Kompyuter virusi tushunchasi Viruslardan himoyalanuvchi maxsus dasturlar Antivirus dasturlarining turlari


Download 25.91 Kb.
bet1/4
Sana08.02.2023
Hajmi25.91 Kb.
#1178463
  1   2   3   4
Bog'liq
XASANBOY ISKANDEROV


Kompyuter viruslari va ularning turlari
Reja:

  1. Kompyuter virusi tushunchasi

  2. Viruslardan himoyalanuvchi maxsus dasturlar

  3. Antivirus dasturlarining turlari



Kompyuter virusi o‘lchami bo‘yicha katta bo‘lmagan maxsus yozilgan dasturdan iborat bo‘lib, u o‘zini boshqa dasturlarga «yozib qo‘yilishi», shuningdek, kompyuterda turli noxush amallarni bajara olishi mumkin. Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi. Virus boshqa dasturlarni topadi va unga «yuqadi», shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor xotirani «ifloslaydi» va h.k.) bajaradi. Virus o‘ziga tegishli amallarni bajarib bo‘lgandan so‘ng boshqaruvni o‘zi joylashgan dasturga uzatadi. Virus joylashgan dastur odatdagidek ishini davom ettiradi. Tashqaridan dasturning «kasallanganligi» bilinmaydi.
Ko‘p turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga tushirganda virus kompyuter xotirasida doimiy qoladi va vaqt-vaqti bilan dasturlarni kasallaydi va kompyuterda
Kompyuterdagi dasturlarning kamchilik qismi kasallangan bo‘lsa, virus borligi umuman bilinmaydi.Lekin aniq vaqt o‘tgandan so‘ng kompyuterda qiziq holatlar paydo bo‘la boshlaydi. Masalan, ba’zi dasturlar ishlamay qoladi yoki noto‘g‘ri ishlaydi, ekranga begona ma’umotlar yoki belgilar chiqariladi, kompyuterning ishlash tezligi sezilarli darajada pasayadi, ba’zi fayllar buzilib qoladi va hokazo.
Bu paytgacha kompyuterdagi anchagina dasturlar, ba’zi boshqa turdagi fayllar ishdan chiqadi. Bunday tashqari, virus disk yoki lokal tarmoq orqali boshqa kompyuterlarga o‘tishi ham mumkin.
Shuning uchun virusdan himoyalanmasa yoki yuqishining oldi olinmasa, juda katta noxushliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, 1989-yil amerikalik student Morris yozgan virus bilan bir necha ming kompyuter, jumladan AQSH mudofaa vazirligining kompyuterlari kasallangan va ishdan chiqqan. Oqibatda virus muallifi 3 oy ozodlikdan mahrum qilinib, unga 270 ming dollar jarima solingan.

Download 25.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling