«Kompyuterda loyihalash» va «Kompyuter grafikasi» fanlari arxitektura


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana22.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1382327
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3d modellashtirish uslubiy

 



TANISHUV
Ishni dasturni yuklab, oddiy geometrik shakllarni qurish, ularning sirtlariga 
materiallarni berish, yorug’lik va kameralardan foydalanish va oddiy 
harakatlanuvchi roliklar yasashdan, boshlaymiz. Bu dars 3D Studio MAXning 
asosiy imkoniyatlariga keng nazar tashlash va dasturni tushinish imkonini beradi.
1. Dasturni yuklash uchun kursorni Windows sistemasining Start (Pusk) 
piktogrammasi ustiga olib borib, sichqonning chap tugmasini bosamiz.
2. 3dsmax yorlig‘ini qidirib, topamiz va unga kursorni qo‘yib, sichqonning chap 
tugmasini ikki marta bosamiz. 
1.1.rasm. 3D MAX yuklash yorlig‘i. 
Bundan keyin sichqonni chap tugmasini qisqa qilib, shartli ravishda ChS deb
ataymiz.
Dastur yuklangandan keyin ekranda 3D MAX interfeysi paydo bo‘ladi.
Dasturning ish maydoni proyeksiyalar oynalariga bo‘linadi. Joriy holda 
ekranda to‘rt proyeksiyalar oynasi joylashadi – Tor (tepadan ko‘rinish), Front 
(oldidan ko‘rinish), Left (chapdan ko‘rinish) va markaziy proyeksiya oynasi 
Perspective (Perspektiva). Bir vaqtning o‘zida oynalardan faqat bittasi faol bo‘lib, 
ya‘ni qurish uchun ajraladi. Faol oynaning atrofi sariq rang bilan chegaralangan 
bo‘ladi. 
Ob’yektlarni yaratish
Siz bu yerda standart geometrik primitivlarni qurish bilan tanishasiz. 
Parallelepiped
Karkasli parallelepiped quramiz:
1. Geometry tugmasiga ChS bilan bosamiz va turli tuman ob’yektlar 
ro‘yxatidan – Extended Primitives (murakkab primitivlar) qatorini tanlaymiz.
Object Type (ob’yektlar turi) bo‘lagida standart primitivlar turlariga mos
keluvchi yozuvlar bilan tugmalar chiqadi. 



2. Chamfer Box (faskalik parallelepiped) tugmasiga, ChS bilan bosamiz. Buyruqlar 
panelining pastki qismida uchta bo‘lak paydo bo‘ladi: Creation Method (qurish 
usuli), Keyboard Entry (Klaviaturadan kiritish) va Parameters (Parametrlar).
3. Perspective (Perspektiva) proyeksiya oynasiga ChS bilan bosamiz va tugmani 
qo‘yib yubormasdan kursorni diagonal bo‘yicha surib, asosini cho‘zamiz. 
Parameters (Parametrlar) bo‘lagida, Length (uzunlik) va Width (kenglik) 
o‘lchamlarining o‘zgarishini kuzatib boramiz.
4. Asosning uzunlik va kengligini belgilash uchun sichqonning tugmasini qo‘yib 
yuboramiz.
5. Parallelepiped balandligini berish uchun qo‘yib yuborilgan kursorni tepaga yoki 
pastga suramiz.
Parametrlar bo‘lagidan Height (balandlik) parametr qiymatini kuzatib boramiz.
6. Balandlikni belgilagandan keyin ChS tugmani bosamiz. Balandlik qayd 
qilingandan keyin kursorni bir oz chetga surib, ChSni yana birmarta bosamiz. 
Shunda 45o qiyalikda parallelepiped qirralarida faskalar paydo bo‘ladi. Faska 
balandligi Fillet (Faska) parametri yordamida berilsa ham bo‘ladi.
7. Smooth (Silliqlash) faska sirtini silliqlash rejimini yoqing. Natijada qurilgan 
parallelepiped 1.3 rasm shakldagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Biz joriy holatda 
segmentlar miqdori 1 teng prallelepipedga ega bo‘ldik. 
Segmentlar sonini o’zgartirish uchun, Lengt Segs (uzunlik bo‘yicha 
segmentlar) va Width Segs (kenglik bo‘yicha segmentlar) parametrlarini moslash 
kerak. Segmentlar sonini oshirish uchun, ob'yektning to‘rli yuzasini tahrirlashni 
amalga oshirish zarur. Faskadagi Segmentlar sonini Fillet Segs 
(faska bo‘yicha segmentlar) o‘zgartiruvchisi yordamida amalga oshirsa bo‘ladi. 




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling