Kompyuter turlari. Shaxsiy kompyuterlar Shaxsiy kompyuter


Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar


Download 369 Kb.
bet13/21
Sana22.04.2023
Hajmi369 Kb.
#1381778
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
RAT tayyor

Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar.
Xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot: Bu turdagi dasturiy mahsulotlardan foydalanish orqali foydalanuvchi ish unumdorligini oshirish, OT ishlash holatini yaxshilash, shaxsiy kompyuterdan foydalanish va uni normal ishlashini optimallashtirish mumkin. Bu turdagi dasturlar quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi.


  • Utilitalar – foydalanuvchilarga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarini (maxsus dasturlar ishlab chiqishni talab etmaydigan) asosan disklar va fayllar tizimlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi.


  • Tarjimon va elektron lug’atlar, bu dasturlar yordamida matnni bir tildan ikkinchisiga avtomat tarzda tarjima qiladi. Masalann, “Lingua Match. Corresponded” paketi ish yozishmalarini 6 ta tilda olib borish imkonini beradi. “Multileks Pro” elektron lug’ati 2 mln rus va ingliz so’zlarini o’z ichiga olgan.


  • Shaxsiy menedjer va organayzerlar. Bu dasturlar insonga, turli ma'lumotlar: telefon raqamlarimanzillar, tug’ilgan kunlarni olgan yon daftarcha va turli uchrashuv, anjumanlar kuni vaqti va h.k.lar belgilangan yozuv daftarini o’rnini bosadi. Shaxsiy menedjer – bu dastur shaxsiy va jamoa faoliyatini rejalovchidir, yoki shaxsiy “budilnik-eslatuvchi” desa bo’ladi, yana bu “bir umrlik kalendar”, pochta dasturi va h.k.larni o’z ichiga oladi. U shaxsiy va ish ma'lumotlarini tashkillashtiruvchidir. Masalan: MS Outlook. 


  • Ta'lim, o’rgatuvchi va multimediali ensiklopedia dasturlari. Ta'lim dasturlari paketi turli fanlar: matematika, chet tili, kimyo, biologiya va h.k.lar bo’yicha individual ta'lim berish va o’qitish sifatini tekshirish dasturlaridan iboratdir.


  • Multimedia dasturlari tovush va videoma'lumotlarni ko’rish va eshitishga yordami beradigan dasturlar. Masalan, KM-Plaer, AIMP plaer, Win-AMP, Pot-Plaer.


  • Fayl menejerlari – fayl va kataloglarga hamda disklardan foydalanishda xizmat ko‘rsatish vazifasini amalaga oshiradi. Ularga “Far Manager, Norton Commander, Windows Commander, Total Commander”larni kiritish mumkin.


  • Arxivatorlar – Arxivlash vositalari ya’na fayl va kataloglar asosida arxiv yaratish va yangilash hamda arxivdan chiqarish vazifasini amalga oshiradi. Masalan, Win Rar, Win Zip, Extra Zip, 7-Zip va h.k.


  • Drayverlar – qurilma va OT o’rtasida vositachi rolini amalga oshiradigan dastur va fayllar. Qurilma turi va modeliga mos bo’lmagan daryver o’rnatilsa qurilma normal holatda ishlamaydi.


  • Antiviruslar – kompyuterni viruslardan himoya qilish, viruslarni o’chirish hamda viruslarlangan fayllarni davolashda qo’llaniluvchi maxsus dasturlar. ESET Nod32, Kasperskiy Anti-Virus, Microsoft Security, Doctor Web, Avast va h.k.


  • O’yin va dam olishga yordam beradigan dasturlar. Tizimli va amaliy dasturlar dasturlashtirish tillari yordamida tuziladi. Bu jarayonda yozilgan dastur dasturlashtirish tili translyatori orqali mashina tiliga tarjima qilinadi.



  • Shaxsiy kompyuter dasturlar ta‘minotining tўplami қuyidagi guruxlarga ajraladi:

  • 1. Tizimli dasturlar

  • 2. Amaliy dasturlar

  • 3. Dasturlashtirish muhiti

  • Kompyuterda har xil turdagi ma‘lumotlar saqlanadi. Ular bilan ishlash uchun biz har xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter uzi hech qanaqa harakatlar bajarmaydi u faqat bizning buyruklarimizni va ko’rsatmalarimizni bajaradi. Buyruklar va ko’rsatmalar ketmaketligi esa dastur deb nomlanadi (dastur tushunchasi yuqoridagi mavzularda utilgan). Dasturlar 3 turga bulinadi:

  • 1) Tizimli (tizim) dasturlar. Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.

  • Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (kayta nomlash, yaratish, uchirish, nusxasini olish, xajmini o’zgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashki kurilmalar ishini boshqarish). Tizimli dasturlar ichida 4 dasturlar guruhlari ajratilib turadi. Bular: operatsion tizimlar (tizimlar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va qobiq dasturlar.

  • 2) Amaliy dasturlar. Amaliy dasturlar bu ma‘lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.

  • Masalan: matn ma‘lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma‘lumotlarni yaratish yoki uzgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musika va video ma‘lumotlarni kurib chikish va taxrirlash.

  • Amaliy dasturlar foydalangan ma‘lumotlar turiga ko’ra guruhlanadi: matn muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir muharirlari, rasm va tasvirlarni ko’rsatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musika va video muharrirlari, musika va video ko’rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatel va xokazo), jadvallar muharriri (Lotus, Excel va xokazo), ma‘lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo), uyin dasturlariurgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar.

  • 3) Dasturlashtirish muhiti (yoki instrumental dasturlar). Instumental dasturlar bu yangi dasturlar yaratuvchi dasturlar tizimlari.

  • Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar tizimlari kiradi. Ular dasturlash tiliga ko’ra farqlanadi: S, Basic, C++, Delphi, va boshqalar. Bu dasturlar tizimlar o’ziga bir nechta dasturni jamlagan bo’lib bular: dasturlash tili muharriri, translyator, komplyator va boshqa yordamchi dasturlar.

  • Bundan tashkari hamma dasturlar pulli, bepul va qisman pulli bo’lishi mumkin. Masalan: drayverlar asosan bepul yoki qisman pulli bo’ladi, mashxur bulmagan firmalar dasturlari ham bepul yoki qisman pulli bo’ladi, taniqli firmaning maxsuloti esa pulli. Bepul dasturlar asosan imkoniyatlari kiskartirilgan holda bo’ladi.

  • Oxirga paytlar “o’g’rilangan” nusxa dasturlar ham juda ko’p tarqalgan. Shuning uchun dasturlarni pirat va original nusxa turlariga bulish ham mumkin. Pirat dasturi original dasturga karaganda juda arzon bo’ladi, leykin bu dasturlarga xech qanday kafolat berilmaydi. Shuning uchun katta firma va korxonalar, banklar va davlat idoralari fakat original dasturlardan foydalanadi.

  • Har bitta dastur uzining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan rakamlar bilan quyiladi va oxirgi paytlarda, dastur chikkan yili bo’yicha quyiladi. Masalan Windows 95 yeki Windows 98 yoki Windows 2000. Har bitta yangi versiyali dastur, oldingi versiyalardan qulayliklar va imkoniyatlari ko’p bo’lgani bilan yoki kompyuterga talablari o’zgargani bilan farqlanadi.


Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling