Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari
Internetga ulanish va undan foydalanish
Download 56.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Internet-tarmogidan-foydalanish
Internetga ulanish va undan foydalanish Hozirgi kunda axborot tarmog’idan foydalanish an’ananaviy tus olgan. Bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Bu «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da ham ta’kidlanadi. Darhaqiqat, kundalik turmushda bilish zarur bo’lgan axborotlarning ko’pligi, ularni topish, olish va 6 foydalanishni rejalashtirishni talab qiladi. Ya’ni, qanday turdagi axborotlarni gazeta, jurnal, televidenie yoki radiodan va qanday axborotlarni boshqa manbalardan, masalan, Internet yoki E-maildan o’zgartirilgan ma’lumotlar chiqariladi. Bunda ma’lumotlarni o’zgartirishning qonuniyatlari doimiy bo’ladi. Internet tizimidan foydalanish uchun eng avvalo, bu axborot tarmog’’iga ulanish lozim. Quyida bu tarmoqqa ulanish va undan foydalanish tartib- qoidalarini ko’rib chiqamiz. Kompyuterlar bir-biri bilan qanday bog’lanadi, degan savol tug’ilishi mumkin. Internetga bog’lanishning bir nechta usuli mavjud. Bog’lanish turlari o’zaro imkoniyatlari va ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi. Bog’lanish imkoniyati va tezligi internetdan foydalanish narxini belgilaydi. Sifat va tezlik o’shishi bilan narx ko’tariladi. Bog’lanish turlarini narxining pasayishi tartibida quyidagicha keltirish mumkin: 1. Tog’ridan-tog’ri bog’lanish. 2. SLIP va RRR yordamida bog’lanish. 3. «Chaqiruv» asosida bog’lanish. 4. UUCP yordamida bog’lanish. Bu usullarning mazmuni bilan tanishib chiqamiz. Tog’ridan-tog’ri bog’lanish usuli tarmoqning barcha imkoniyatlaridan tulik foydalanishga imkon beradi. Bunda foydalanuvchi uchun alohida tarmoq, ajratiladi va buni provayder ta’minlaydi. Bunday bog’lanishda kompyuteringiz server sifatida ishlaydi va bu bog’lanishning eng sifatli usuli xisoblanadi. Siz server—kompyuter yordamida maxalliy tarmoqdagi kompyuterlarni internetga bog’lashingiz mumkin. Bunda ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 Mb/sekundga teng bo’ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling