Kompyuter va tashki qurulma orasida ma`lumot uzatish. Reja: kirish I nazariy qism


Download 0.69 Mb.
bet4/23
Sana16.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1359835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Kompyuteeer

Ma'lumotlar qanday saqlanadi?
Biz ma'lumotlarni (kino, klip, qo'shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma'lumotlarni uzoq vaqt saqlab qo'yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari bor.
Qattiq disklar vinchester deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Egiluv­chan disklar disket deb atalib, asosan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumotlarni ko'chirish uchun ishlatiladi. Disketlarga ma'lumot yozish va undagi ma'lumotni o'qish diskyuritgich (diskovod) qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.Vinchesterlarda disketlarga nisbatan bir necha ming marta ko'p ma'lumot saqlash mumkin. Kompakt disklardagi ma'lumotlarni o'qish uchun CD-ROM qurilmasi ishlatiladi.
Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma'lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.
Kompyuterning yana qanday qurilmalari bor?
Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun «sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qo'llash mumkin. Odatda, sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki buyruq berish, o'ng tugma yordamchi amallar ro'yxatini ochish uchun ishlatiladi. Bu ro'yxat kontekst-menyu deb ataladi.
Kompyuterda tayyorlangan rasmlar va matnlar (hikoya, referat va boshqalar)ni «printer» deb ataluvchi qurilma yordamida qog'ozga chop etish mumkin.
Kino, klip, qo'shiq, musiqalardagi tovushlarni tovush chiqarish qurilmalari deb ataluvchi karnay (kolonka) va quloqchin (naushnik)lar orqali eshitish mumkin.
Kompyuter qanday ishga tushiriladi?
Odatda kompyuterni ishga tushirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
® kompyuter elektr manbayiga ulanadi;
® kompyuterning sistema blokidagi «Power» (© rasmli) tugmachasi bosiladi;
® monitor alohida ishga tushiriladigan bo'lsa, © uning rasmli tugmachasi bosiladi.
E sda tuting! Kompyuterlarni ishga tushirayotganingizda elektr tokidan nihoyatda ehtiyot bo'ling.
Shaxsiy kompyuterning sxemasi:
1. Monitor
2. Ona plata
3. Protsessor
4. Port ATA
5. Tezkor xotira
6. Kengaytiruvchi kartalar
7. Quvvat bloki
8. Diskovod
9. Qattiq disk
10. Klaviatura
11. Sichqon Kompyuter o'yinlari ham keng tarqalgan.
Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular yordamida ko'p narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin (qarang: Kompyuter o'yinlari). Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yo'lida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan o'zgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostyalar va sun'iy yo'ldoshlardan keladigan axborotlarni yig'ib va tahlil ailib. iuda katta hisoblash ishlarini baiaradi va narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin (qarang: Kompyuter o'yinlari). Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yo'lida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan o'zgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostyalar va sun'iy yo'ldoshlardan keladigan axborotlarni yig'ib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay bo'lgan shaklda ifodalaydi (qarang: Intranet, Internet, Kompyuter tarmog'i).
Periferik qurilma - bu kompyuterga tashqi tomondan ulanib, uning imkoniyatlarini kengaytiradigan qurilmalarga aytiladi. Bu qurilamalarni qo'shimcha qurilmalar deyish mumkin. Bularsiz ham kompyuter o'zining asosiy ishlarini amalga oshirishi mumkin. Bular faqatgina qo'shimcha ishlarni amalga oshirishda xizmat ko'rsatadi..

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling