Sanoq sistemalari haqida ma`lumot.
Hisoblash mashinalarining tuzilishi va ularda
dasturlashtirish sanoq
sistemalari bilan chambarchas bog`liq. Mavjud sanoq sistemalarini shartli ravishda
ikki guruhga ajratish mumkin:
o`rinli (pozitsion) va
o`rinsiz (nopozitsion) sanoq
sistemalari. O`rinli sanoq sistemasida raqam o`zining sondagi turgan o`rniga qarab
turli qiymatni akslantirsa, o`rinsiz sanoq sistemasida esa raqamning qiymati uning
sondagi tutgan o`rniga bog`liq emas.
O`rinsiz sanoq sistemasiga qadimgi rim sanoq sistemasi
misol bula oladi. Bu
sanoq sistemasida sonlarni yozish uchun lotin harflari ishlatiladi, ya`ni I harfi har
doim birni , V harfi beshni, X-o`nni, L-ellikni, C-yo`zni, D-besh yo`zni, M-mingni
va boshqalar. Bu sanoq sistemada 267 soni CCLXVII ko`rinishda ifodalanadi. Bu
sanoq sistemasida har bir harf har doim bir xil sonni ifodalaydi.
Shuning uchun
ham katta sonlarni yozishda yangi - yangi harflarni kiritishga to`g`ri keladi.
Kancha yangi harf kiritmaylik shunday sonni uylab topish mumkinki, uni mavjud
harflar yordamida ifodalash murakkablashib ketadi.
Rim sanoq sistemasida harflarni iqtisod qilish
maqsadida yangi qoida
kiritiladi. Bu qoidaga ko`ra kichik son katta sondan oldin kelsa
kattasidan kichigi
ayriladi va aksincha kichik son katta sondan keyin kelsa qo`shiladi.
Xuddi
shuningdek, bir xil qiymatli sonlar yonma-yon kelsa ular qo`shiladi. Masalan, IX–
to`qqizni
ifodalasa, XI-o`n birni, XX-yigirmani ifodalaydi.