Kompyuterda loyihalash usullari
«Massiv» - «Chizmada bir hil elementlarni ko‘plab tasvirlash
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Autocad
«Massiv» - «Chizmada bir hil elementlarni ko‘plab tasvirlash»
Mazkur buyruqdan foydalanib chizmaning biror elementi-«Ob’ekt» ni to‘g‘ri to‘rtburchak sohaga qatorlar va ustunlar ko‘rinishida, yoki, aylana bo‘ylab berilgan to‘ldirish burchagiga qutb soha bo‘yicha uning tasvirini teng burchak ostida ko‘plab yasash mumkin. «Ob’ekt»ni to‘g‘ri to‘rtburchak sohaga qatorlar va ustunlar ko‘rinishida ko‘paytirib tasvirlashga «To‘g‘ri to‘rtburchak» massivi deb ataladi. 26 AutoCAD 2006 dasturida «Massiv» buyrug‘i takomillashgan bo‘lib, uning barcha ko‘rsatkichlari bevosita «Massiv» darchasidan foydalanib quyidagicha kiritiladi, (2- rasm) 1. «Massiv» buyrug‘i yuklanadi va ekranda «Massiv» darchasi paydo bo‘ladi. Bu darchaning yuqori chap burchagida massiv turlari, to‘g‘ri to‘rtburchak soha- «Pryamougolnыy massiv» va qutb- «Krugovoy massiv» taklif etiladi. To‘g‘ri to‘rtburchak soha-«Pryamougolnыy massiv» quyidagi algoritm asosida bajariladi: 1. Taklif etilgan massivdan «Pryamougolnыy massiv» ning tugmasi «Sichqon» yordamida yuklanadi. «Stroki»-qatorlar va «Kolonki»-ustunlar yacheykalariga qatorlar va ustunlar soni, masalan 5 va 10 raqamlari terib kiritiladi; 2. «Между рядами» va «Между cтолбцами» yacheykalariga qatorlar va ustunlar orasidagi masofa qiymatlari ob’ekt o‘lchamlarini hisobga olgan holda mm larda kiritiladi, masalan 400 va 400 raqamlari. 1- rasm 2- rasm 3. «Massiv» darchasining yuqori chap burchagida joylashgan «Vыbor ob’ekta» tugmasi yuklanadi. Ekranda paydo bo‘lgan kvadrat nishoncha bilan tasviri ko‘paytiriladigan element, masalan diametri 12 mm bo‘lgan aylana ichiga chizilgan beshburchak bog‘lanadi va «Enter» bilan qayd etiladi. 4. Shunda, ekranda dastlabki «Massiv» darchasi paydo bo‘ladi. Uning quyi o‘ng burchagidagi «Просмотр»-dastlabki kuzatish tugmasi yuklanadi. Tugma yuklangandan so‘ng darcha ekrandan yo‘qolib berilgan beshburchakning ko‘paytirilgan, ya’ni 50 ta tasviri chizilib qoladi, (3- rasm). Kuzatish natijasida bajarilgan massiv to‘g‘ri deb topilsa, kichik «Massiv» darchasidagi «Prinyat»-qabul qilmoq tugmasi yuklanib, to‘g‘ri to‘rtburchak soha-«Pryamougolnыy massiv» ekranda bajariladi, (4-rasm). Shunda, kichik «Massiv» darchasi ham ekrandan yo‘qolib qoladi,. 3- rasm 4- rasm Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling