«Kompyuterda loyihalash» va «Kompyuter grafikasi» fanlari arxitektura
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
3d modellashtirish uslubiy
Yorug‘lik manbaini yaratish
Yaratilgan ob’yektga materialni berganimizdan keyin, uni sifatli qilib namoyish qilish uchun yorug‘lik manbaini qo‘shish talab qilinadi. Yorug‘likni modellashtirish –tasvirni yaratish jarayonidagi eng murakkab ishlardan biri. Ayniqsa Interyer ustida ish olib borayotganda, bu juda muhim. To, yorug‘lik manbai yaratilmagunicha, dasturning o‘z yoritkich-lari sahnani yoritib turadi. Ulardan biri sahnaning tepada chap burchakda joylashgan, ikkinchisi – pastda o‘ng burchakda joylashgan. Har qanday yorug‘lik manbai yaratilganidan keyin, ular o‘z-o‘zidan o’chib ketadi. 1. Creat (yaratish) panelidagi, Lights (yorug‘lik manbai) tugmasini ChS bilan bosing. Ochilib tushuvchi ro‘yxatda faqat bitta variant mavjud – Standard (Standart). Object Type (ob’yekt turi) da har xil turdagi yorug‘lik manbalarining tugmalari paydo bo‘ladi (1.14 rasm). 9 2. Omni (nuqtadan) tugmasini ChS bilan bosing. Buyruqlar panelining pastki qismida uchta bo‘lak paydo bo‘ladi: General Parameters (umumiy parametrlar), Projector Parameters (yo‘naltirilgan yorug‘lik parametrlari) va Shadow Parameters (soya parametrlari). Ikkinchi bo‘lakning nomiga yorug‘lik manbalarinig turlari qo‘shiladi. General Parameters (umumiy parametrlar) va Shadow Parameters (soya parametrlari) barcha yorug‘lik manbalari uchun bir xil. 3. Ekranning tepa qismida Tor (tepa) proyeksiyasiga ChS bilan bosing. Ko‘rsatilgan joyda yorug‘lik manbaining kichkina sakkiz qirrali ramzi paydo bo‘ladi (1.15rasm). Proyeksiyalar oynasida ob’yektlarni yoritilishini o‘zgarishini kuzatgan holda, yorug‘lik manbaini boshqa nuqtaga surib o‘tkazish mumkin, shunday qilib yoritish nuqtasining eng qulay holatini tanlash mumkin. 1.15 rasm. Barcha tarafga (nuqtadan) tarqaluvchi yorug‘lik manbai. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling