoblarni olib borishda, iloji bo‘lsa, ma’lumot joylashgan katakni ko‘rsatishga harakat qilish kerak. Masalan: Excel dasturida mavjud standart arifmetik, statistik va boshqa turdagi funksiyalardan foydalanish mumkin. Birorta funksiya yoki (arifmetik, matematik va hokazo) amalni hisoblashdan oldin asos bo‘ladigan qiymatlarni kiritish lozim. Bundan keyin esa ular ustida funksiya va amallarni bajarish mumkin bo‘ladi. Kerakli sonlar (qiymatlar) jadvalga kiritilganidan keyin, Standartnaya (standart) uskunalar panelidan Vstavka funksii (Funksiyani joylash) uskunasini tanlaymiz. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: Noto‘g‘ri kiritilgan formula To‘g‘ri kiritilgan formula 93 U ikkita qismdan iborat: Kategoriya – funksiya turlari guruhi. U quyidagilarni o‘z ichiga olgan: 10 nedavno ispolzovavshixsya (Oxirgi qo‘llanilgan o‘nta) – oxirgi 10 ta qo‘llanilgan funksiya ro‘yxati; Polnыy alfavitnыy perechen – to‘liq funksiyalar ro‘yxati; Finansovыe (Moliyaviy) – moliyaviy funksiyalar ro‘yxati; Matematicheskie (Matematik) – matematik funksiyalar ro‘yxati; Statisticheskie (Statistik) – statistik funksiyalar ro‘yxati. Funksiya – funksiyani tanlash qismi. Masalan, Matematicheskie (matematik) guruhi quyidagi funksiyalarni o‘ziga olgan: ABS – sonning absolyut qiymatini hisoblash; ACOS – sonning arkkosinusini hisoblash; ACOSH – sonning giperbolik arkkosinusini hisoblash; ASIN – sonning arksinusini hisoblash; SIN – sonning sinusini hisoblash; COS – sonning kosinusini hisoblash; ATAN – sonning arktangensini hisoblash; EXP – sonning eksponentasini hisoblash; LN – sonning natural logarifmini hisoblash; TAN – sonning tangensini hisoblash; Koren (Ildiz) – sonning ildizini hisoblash; Seloe (Butun) – sonni butun songa aylantirish; Summa (Yig‘indi) – bir nechta sonlar yig‘indisini hisoblash; Proizved (Ko‘paytma) – bir nechta sonlar ko‘paytmasini hisoblash. Kerakli funksiyani tanlaganimizdan keyin 2-chi bosqich oynasi hosil bo‘ladi: u yerda biz son (Chislo) satrida hisoblanadigan son(lar) manzil(lar)ini ko‘rsatib, OK tugmasini bosamiz. 94 Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling