«Kompyuterda loyihalash» va «Kompyuter grafikasi» fanlari arxitektura
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
3d modellashtirish uslubiy
Materiallarni berish
Bu bo‘limda, yuqorida qurilgan ob’yektlarni bo‘yash va ularning yuzasiga talab qilinadigan materiallarni tanlash bilan shug‘ullanamiz. Material Editor (materialar muharriri) maxsus modul dasturi yordamida tayyor materialni mavjud bo‘lgan namunalar ichidan tanlab olish yoki mustaqil yaratish mumkin. 1. Materiallar muhariri oynasini chaqirish uchun Rendering (vizualashtirish) menyusidan Material Editor (materialar muharriri) buyrug‘ini tanlaymiz. 1.11, Rasmda ko‘rsatilgan materiallar namunasi kataklari, materiallar muharririni boshqarish instrumentlar tugmalari va parametrlar tizimi, materiallar muharriri oynasining asosiy elementlari bo’lib hisoblanadi. Materiallar namunasi kataklari materialni tanlangan ob’yektga berishdan oldin ko‘rish uchun mo‘ljallangan. 7 2. Material/Map Browser (material va tekstura kartalarini ko‘‘rish) muloqot oynasini chaqiring. Buning uchun materillar muharriri oynasida Type (turi) tugmasini ChS bilan bosamiz. Ko‘rish oynasida 1.12 rasmdagi tasvir paydo bo‘ladi. Ko‘rish oynasini Get Material (material olish) tugmasini bosib ham chaqirsa bo‘ladi. 3. Browse From (materiallar manbai) guruhdagi Mtl Library (materiallar kutubxonasi) o‘chirib-yoquvchi tugmasini ChS bilan bosing. Materiallar kutubxonasi mavjud bo‘lgan materiallarni ko‘rish va tanlash imkoniyatini beradi. 4. Show (ko‘rsatish) guruhidagi Root Only (faqat natijani) bayroqchasini ChS bilan bosing. Bu bayroqcha faqat natija beruvchi tarkibiy materialni tasvirlaydi. 5. Nomlangan materiallar ro‘yxatidan ChS bilan Wood (yog‘och) tanlang. Tanlangan material, tepa chap burchakda joylashgan Material/Map Browser (material va tekstura kartasi) namunalari ko‘rish oynasida paydo bo‘ladi. Materialni ob’yektga berish qoldi. 6. Proyeksiya oynasida parallellepiped quring. Material muharriri namuna kataklaridan biridagi materialni tanlab, Assing Material to Selection (tanlangan ob’yektga material belgilash) tugmasini bosing. 8 Bo‘yalgan parallelepiped 1.13 rasmda ko‘rsatilgan. Boshqa ob’yektlarga ham materiallarni mustaqil tanlab qo‘ying. Shunday qilib, ob’yektlarga material berishning bitta usuli ko‘rib chiqildi. Materiallarni yaratish va tahrir qilish imkoniyati juda katta, ijod qilish doirasi keng. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling