def Display():
print("Python tilida funksiya e`loni!")
Ushbu funksiyaning nomi Display bo‘lib, u parametrga ega emas. Bu funksiya chaqirilganda konsol ekraniga "Python tilida funksiya e`loni!" satri chiqariladi.
Funksiyani chaqirish uchun uning nomi va oddiy qavslar ichida mos parametrlariga qiymatlar berish orqali amalga oshiriladi, masalan:
1
2
|
def Display():
print("Python tilida funksiya e`loni!")
|
3
4
5
6
|
Display()
Display()
Display()
|
Bu funksiya uch marta chaqirilmoqda va konsol ekraniga quyidagi ma`lumotlar chiqariladi:
3-rasm. Natijaning konsolga chiqarilishi.
Quyida parametrli funksiyaning aniqlanishiga misol keltirilgan:
1
2
3
4
5
|
def Salom(ismi):
print("Salom",ismi)
Salom("Tolib")
Salom("Rustam"
|
bu funksiya ismi nomli parametrga ega bo‘lib, funksiya chaqirilganda parametrga turli qiymatlar berilgan va natijada konsolga quyidagi ma`lumotlar chiqarilgan:
4-rasm. Natijaning konsolga chiqarilishi.
2. O‘zgaruvchilarning ko‘rinish sohasi
O‘zgaruvchilarning ko‘rinish sohasi ularning dasturdagi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qismi (kontekst)ga aytiladi. Pythonda kontekstlarning ikki turi mavjud: global va lokal.
Global o‘zgaruvchilar barcha funksiyalardan tashqarida aniqlangan bo‘ladi va ixtiyoriy funksiyaning ichkarisida foydalanilish imkonini beradi. Masalan:
1
2
3
4
5
6
7
|
ismi = "Sardor" def Salom():
print("Salom", ismi) def Xayr():
print("Xayr", ismi)
Salom()
Xayr()
|
Bu erda ismi o‘zgaruvchisi global qilib aniqlangan, shuning uchun ushbu o‘zgaruvchi ikkita funksiyaning ichida hech qanday muammosiz ishlatilgan ya`ni ko‘rinish sohasi funksiyalarga nisbatan ham global sifatida qo‘llanilgan.
Global o‘zgaruvchilardan farqli ravishda lokal o‘zgaruvchilar o‘zi aniqlangan funksiyaning ichkarisida (tana qismida) ishlatilishi mumkin, ya`ni uning ko‘rinish sohasi funksiyaning tana qismini qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |