Kompyuter virusi tushunchasi Viruslardan himoyalanuvchi maxsus dasturlar Antivirus dasturlarining turlari


Download 25.91 Kb.
bet3/4
Sana08.02.2023
Hajmi25.91 Kb.
#1178463
1   2   3   4
Bog'liq
XASANBOY ISKANDEROV

- filtrlovchi dasturlar;
- vaksina yoki immunitet dasturlar.
Detektor-dasturlar - aniq virusning xarakterli holatini qidiradi. Operativ xotira yoki fayldagi kerakli ma’lumotni aniqlaydi. Bunday antiviruslarning kamchiligi shundaki, ular o’zlariga ma’lum bo’lgan virusniginaaniqlaydi.
Doktor-dasturlar hamdavaksina-dasturlar nafaqat viruslarni aniqlaydi balki, davolaydi, fayldagi virus tanasini o’chiradi, faylni asl holaticha saqlab qoladi. Doktor dasturlar ko’p mikdordagi viruslarni aniqlash va yo’q qilish imkoniyatiga ega. Bunday dasturlarga: AVP, Aidstest Scan, Norton Antivirus, Doctor Web kiradi.
Revizor dasturlar - viruslardan ishonchli himoya vositasi hisoblanadi. Revizorlar dasturlarni, kataloglar va diskning sistema bo’limi .holatini kompyuter virusdan zararlanmasdan avval eslab koladi. SHundan keyin, foydalanuvchining hohishiga binoan oldingi va keyingi holatlarni solishtiradi. O’zgargan holatlarni ekranga chiqaradi. Fayllarni holatini solishtirishda uning uzunligi, modifikasiya vaqti va sanasi, hamda boshqa parametrini solishtiradi.
Filtr-dasturlar yoki «tozalovchi»o’zida ko’p bo’lmagan rezident dasturlarni mujassamlashtiradi. Biror bir dasturning ishlash davomida «tozalovchi» ishning ruxsat etilishi yoki mumkin emasligi hakida ma’lumot beradi. Filtr-dasturlar foydali hisoblanadi, u virusni ko’payib ulgurmasidan oldin aniqlash imkoniyatini beradi. Faqat ular disk va fayllarni olmaydi.
Vaksina yoki immunitet dasturlar zararlangan fayllarni davolaydi. Vaksinalar doktor-dasturlardan yaxshiroq davolaydi. Vaksina faqat mashhur viruslarni aniqlaydi, bunda virus vaksinalangan fayl yoki diskni olib zararlay olmay qoladi. Hozirda vaksinalar kam qo’llaniladi.
Nazorat savollari


1) Kompyuter virusi nima?
2) Kompyuter virusini insonga qanday ta’siri bor?
3) Viruslardan qanday saqlanish mumkin?
4) Virus dasturining vazifalariga nimalar kiradi?

Download 25.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling