2.O’quv fanning maqsadi va vazifasi
Fanni o'qitishdan maqsad - kompyuter tashkil etilishi, qurilish tamoillari, zamonaviy
kompyuter platalarida qo'llaniladigan texnologiyalar va ularning imkoniyatlari
xaqidagi bilimlarni, hamda kompyuterning qurilmalari orasida ma'lumot almashinish
jarayonlarida qo'llaniladigan qurilmalar bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirish.
Fanning vazifasi - talabalarga zamonaviy kompyuter arxitekturasi qurish usullari,
texnologiyalari, platalari, uskunaviy ta’minotini, doimiy xotira, ona plata,
mikroprotssessor blok pitaniya monitor va ularninig kelib chiqish tarixi xaqidagi
bilimlarni berishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilim ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar
qo’yiladi:
Kompyuter tashkil etilishini rivojlanish tendentsiyasi; xisoblash tizimlarining turlari va
ularning xotirasini tashkillanishi; parallel kompyuterlar tashkil etilishi va
tashkillashtirish tamoillari haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Unumdorlikni oshirish muammolari, parallel algoritmlarni ishlatish tamoillarini,
apparat va dasturiy bosqichda parallellik darajasini hamda parallel algoritmlarni
kommunikatsion ish hajmini baxolash; ko‘p mashinali va ko‘p protsessorli xisoblash
tizimlari; assotsiativ va oqimli xisoblash tizimlari; superkompyuterlar va klasterli
ishlov berish tizimlari; massivli –parallel tizimlar; simmetrik –multiprotsessorli
tizimlar haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Umumiy xotirali tizimlar uchun, shuningdek taqsimlangan xotirali tizimlar uchun
parallel dasturlash vositalarini; oqimli ishlov berish algoritmlarida dekompozitsiyalash
usullarini biladi va ulardan foydalana oladi hamda , qo‘shish va oraliq natijalarni
xisoblashning bosqichli sxemalarini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
“Кompyuter tashkil etilishi” fani bo’yicha o’zlashtirilishi kerak bo’lgan kredit
ballarining bajariladigan ishlar kesimidagi ko’rininshi quyidagicha:
4
Do'stlaringiz bilan baham: |