Kompyuter tizimining tuzilish turlari, kompyuter arxitekturasida va tashkil qilishda qo’llaniladigan standartlar va vositalar, kompyuterlarning tashkiliy qismlari
Download 1.86 Mb.
|
4-mavzu. Kompyuter tizimining tuzilish turlari 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baytlarni taqsimlanishi
Kompyuterlarda asosan 8 bitli yecheykalar (1 bayt) ishlatiladi. Bir bayt bir so’z deyiladi. 32 bitli kompyuter 8 ta 4 baytli so’zga ega bo’ladi. 32 bitli mashina 32 bitli registrlardan va 32 bitli komandalardan tashkil topadi, shuningdek, 64 bitli mashina ham shuningdek.
Baytlarni taqsimlanishiSo’zdagi baytlar o’ngga yoki chapga tomon raqamlanishi mumkin Kesh xotiraProtsessor hamisha xotiraga nisbatan tez ishlagan. Ular parallel ravishda mukammallashib borgan, shu sababli tezlikdagi nomutanosiblik saqlanib qolgan. Mikrosxemadagi tranzistorlarning soni oshib borishi bilan konveyerlar va superskalyar arxitekturada qo’llash boshlandi. Bu protsessorlarni yanada tezlashishiga olib keldi. Xotirani ishlab chiqishda esa uning tezliginimas, hajmini oshirishga e’tibor qaratildi. Bu esa muammoni yanada chuqurlashtirdi. Protsessor xotiraga murojaat qilib, kerakli so’zni olishi uchun ko’p sikldan o’tish kerak bo’ladi. Xotira qancha sekin ishlasa, protsessor shuncha ko’p muddat kutib qoladi, shuncha ko’p sikl bajariladi Bu muammoni hal qilishning 2 usuli mavjud. Oddiyrog’i axborotga ehtiyoj tug’ilgan vaqtda uni xotiradan o’qish, bir vaqtda komandalarni bajarishda davom etish, agar komanda bajaradigan so’z hali xotiradan o’qilmagan bo’lsa protsessor kutib turishiga to’g’ri keladi. Ikkinchi yechim kompilyatorlarga so’z xotiradan o’qilmasdan oldin komandani bajarmasligini buyurish. Shu vaqtda mashina ishini hamm to’xtatmasligi talab etiladi. Bu juda murakkab jarayon bo’lib, amalga oshirish mushkul. Ko’pincha komandani yuklanish jarayonida mashina boshqa ishlarni bajara olmaydi, shu sababli kompilyator hech ish bajarmaydigan bo’sh komandalarni o’qiydi, ular esa xotirani band qiladi. Bu vaziyatda texnik qurilmalar emas, balki dasturlarning to’xtalishi sodir bo’ladi va unumdorlik pasayadi.
Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling