Kompyuter va uning axborot ta’minoti
ZAMONAVIY KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHISH. (BLOCKCHAIN, BITCOIN, ETHEREUM)
Download 1.35 Mb.
|
Kompyuter va uning axborot ta’minoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy kompyuterdan foydalanish koidalari
ZAMONAVIY KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHISH. (BLOCKCHAIN, BITCOIN, ETHEREUM)
IBM PC shaxsiy kompyuteri o’zida quyidagi qurilmalarni mujassamlashtiradi: - kompyuter qurilmalarini va hisoblashlarni boshqaruvchi protsessor; - kompyuterga axborotlarni kiritish uchun tugmachalar majmuasi; - matnli yoki chizmali axborotlarni tasvirlash uchun EХM ko’zgusi; - disklarni ukish va unga yozish uchun magnitli disk to’plagich; - kattiq magnitli disk to’plagich. Shaxsiy kompyuterning qo’shimcha qurilmalari. Kompyuter imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo’shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Bu kompyuter, "sichqoncha", modem, skaner va hakazolardir. Bunda: Printer - ma’lumotni qog’ozga chiqaradi. "Sichkoncha" - ma’lumot kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator. Modem - telefon tarmogi orkali boshka kompyuter bilan ma’lumot almashish imkoniyatini beradi. Skaner - qogozdagi ma’lumotni kompyuterga tasviriy ravishda kiritadi. Har bir kurilma protsessorda joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o’rnatiladi. Qushimcha qurilmani ulashdan avval kompyuterni o’chirish zarur, aks holda kompyuter ishdan chiqishi mumkin. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish koidalari. Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o’uchirish tartiblari mavjud. Avvalam bor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o’zgarishi, ayniqsa keskin o’zgarishlar xavfli bo’lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta’minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o’zgarmas holda ushlab turadi hamda elektr manbai o’chirilgandan keyin muayyan vakt davomida kompyuter ishlashini ta’minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayetgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. Masalan kerakli ma’lumotlarni diskka yozib qo’uyish yoki programmalar ishigi to’latish uchun va hokazo. Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi. Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi quyidagichacha Stalibizator yoqiladi, protsessor yoqiladi, monitor yoqiladi, printer kerak bo’lsa, u ham yoqiladi.. Shundan keyin ekranda tekshiruvchi maxsus programma, hamda operatsion sistemani ishga tushiruvchi dasturlar haqida ma’lumotlar chiqadi. Operatsion sistema ishga tushgach u komandalar berishni taklif qiladi. Kompyuterdan to’liq foydalanish to’g’ri o’chirishga ham bog’liq. Buning uchun quyidagilar bajariladi. Ishlayotgan programmalar tugatiladi protsessor o’chiriladi printer yoqilgan bo’lsa o’chiriladi. Stalibizator o’chiriladi. Kompyuter kurilmalarining vazifalari va turlari. Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi. Mikroprotsessor - kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlarini bajaradi. Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo’lishi mumkin. Тezkor xotira protsessor uchun zarur bo’lgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Kompyuter o’chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma’lumotlar o’chiriladi, qattiq diskdagi dastur va ma’lumotlar esa o’chirilmaydi. Qattik disk dastur va ma’lumotlarni doimo saqlaydi. Elektron sxemalar (yoki kontrollerlar) kompyuterga kiruvchi (monitor, klaviatura va xokazolar) turli qurilmalar ishini boshqaradi. Kiritish chiqarish porti orqali protsessor bilan ma’lumot almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda umumiy portlar mavjud. Umumiy portlarga printer, "sichkoncha" ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil bo’ladi: parallel - LPT1 - LPT4 bilan belgilanadi va ketma-ket COM1 - COM3 bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish chiqishni ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi. SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARI Sunoiy intellektning (SI) intellektual harakterdagi masalalarning yechilish usullarini E’M yordamida o’rganuvchi fanning hayotda qo’llanib rivojlanib borishidan ekspert tizimlar (ET) vujudga keldi. ET lar asosini predmet sohasi maolumotlari haqidagi axborot kiritilgan bilimlar bazasi tashkil etadi. Bilimlarni ET ga taqdim etishning ikki asosiy shakli: faktlar va qoidalar bor. Faktlar- hodisa va jarayonlarning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarini qayd etadi. Koidalar- odatda sabab va oqibatlarni boglovchi mantiqiy sharoitlar ko’rinishidagi faktlararo nisbatlarni bayon etadi. SI bu sohasi 40 yildan ko’proq tarixiy rivojlanish jarayonini boshidan kechirgandir. Paydo bo’lishidanoq teoremani avtomatik isbotlash, mashina tarjimasi (bir mashina tilidan boshqa tilga o’girish), tasvirlarni o’rganish va analiz qilish, robotlar ishini planlashtirish, o’yinlar algoritmi va strategiyasi kabi yechimini kutayotgan masalalarni qamrab olgandiki, bu masalalarning xilma-xil yechimi usullarini topish xozirgacha diqqat markazimizda turibdi . Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling