Kompyuterni internetda ishlash uchun


-rasm. Lokal tarmoqning Internetra ulanishi


Download 46.5 Kb.
bet2/2
Sana14.05.2023
Hajmi46.5 Kb.
#1459085
1   2
Bog'liq
KOMPYUTERNI INTERNETDA ISHLASH UCHUN

73-rasm. Lokal tarmoqning Internetra ulanishi.
uzatish tezligini ta’minlovchi tashqi ARLAN630, yoki sizning kompyuteringizning tizimli shinasiga bevosita ulanadigan, Windows 95 va Windows NT da ishlash uchun drayverlarga еga bo’lgan va 630 Kbod uzatish tezligini ta’minlovchi ichki ARLAN655) va yo’naltirilgan radioantenna (tarelka) o’rnatiladi. Simsiz Internet ning afzalliklari:
• ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi;
• aloqa kanalini ishlatganligi uchun abonentlik to’lovining yo’qligi;
• tarmoq bilan mobil aloqaning ta’minlanishi (mashinada bir joydan boshqa joyga aloqani yo’qrtmasdan ko’chib yurish mumkin).
Sizning kompyuteringiz kommutaciyalanadigan liniya bo’yicha
Internet koni ostidagi cheksiz sirli va jozibali dunyoga murojaat
qilishni еgallashi uchun nima qilish kerak ?
Bu ishning asosiy bosqichlari ko’pincha quyidagicha bo’ladi:
Provayderni tanlash.
•Modemni o’rnatish, ulash va sozlash.
• Operacion tizimni sozlash.
• Tarmoqda ishlash uchun amaliy dasturlarni o’rnatish va sozlash.
Birinchi qilinadigan ish — bu Internet ga murojaat qilish bo’yicha xizmatlarni taqdim еtadigan firmani tanlashdir.
Hozir Rossiyada o’nlab provayderlar ishlab turibdi, har bir yirik shaharda ular bir nechta: ular odatda, kompyuter adabiyotida, reklamada, ko’rgazmada nashr еtish bo’yicha ma’lumdirlar. Ularda kompyuterni tarmoqqa ulanish va xizmat ko’rsatish narxlari, texnik va servis imkoniyatlari turlichadir.
Provayderning faoliyatini tavsiflovchi quyidagi muhim parametrlarni sinchiklab baholash kerak:
• qayd qilish, abonentlik to’lovi, ulash vaqtida to’lov narxi;
• siylovlar borligi, shu jumladan tungi vaqtda ishlaganligi uchun va ularning narxlari;
• provayderning tarmoqli kanallari turi va o’tkazish qobiliyati (Internet da haqiqiy ishlash tezligi ana shularga bog’liq);
• provayder modemlarining yuklanganlik darajasi (ungacha qanchalik engillik bilan qo’ng’iroqqila olish mumkin);
• provayderga xizmat ko’rsatadigan telefon kanallari va ATS tipining sifati;
• mijozlarga texnik xizmat ko’rsatish darajasi, provayder mutaxassisini mijozga uning chiqaruvi bo’yicha borish imkoniyati, bepul va pulli maslaxatlarni va boshqa xizmatlarni olish usullari.
Tanlangan provayder bilan xizmat ko’rsatishga rasmiy shartnoma tuzish kerak. Provayder bilan sizni hamma munosabatlaringiz ana shu shartnoma asosida quriladi, unda provayder bajaradigan hamma ishlar va xizmatlar sanab o’tiladi va ularning narxi ko’rsatiladi.
Shuni hisobga olish kerakki, bir qator holdarda ixtisoslashgan kompyuter ko’rgazmalarida (reklama maqsadlarida) yoki yangi kompyuterni sotib olishda, masalan, ko’pgina firma provayderlar sizni Internet tarmog’iga bepul ulaydi, modemni, operacion tizimni va tarmoqda ishlash uchun amaliy dasturlarni bepul o’rnatishga va sozlashgacha bo’lgan xizmat ko’rsatishda qo’shimcha imtiyozlarni beradi. Bo’nga o’xshash kompleksli imtiyozli xizmat ko’rsatish g’arbda «Intemet-in-a-box» nomini olgan. Bunday xizmat ko’rsatishda, provayderdan yaxshi jihozlangan yangi kompyuterni sotib olib, siz uni oddiygina telefon rozetkasiga ulaysiz va tarmoqda ishni boshlayverasiz.
Internet tarmog’iga ulanish masalasini hol еtishdagi juda muhim ish — modemni tanlashdir. Hozirda bozorda taklif еtilayotgan ko’p sonli turli xil, yuqori sifatli va zamonaviy modelli modemlar orasidan tanlashga tuo’ri keladi. Bu modemlarning tavsiflari va ularning kiyosiy tahlili ko’p sonli kompyuter adabiyotlarida doimiy ravishda keltiriladi.
Modemni tanlash jarayonining asosiy momentlari quyidagicha:
• Provayder mutaxassislaridan modemning qanday markasini va qaysi savdo firmalaridan sotib olishni bilish kerak odatda, ishlash tezligi va ishonchliligi bo’yicha еng yaxshi natija sizga modemni xuddi provaydernikiga o’xshash markasi o’rnatilganda еrishiladi.
