Kompyuterda loyihalash usullari
Ko‘p chiziq «Полилиния» buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Autocad
Ko‘p chiziq «Полилиния» buyrug‘i va undan foydalanish algoritmi
Masalan, asta sekin yo‘g‘onlashib, keyin o‘zgarmay va so‘ngida ingichkalashib boruvchi chiziqni chizish masalasi qo‘yilgan bo‘lsin. Buning uchun: 1. Buyruq tugmasi «Sichqon» bilan yuklanadi. Shunda, muloqotlar oynasida boshlanish nuqtasi so‘raladi, unga javoban nuqta koordinatalari terib kiritiladi yoki «Sichqon» bilan ko‘rsatiladi. 2. Navbatdagi so‘rovga yo‘g‘onlik kiritish uchun Sh harfi terib kiritiladi, ya’ni «Enter» yuklanadi. Shunda boshlang‘ich yo‘g‘onlik so‘raladi va unga 0 «Enter» kiritiladi. Navbatdagi so‘rovda esa, so‘nggi yo‘g‘onlik so‘raladi, masalan, 15 kiritiladi. Boshlang‘ich nuqtadan kursorni 21 siljitib, sekin asta yo‘g‘onlashib boruvchi to‘g‘ri chiziq chiziladi va bo‘nda chiziqning ohiradagi yo‘g‘onlik 15 mm bo‘ladi, (36-rasm a). Agar, yoy chizish lozim bo‘lsa, tugma yuklanadi, Sh –yo‘g‘onlik bosilib, birinchi nuqtaning yo‘g‘onligini 0 deb qayd etamiz. Ikkinchi nuqtaning yo‘g‘onligini kiriting so‘roviga 35 Enter kiritilib, D deb kursorni siljitib ixtiyoriy radiusda yo‘g‘on yoy chiziladi. Bunda yoyni yo‘g‘onligini kamayib borishi zarur bo‘lsa, yana Sh harfi teriladi va boshlang‘ich yo‘g‘onlikka avvalgi yo‘g‘onlik (35) qoldiriladi, hamda ohirgisiga 0 kiritiladi. Buni (5–rasm) b da ko‘rish mumkin. a) 5- rasm b) Kompyuterda yoy, chizish bo‘yrug‘i, undan foydalanish algoritmi Kompyuterda yoy chizish uchun «Дуга» – «Yoy» buyrug‘i yuklanadi. Muloqotlar qatorida Komanda: _arc Nachalnaya tochka dugi ili [Tsentr] yozuvi paydo bo‘ladi. Yoyni dastlabki nuqtasi ko‘rsatilsa, muloqotlar qatorida «Vtoraya tochka dugi ili [Tsentr/Konets] so‘rovi paydo bo‘ladi. Yoyning ikkinchi nuqtasini yoki markazini yoki tugallanish nuqtasini ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi nuqtasi ko‘rsatilsa, «Konechnaya tochka dugi» so‘rovi chiqadi va uchinchi nuqtani kiritish talab qilinadi. Nuqta kiritilsa, ekranda yoy chizmasi hosil bo‘ladi. 3- rasm Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling