6-rasm. Natijaning konsolga chiqarilishi.
Nomlar fazosini sozlash. Odatda modullar import qilinganda, nomlar fazosi va modul fayli nomlari bir xil bo‘ladi va modul funksionallariga shu nomlar fazosi orqali murojaat qilinadi. Lekin ba`zi holatlarda nomlar fazosi nomining haddan ziyod uzunligi noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holatlarda nomlar fazosiga as kalit so‘zidan foydalanib, psevdonom berish va u orqali modul funksionallariga murojaatlarni amalga oshirish mumkin. Masalan:
1
2
3
4
5
6 7
8
|
import metodlar as mt
try:
n = int(input('n=')) print('Summa:', mt.Summa(n)) print('Faktarial', mt.Faktorial(n)) except:
print("Qiymat kiritish xatoligi ro`y berdi")
|
Bu holatda nomlar fazosi mt deb nomlangan.
Modullarni ulashning boshqa usullaridan biri from kalit so‘zidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunda joriy modulning global nomlar fazosiga ulanilayotgan modulning funksionallari chaqiriladi:
1
2
|
from metodlar import Summa print('Summa:',Summa(n))
|
Bu holatda metodlar modulidan Summa funksiyasi global nomlar fazosiga import qilingan. Shuning uchun import qilingan funksiyadan foydalanilganda (funksiya joriy faylda chaqirilganida), xuddi bu funksiya shu faylda aniqlangandek, uning oldida nomlar fazosi ko‘rsatilmasligi ham mumkin.
Moduldagi barcha funksiyalarni global nomlar fazosiga birdaniga import qilish uchun maxsus belgi * dan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |