Концепция реализации денежно-кредитной политики


Download 460.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana12.03.2023
Hajmi460.71 Kb.
#1263334
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

VII. Yakuniy qism
Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda
Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish
uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi.
Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning
ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va
baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion
targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi.
Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyatsion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi.
Bunday omillar qatoriga ayrim tovarlar bo‘yicha ma’muriy tartibga solinadigan narxlarning saqlanib qolishi, mahalliy bozorlarning monopollashganligi,
xomashyo narxlarining yuqoriligi, jahon iqtisodiyotining tiklanayotganligi munosabati bilan inflyatsiyaning import qilinishi, ishlab chiqarish
samaradorligining pastligi va energiya sarfining yuqoriligi, infratuzilmaning yaxshi rivojlanmaganligi va boshqalar kiradi.
So‘nggi yillarda Davlat byudjeti balanslashgan holda ijro etilishi sharoitida davlat qarz majburiyatlarini chiqarishning ob’ektiv sabablari mavjud
emasligiga qaramasdan, investitsion, shu jumladan, hududiy va tarmoqlar rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash va
maqbullashtirishda qarz qimmatli qog‘ozlarining afzalligi ularni yaqin istiqbolda muomalaga chiqarish uchun asos bo‘lishi mumkin.
O‘z navbatida, Markaziy bank asosiy e’tiborni prognozlash va tahliliy bazani mustahkamlashga, pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish
va ularning ta’sir kanallarini kuchaytirishga, komunikatsion siyosatni rivojlantirish va aholining ishonchini oshirish kabi vazifalarga qaratadi.


Markaziy bank ushbu rejimga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan sa’y-harakatlarni
birlashtiradi va hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosati sohasining barcha jihatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab
etadi. Bu esa, o‘z navbatida, uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning asosi bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda sifat jihatdan
yangi bosqichga o‘tilishini anglatadi.
Ushbu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston sharoitida mustaqil pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyati 1994 yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilganidan so‘ng paydo bo‘ldi.
Mayexl N., Monetar siyosatni qo‘llash: Rivojlanayotgan monetar rejimlarga ega mamlakatlardagi operatsion masalalar (XVF).
1
2
© cbu.uz, 1994 – 2023
Sayt yaratuvchisi Pixelcraft®

Download 460.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling