Kompyuter tizimlari arxitekturasi fanidan
-ilova Mavzu(nomi): Ona plata qurilmasi
Download 1.79 Mb.
|
KOMPYUTER TIZIMLARI ARXITEKTURASI
5-ilova
Mavzu(nomi): Ona plata qurilmasi Reja: 1.Ona plata tuzilishi 2. Ona plata imkoniyatlari. Kompyuterlarning ona plata arxitekturasi funksional jihatdan boyitilib va asosiy protsessorning unumdorligi oshishi bilan doimiy ravishda mukammallashtirib boriladi. Bu uning eng muhim qismi, kompyuterning yuragi bo‘lib, uning elektron tarkibiy qismini tashkil qiladi. U yoki bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan standartlashtirilgan ona plata modeli unda qo‘llanilgan mikrosxemalar to‘plami va elementlarning joylashish topologiyasi bilan belgilanadi. Standartlashtirilgan g‘ilof shakliga qarab, o‘lchami bo‘yicha turli ona platalar ishlab chiqariladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan ona plata formatlari AT, ATX (305×244 mm o‘lchamli), mikro ATX (244×244 mm) va FlexATX (229×191 mm). Zamonaviy ona platalarning asosini tashkil etuvchilari, uning g‘ilofiga joylashtirilgan bo‘ladi: protsessor razyomlari, kengaytirish slotlari bilan magistral liniyalari, apparat xotira modullarining razyomlari, chipset mikrosxemalari uchun razyomlar. Bu konstruktiv elementlar yuqori darajali birlashtirish bilan apparat pog‘onasidagi asosiy elektron tashkil etuvchilarni birlashtiradi. Ko‘pincha ona platalarda audio va video vositalarning elektron tashkil etuvchilari joylashtiriladi. Tashqi qurilmalarning tizimli blokka ulanishi, razyomlari tizimli blokning old yoki orqa panellarga joylashtirilgan, tashqi interfeys vositalari yordamida tashkil qilinadi. Masalan, sichqoncha ko‘rinishidagi boshqaruv qurilmasini ulash uchun COM-port, bosmaga chiqarish qurilmasi uchun LPT-port ishlatiladi. Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktlash chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir Tizim platasi aynan nima ish bajaradi, qanday vazifalari bor, bularni bilish uchun avval tizim bloki (keys)ning ichida qanday qurilmalar borligini va ular nima ish qilishini qisqacha aytib o‘tamiz. 1) Ozuqa bloki («blok pitaniya»). Ma’lumki, kompyuterning barcha qurilmalari elektr energiyasi hisobiga ishlaydi. Lekin, elektr manbalaridan olinadigan elektr energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuter qurilmalariga ulab bo‘lmaydi. Buning uchun avval elektr toki va kuchlanishini biroz pasaytirish, uni qayta ishlash kerak bo‘ladi. Ozuqa bloki aynan shu ishni amalga oshiradi. Agar u ishdan chiqsa, kompyuterning birorta qurilmasi ishlay olmaydi. Shuning uchun kompyuter yig‘dirayotganimizda quvvati kattaroq bo‘lgan ozuqa bloki olish kerak bo‘ladi. 2) Tezkor xotira (RAM, DDR). Jurnalimizda bu haqda batafsil ma’lumot berib o‘tgan edik, shunday bo‘lsa ham yana bir marta aytib o‘tamiz. Kompyuterning ishlashi jarayonida foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan ba’zi ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlab turish kerak bo‘ladi. Mana shu vazifani tezkor xotira amalga oshiradi. Tezkor xotira ham, boshqa qurilmalar singari, elektron sxema ko‘rinishida tayyorlangan. 3) Doimiy xotira (Hard disk, HDD). Foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan barcha audio, video, matnli yoki dasturiy ma’lumotlarni saqlab turish uchun kerak bo‘lgan qattiq metall yoki keramik disk. Doimiy xotiraga ma’lumotlar o‘zidan-o‘zi tushib qolmaydi. Unga fleshkalardan, CD yoki DVD disklardan, blutusdan, Internet tarmog‘idan ma’lumotlarni yozish mumkin. Va aksincha, doimiy xotiradagi ma’lumotlarni turli ko‘rinishlarda chiqarish qurilmalariga uzatish mumkin: printerga, monitorga, audio dinamikka va hokazo. 4) Protsessor (CPU). Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan berilgan buyruqlarni qayta ishlab, bajarish, kompyuter ichida raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash kabi vazifalarni aynan protsessor bajaradi. Protsessor hamma qurilmalar bilan «aloqada bo‘lib turadi». Kompyuterning ishlash tezligi aynan protsessorning takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. 5) Videokarta (VGA). Videokarta monitorga uzatilishi kerak bo‘lgan qo‘zg‘almas yoki harakatli, ikki o‘lchamli (2D) yoki uch o‘lchamli (3D) rang-tasvirlarning hisob-kitobini qiladi. Videokarta haqidagi maqolamizda aytib o‘tganimizdek, u kompyuterning asosiy protsessoriga va tezkor xotirasiga haqiqiy yordamchi vazifasini o‘taydi. 6) Modem. Agar kompyuterdan Internetga mavjud telefon tarmog‘i yoki liniyalari orqali ulanmoqchi bo‘lsak, bizning kompyuter va tashqi tarmoq o‘rtasidagi bo‘glanish va moslashish jarayonlarini aynan modem bajaradi. 7) DVD (CD) ROM. DVD disklardan ma’lumotlarni doimiy xotiraga olish uchun bu disklarni DVD disk yurituvchiga qo‘yish lozim. U lazer nuri yordamida diskka «o‘yib» yozilgan raqamli ma’lumotlarni kompyuterga «o‘qib, tushuntirib beradi». 8) BIOS. Bu doimiy xotira qurilmasi bo‘lib, unga kompyuter «ishlab keta olishi» uchun yetarli bo‘lgan dastlabki ma’lumotlar, sana, vaqt yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Kompyuterni o‘chirib, qayta yoqqanimizda ham sana, vaqt saqlanib turadi. Buning uchun tangaga o‘xshash yordamchi batareyka o‘rnatilgan. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling