Kompyuter turlari
Download 116.02 Kb.
|
8-sinf dars ishlanma infor (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shu avlod EHMiga misol
- Kompyuter nima va u qanday tuzilishga ega
- Statsionar kompyuterlar
- Kompyuterning tuzilishi.
Kompyuter nima va u qanday tuzilishga ega? Kompyuter (ingl.Computer –«hisoblovchi») – dastur bilan boshqariladigan axborotlarni qayta ishlovchi elektron qurilmaga aytiladi. Hisoblashlar yordamida kompyuter ma’lumotni ma’lum bir algoritm asosida qayta ishlaydi. Kompyuter yordamida hisoblashlarni amalga oshirish – ketma-ket amallarni bajarish demakdir. Kompyuter bajaradigan ishiga qarab bir necha turlarga bo‘linadi: shaxsiy kompyuterlar (ShK), serverlar, superkompyuterlar. Biz shaxsiy kompyuterlarni o‘rganib chiqamiz. Shaxsiy kompyuterlar ham o‘z navbatida bir nechta variantda bo‘lishi mumkin:
Kompyuterning tuzilishi. Kompyuterning tuzilishi "kompyuter arxitekturasi" deb ataladi. Kompyuter quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: asosiy qurilmalar, qo‘shimcha qurilmalar, kiritish va chiqarish qurilmalari.
Elektron hisoblash mashinalari (EHM) davri 4 avloddan iborat bo’lib, ular quyidagi alomatlari bilan farqlanadi: asosiy tashkil etuvchi elementi, tezkorligi, tezkor xotirasi hajmi, kiritish-chiqarish qurilmasi, dasturiy ta’minoti. 1947-yilda Bell laboratoriyasinig xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn tomonidan elektron lampa ishini bajara oladigan tranzistor ishlab chiqildi. Endi bu element asosida EHMlar o’lchami, vazni va energiya sarfi minglab baravar kamaydi, tezligi o’nlab marotaba ortdi. Bu kashfiyot uchun ular 1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi. 1957 yilda Texas Instruments firmasi xodimi Jek Kilbi mantiqiy elementlardan tuzilgan birinchi integral sxemani ishlab chiqdi. Tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli qisqa davr ichida EHMlarning quyidagi jadvalda qiyoslamasi berilgan to‘rt avlodi ishlab chiqarilgan. Narxi qimmat hamda o’lchami katta EHMlarga ko’p sonli muhandislar va dasturchilar xizmat ko’rsatishgan. Bunday hisoblash mashinalarining oddiy inson xonadoniga kirib kelishi uchun narxini arzonlashtirish, o’lchamlarini kichiklashtirish, o’rnatilgan dastur asosida dasturchilarsiz mustaqil ishlatilishi mumkin bo’lgan holatga keltirish zarur bo’ldi. Bu rivojlanish shaxsiy kompyuter (PC – Personal Compyuter) atamasi bilan bog’langan. Download 116.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling