Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari
Kompyuter tarmoqlari haqida ma’lumot
Download 56.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Internet-tarmogidan-foydalanish
Kompyuter tarmoqlari haqida ma’lumot.
Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak. Kompyuterlarning o`zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Kompyuter tarmoqlari 3 xil bo`ladi: I. Lokal tarmoqlar. II. Mintaqaviy taqmoq. III. Xalqaro tarmoq. I.Lokal tarmoq – bir binoda yoki bir biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o`zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoqqa aytiladi. 3 lokal tarmoqning texnik vositalari: 1.Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter. 2.Konsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o`zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma. 3.Mijoz kompyuterlar – lokal tarmoqda 8, 12, 16 ta kompyuterlar o`zaro bog`lanadigan kompyuterlar. 4.Axborot uzatish kabellari. II. Mintaqaviy tarmoq - biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o`zida mujassamlashtirgam tarmoq. Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud bo`ladi. III. Global (xalqaro) tarmoq – dunyoning ihtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o`zida birlashtirish imkonini beruvchi tarmoqqa aytiladi. Bu tarmoq Internet deb ham yuritiladi. 4 Internet- bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’i. Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o`tkazuvchi maxsus elektron qurilma. Download 56.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling