Kompyuter tarmoqlari fanidan
Download 151.76 Kb.
|
komp tar mustaqil
Bluetooth kadrlari. Yetakchi qurilma tizimni bir chastota kanalida bo’lish vaqti, ya’ni 625 mks. taym-slotdan foydalangan holda vaqt bo’yicha multiplekslash asosida umumiy muhitni ajratadi. Axborotlar 1 MGs takt chastotasida kodlanib, bitli tezlik 1 Mbit/s bo’ladi. Bir taym-slot davomida Bluetooth pikotarmoq 625 bitni uzatadi, faqat ularning barchasi ham foydali axborot bo’lmaydi. Tarmoq qurilmalari chastotalari almashtirilganda sinxronlash uchun bir oz vaqt kerak bo’ladi, shuning uchun 625 bitdan faqat 366 bit ma’lumotlar kadri uzatiladi.
Ma’lumotlar kadri 1, 3 yoki 5 slotlarni egallashi mumkin. Agar kadr bittadan ortiq slotni egallasa, kadrni uzatishning barcha vaqtida kanal chastotasi o’zgarmasdan qoladi. Bunda sinxronlashga qoplama sarflar kam bo’ladi, shuning uchun kadr o’lchami 5 ta ketma-ket slotlar bo’lganda 2870 bitga (ma’lumot maydoni bilan 2744 bitgacha) teng bo’ladi. Bitta slotdan iborat 366 bitli kadr formatini ko’rib chiqamiz (5.19-rasm). Ma’lumot maydoni 240 bitni egallaydi. Erkin foydalanish kodi (72 bit). U pikotarmoqlarda identifikasiya qilish uchun ishlatiladi. Har bir Bluetooth qurilma 6-baytli noyob global manzilga ega bo’ladi, shuning uchun pikotarmoqlarda identifikasiya qilishda yetakchi qurilma noyob manzilning uch kichik baytidan foydalanadi. Ushbu baytlarni har bir qurilma kadrni shakllantirayotganda erkin foydalanish kodi maydoniga joylashtiradi va bu baytlar xatoliklarni to’g’ridan to’g’ri tuzatish uchun 1/3 bitlar bilan to’ldiradi. 1/3 qisqartma shundan xabar beradiki, 1 bit axborot 3 bit kodga o’zgartiriladi. Agar yetakchi va bo’ysunuvchi qurilmalar noto’g’ri erkin foydalanish kodidan iborat kadrni olsa, u holda ular bu kadrni boshqa pikotarmoqdan kelgan deb hisoblab, tashlab yuboradi. Kadr sarlavhasi (54 bit). U MAS-manzil, kadr qabul qilinganini tasdiqlovchi bir bitli xususiyat, kadr turi, uning raqami (SN), sarlavhalarda xatoliklarni boshqarish maydoni NES(Header Error Control), bulardan tashqari oqim xususiyatidan iborat bo’ladi. MAS-manzil uch bitli ulangan yettita qurilmadan birini vaqtinchalik manzili bo’lib, 000 manzil keng eshittirishli hisoblanadi. Sarlavha axboroti ham 1/3 bitli FEC algoritmi yordamida uzatiladi. Besh yoki uch slotdan iborat kadr formati faqat ma’lumotlar maydonining hajmi bo’yicha farq qiladi. Ma’lumotlar maydoniga joylashuvchi axborot 1/3 yoki 2/3 bitli FEC algoritmi yordamida kodlanishi yoki to’g’ridan to’g’ri FEC hatoliklarini tuzatishsiz uzatilishi mumkin. Download 151.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling