Elektrostatik digitayzerlar - kursor ostidagi o’tkazgichlar to’ri elektrostatik potensialining o’zgarishiga asoslangan.
Elektromagnit digitayzerlar - harakatlanayotgan kursorning o’tkazgichlar to’rida elektromagnit signallarni hosil qilishiga asoslangan.
Zamonaviy digitayzerlarga CalComp DrawingFax 333644, CalComp DrawingBoapd 3400, GTCO Roil-up 2024R, Summa Grid, Kurta XLC, GTCO Super 1.22 (qattiq asosli, 1220x1524 mm. formatli), CalComp Drawing Board III 34180, Hitachi Puma Pro, GTCO Ultima, XLP (A3 formatli) qurilmalari misol bo’la oladi.
Kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalari
Bunday qurilmalarni xarid qilishingiz ham xarid qilmasligingiz ham mumkin. Lekin, bunday qurilmalarni xarid qilsangiz zarar qilmaysiz. Chunki, ular Sizning kompyuteringizga qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib bera oladi.
Quyidagi elektron Qurilmalar, zamonaviy kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalarini tashkil qiladi:
Kompyuterlar to’ri kartasi (Network - card);
Modem kartasi (Modem - card);
Web - TV va VGA-NTSC kartalari;
Uzluksiz ta’minlash bloki;
Antielektrostatiklar;
Web-kameralar;
Multiproyektorlar;
Audiokolonkalar;
Mikrofor va naushniklar;
Raqamli videokameralar;
Raqamli fotokameralar;
Flesh-karta va flesh-breloklar;
Do'stlaringiz bilan baham: |