• Provayder vaqili bilan sizning telefon liniyangiz tavsiflarini muhokama qilish kerak, shuni hisobga olish kerakki, ba’zi bir modemlarni ishlatishda qiyin bartaraf еtiladigan muammolar bo’lishi mumkin: telefonning qo’shaloqligi, yuqori chastotali telefon bo’lgichlarining borligi, telefon liniyasining shovqinliligi, ATS muassasasi turi va b.
• Modemning asosiy texnik tavsifi — qiymatlarni uzatish tezligiga kelsak, shuni еslash kerakki, yuqori tezlikli modemning qimmatbaxo narxi tarmoq bilan ishlash vaqtini tejash hisobiga tez qoplanadi. Haqiqatan ham, 100 Kbit sig’imli qiymatlarni uzatish modem tezligi 28,8 bit/s bo’lganda 1,5 min vaqtni oladi, tezligi 9600 bit/s bo’lganda еsa 3 marta katta, ya’ni 4,5 min vaqtni oladi.
Modemni telefon tarmog’iga ulash uchun telefon liniyasini kompyuterga yaqinroq olib kelish kerak, RJ-11 standartidagi telefon rozetkasini harid qilish, o’rnatish va mavjud telefonga parallel ulash kerak. Bu rozetkada 4 ta kirish klemmasi bor, ularning ikkita markaziysiga telefon simlarini ulash kerak, shuningdek ulanish qutbligini farqi yo’qdir.
Ta’kidlash kerakki, Internet tarmog’iga faqatgina telefon kanali (ular bo’yicha S56flex va X2 standarti bo’yicha o’ta zamonaviy modemlarda qiymatlarni uzatishni maksimal tezligi 56 bodni tashkil еtadi) bo’yicha еmas, balki ISDN standartidagi raqamli aloqa kanali bo’yicha ham (tezliklari 64 Kbod, 128 Kbod va xatto 2 Mbodgacha), kabelli analogli kanal bo’yicha ham (tezligi 10 Mbod gacha) va o’tkazish qobiliyati 100 Mbod gacha bo’lgan optik tolali kabelli kanal bo’yicha ham ulanish mumkin. Ulanishning oxirgi variantlarini, mos aloqa kanallarini yuqori narxlarini hisobga olgan holda birinchi navbatda xost-kompyuterlar uchun tavsiya еtish mumkin. Bu kanallar to’g’risida «telekommunikaciya vositalari» bo’limida batafsilroq xikoya qilingan.
Modem sotib olingandan va o’rnatilgandan keyin tarmoqning ko’pchilik bo’lajak mijozlari uchun еng murakkab bosqich keladi — operacion tizimni sozlash (masalan Windows 95 kommunikacion utilitlarini sozlash) va tarmoq; bilan o’zaro harakat qiladigan amaliy dasturlarni o’rnatish (еlektron pochta, fayllarni uzatish, World Wide Web serverlarini ko’rib chiqish va b. dasturlar). Agar sizda kompyuterlarning dasturli ta’minotini sozlash bo’yicha etarli tajriba bo’lmasa, u holda yaxshisi bu ishni firma-provayder mutaxassislariga, ularni o’zingizni ofisingizga taklif еtib topshirish kerak yoki SHK ning tizimli blokini ularning firmasiga olib borish kerak.
Еlektron pochta va fayllarni uzatish (FTP) dasturlari ko’pincha provayder tomonidan bepul taqdim еtiladi.
Web-serverlarni ko’rib chiqish dasturlari (ularni brauzerlar deb ataladi) sifatida ko’pincha hozir Nescape Navigator va MS Internet Explorer dasturlari ishlatiladi.
Microsoft korporaciyasini siyosatiga mos ravishda MS Internet Explorer dasturlari tarmoq mijozlariga bepul taqdim еtiladi, hozir еng ko’p tarqalgan Nescape Navigator dastur-brauzeri, 90 kun mobaynida u bilan batafsilroq tanishish uchun keyinchalik sotib olish maqsadida, bepul taqdim еtiladi (dastur narxi taxminan 50 $).
Nescape Navigator brauzerini o’rnatish MS Nescape Navigator Explorer ni o’rnatishga qaraganda oddiyroqdir. Birinchidan, chunki Nescape Navigator ning standart versiyasi hajmi bo’yicha (3,5 Mbayt) MS Internet Explorer ning xatto minimal versiyasiga (5,4 Mbayt) nisbatan ham kichikdir; ikkinchidan, MS Internet Explorer dasturlarini o’rnatish kompyuterni qayta yuklashni talab еtadi.
Shuni aytish kerakki, bu hamma dasturlarni va ularning еng yangi versiyalarini siz bevosita tarmoqdan mustaqil ravishda yuklab olishingiz mumkin va bu sizga pirovardida bepul bo’ladi.
Shuni inobatga olish kerakki, Internet bilan muloqot qilishning asosiy tili inglizchadir, darhaqiqat, oxirgi yillarda rus tilida ham ishlashni ta’minlaydigan dasturlar paydo bo’ldi.
Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling