Raqamli fotokameralar. Tasvirlarni suratga olib, so’ngra ularni raqamli kodlarga aylantirib o’zining xotiralovchi mikrosxemalariga yozuvchi qurilmalardir. Bunday tasvirlarni ham so’ngra kompyuterning xotirasiga kiritish yoki to’g’ridan-to’g’ri multiproyektorlarga uzatish mumkin (1.19-rasm).
Bunday qurilmalarga HP Photo Smart 215 fotokamerasi misol bo’ladi.
Flesh-karta va flesh-breloklar. Mitti karta yoki brelok shaklidagi zamonaviy tashqi xotiralash qurilmalaridir. Sig’imlari bir-necha gigobaytga boruvchi bunday qurilmalar asosan, ma’lumotlarni saqlashga hamda tashishga xizmat qiladi. Kompyuterning USB portlariga ulanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasini qanday qurilmalar tashkil qiladi?
Zamonaviy kompyuterlarning konfigutasiyasi nima va ular qanday necha xil bo’ladi
Kompyuterlarning asosiy qurilmalari nima uchun “asosiy” va ular qanday qurilmalardan nashkil topgan?
Kompyuterlarning tashqi qurilmalari nima uchun “tashqi” va ular qanday qurilmalardan nashkil topgan?
Kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalari nima uchun “qo’shimcha” va ular qanday qurilmalardan tashkil topgan?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
Kompyuterlarning asosiy qurilmalarining vazifalarini aniqlang, ularning umkoniyatlarini baholang va asosiy qurilmalarning turlariga (markalariga) misollar keltiring;
Kompyuterlarning tashqi qurilmalarining vazifalarini aniqlang, ularning umkoniyatlarini baholang va tashqi qurilmalarning turlariga (markalariga) misollar keltiring;
Kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalarining vazifalarini aniqlang, ularning umkoniyatlarini baholang va qo’shimcha qurilmalarning turlariga (markalariga) misollar keltiring;
Prays-listdan foydalanib yangi kompyuterni yig’ish uchun kerakli qurilmalarni tanlang va sarf bo’ladigan xarajatlarni hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |