Kompyuter va uning axborot ta’minoti
DJANGO MUHITI BILAN TANISHISH. SODDA WEB ILOVALAR YARATISH
Download 1.35 Mb.
|
Kompyuter va uning axborot ta’minoti
DJANGO MUHITI BILAN TANISHISH. SODDA WEB ILOVALAR YARATISH
Django— Pythonga asoslangan bepul va ochiq manbali web-freymvork boʻlib, u model-template-view (MVC) arxitektural namunaga amal qiladi. Uni Django Software Foundation (DSF), 501(c)(3) nodavlat tashkilot sifatida tashkil etilgan Amerika mustaqil tashkiloti qoʻllab-quvvatlaydi. Djangoning asosiy maqsadi maʼlumotlar bazasiga asoslangan murakkab web-saytlarni yaratishni yengillashtirish hisoblanadi. Ushbu freymvork komponentlarning qayta ishlatilishi va „ulanishi“, tez rivojlanishi va oʻzingizni takrorlamaslik tamoyiliga urgʻu beradi. Python, hatto sozlash fayllari va maʼlumotlar modellari uchun ham qoʻllaniladi. Django shuningdek, yaratish, oʻqish, yangilash va oʻchirish uchun qoʻshimcha admin interfeysini taqdim etadi, bu introspeksiya orqali dinamik ravishda yaratiladi hamda boshqaruv modellari yordamida sozlanadi. Djangodan foydalanadigan baʼzi taniqli saytlarga PBS, Instagram, Mozilla, The Washington Times, Disqus, Bitbucket va Nextdoor kiradi. Django soʻzining oʻzi esa fransuz jazz musiqachisi Reynxard Django sharafiga qoʻyilgan. Uning asl ismi Jan Batist Renart boʻlib, taxallusi Django boʻlgan. Bu soʻz sigan tilida „men uygʻondim“ degan maʼnoni anglatadi. Maʼlumki, web-saytlar yaratish bir necha bosqichdan iborat boʻlgan murakkab jarayon boʻlib, turli xil dasturiy vositalarni talab qiladi. Eng avval yaratilajak saytning dizayni yaratiladi. Bunda dizayner photoshop dasturini ishlatib, saytning maketini ishlaydi. Keyin esa frontend mutaxassisi ushbu saytning html kodini yozadi, turli vizual effektlar beradi. Kerakli sahifalar va tugmalarni yaratadi. Shundan soʻng estafeta tayoqchasini backend mutaxassisi oladi. U server va foydalanuvchi oʻrtasidagi muloqotni hamda ma'lumotlar bazasi ishini yoʻlga qoʻyadi. Aynan mana shu bosqichda djangoning yordamidan foydalanishimiz mumkin. Yaʼni server bilan aloqani yoʻlga qoʻyish, maʼlumotlar bazasidan kerakli maʼlumotni chiqarish yoki biron maʼlumotni bazaga kiritish kabi vazifalarni bajaradi. Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global kompyuter tarmogidir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma`noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi informatsion tizim bo`lib, o`zining alohida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqda kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma`lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali internetning xap bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va xatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat o`ynashi mumkin. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan taxlil kiladigan bo`lsak, internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma`lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi "informatsion magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo`lgan ma`lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o`z-o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo`lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir: Texnik Programmaviy Informatsion Internetning texnik tarkibiy qismi har xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sputnik, shisha tolali va boshka turdagi tarmoq kanallari), hamda tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik vositalarining barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko`rsatishi mumkin. Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog`ining umumiy faoliyatiga aslo ta`sir etmaydi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling