Kompyuter savodxonligi
Tahrirlash (formatirovanie) uskunalar paneli
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Excel
Tahrirlash (formatirovanie) uskunalar paneli.
Tahrirlash (formatirovanie) uskunalar panelining ko‘rinishi quyidagicha: Paneldagi tugmalar vazifalari quyidagicha: Bu tugma kataklardagi sonlarni pul formatiga o‘zgartiradi, ya’ni agar katakda 12 soni bo‘lsa, bu sonni 12$, 12 so‘m, 12 rubl va hokazo ko‘rinishga o‘zgartiradi. Bu tugma katak(lar)dagi sonlarni foiz ko‘rinishida ifodalaydi, masalan, 0,12 o‘rniga 12% yoki 12 o‘rniga 1200%. Bu tugma katakdagi (kataklar diapazonidagi) sonning butun qismini ajratib oladi. Bu tugma butun bo‘lmagan sonlardagi verguldan keyingi raqamlar xonalarini bittaga kamaytiradi. Bu tugma esa yuqoridagisining aksi bo‘lib, butun bo‘lmagan sonlardagi verguldan keyingi raqamlar xonalarini bittaga ko‘paytiradi. Bu tugma ishchi kitobning chop etiladigan qismi chetidagi bo‘sh joyni (hoshiyani) kamaytiradi. Bu tugma ishchi kitobning chop etiladigan qismi chetidagi bo‘sh joyni (hoshiyani) kamaytiradi. Bu tugma kataklarning chegaralarini turlicha (talabingizga qarab) chizadi. Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi matnni chap tomondan tekislaydi. Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi matnni va boshqa ma’lumotlarni o‘ng tomondan tekislaydi. Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi matnni va boshqa ma’lumotlarni markaz bo‘yicha tekislaydi. Mazkur tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi ma’lumotlar shriftini belgilaydi. Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi ma’lumotlar shrifti o‘lchamini o‘zgartiradi (kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi). Mazkur tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi harflarni yo‘g‘onlashtiradi. Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi harflarni qiyalashtiradi. Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi matn ostiga chiziq tortadi. 90 Excel dasturini bir necha usul bilan ishga tushirish mumkin: Pusk/Programmы/Microsoft Excel (Boshla/Dasturlar/Microsoft Exsel). Excelda yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamida. «Pusk» / «Sozdat dokument Office» / «Novaya kniga»/ OK Boshla / Ofis hujjatini yaratish / Yangi kitob / OK. Natijada dastur oynasi hosil bo‘ladi: Bu oyna bir nechta tarkibiy qismdan iborat: Dastur va joriy hujjat nomini o‘ziga olgan qator (bosh qism, sarlavha); Menyu; Standartnaya (Standart) uskunalar paneli; Formatirovanie (Formatlash) uskunalar paneli; Joriy katak manzili va formula kiritish satri; Elektron jadval Joriy sahifa nomi, uni tanlash va jadval surgichlari Holat satri. Katakka ma’lumot kiritilganidan keyin Enter tugmasi bosiladi va ko‘rsatkich keyingi katakka o‘tadi. Agarda katakning ichiga kiritilgan ma’lumotni o‘zgartirish kerak bo‘lsa, F2 funksional tugmasini bosish kerak. Katak ichiga kiritiladigan ma’lumotning ko‘rinishi, shakli, rangi, shrifti, o‘lchami, uning chegarasi va turini belgilash uchun CTRL+1 qo‘shtugmadan yoki «Format» menyusidagi kataklar «Yacheyki…» buyrug‘idan foydalanish kerak. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: 91 Bu Format yacheek (Kataklar formati) oynasi bir nechta jilddan iborat: Chislo (Son) – kiritiladigan sonlarning ko‘rinishini tanlash uchun; Vыravnivanie (Tekislash) – katak ichiga kiritiladigan ma’lumotlar shaklini va uslubini ko‘rsatish uchun; Shrift – katakka kiritiladigan matn shrifti, rangi, o‘lchami va boshqa xususiyatlarini ko‘rsatish uchun; Granitsa (Chegaralar) – katak chegaralarini o‘rnatish, ular qalinligi va qo‘llaniladigan chiziq shaklini tanlash uchun; Shuni ta’kidlash joizki, Excel dasturining elektron jadvalidagi chegaralari printerdan chop etilmaydi. Buning uchun foydalanuvchining o‘zi chop etiladigan jadvalga chegara o‘rnatishi lozim. Ma’lumotlarni bir-biridan ajratish va farqlanishi uchun ularni boshqa shriftda, o‘lchamda, rangda va fonda kiritish mumkin. Masalan: 92 Agar zarurat bo‘lsa, bir nechta kataklarni birlashtirish ham mumkin. Buning uchun ularni belgilab uskunalar panelidagi Kataklarni birlashtirish (Ob’edinenie yacheek) tugmasini tanlash kerak. Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling